O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi
Download 1.85 Mb.
|
YOSHLAR MUAMMOLARINI
instrumental: bunda muloqotni amalga oshiruvchi sheriklarni xulq- atvori va faoliyatini boshqaruvchi ijtimoiy-psixologik mexanizm sifatida oldinga chiqadi;
integrativ: professional oʻzaro ta’sir doirasida sheriklarni oʻzaro birlashtirishning asosi boʻlib xizmat qiladi. Ishbilarmonlik muloqotining qoʻshimcha funksiyalari sifatida quyidagilar ajratiladi: oʻzligini namoyish (izhor) эtish funksiyasi: muloqot tufayli turli shaxsiy potensiallarni (motivatsion, intellektual, kommunikativ va h.k.) namoyish эtish orqali oʻzligini ochish va oʻzini ta’kidlash imkoniyati paydo boʻladi; эkspressiv: muloqot tufayli sheriklar bir-birlarining faoliyat doiralariga nisbatan эmotsional kechinmalarini va munosabat doiralarini izhor qilishlari mumkin boʻladi. Boshqaruv muloqoti professional muloqot turlaridan biri sanalib, muloqotdagi sheriklarning xulq-atvorini oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan va odatda bir xildagi, yaʻni qoʻl ostidagi xodim sifatida ijtimoiy pozitsiyaga эga yoki bajariladigan faoliyat yoki эgallagan professional va ijtimoiy rollarni ijrosi jarayonida amalga oshadi. Ta’kidlash joizki, boshqaruv muloqoti keng ma’noda har doim ham professional muloqotning bir koʻrinishi sifatida oldinga chiqmaydi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, hayotda qandaydir ma’noda “hamma barchani boshqaradi”. Holbuki, xodimlarni boshqarish psixologiyasi doirasida biz boshqaruv muloqotini professional muloqotning bir koʻrinishi sifatida koʻrib chiqamiz. Tashkilotda boshqaruv muloqoti asosiy boshqaruv funksiyalarini hal эtishga va xodimlarni birgalikdagi faoliyatlarini optimallashtirishga yoʻnaltirilgan rahbar faoliyat turi sifatida koʻriladi. Ular me’yoriy buyruq va boshqa hujjatlar asosida, jamoa va professional guruhlar (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar) shuningdek, xodimlar bilan individual muloqot (suhbatlar) orqali amalga oshiriladi. Tashkilotni boshqarishda xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv muloqotining asosiy kommunikativ funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: faoliyatning asosiy maqsadlarini aniqlash uchun axborot olishda, vazifalarni belgilashda va kerakli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda; qabul qilingan boshqaruv qarorlarini amalga oshirishda va xodimlarni motivlashtirishga yoʻnaltirilgan buyruq, koʻrsatmalar berish bilan bogʻliq axborotlarni (buyruqlar, koʻrsatmalar, yoʻllanmalar, tavsiyalar, maslahatlar va h.k.) berishda; buyruq berish bilan bogʻliq ma’lumotlarni amalda bajarilish holati shuningdek, tashkilotdagi ijtimoiy-psixologik muhit va korporativ madaniyat holati haqidagi qayta (nazorat) axborotini olish; – boshqaruv qarorlari ijrosi natijalarini undan tashqari xodimlarni ragʻbatlantirish va jazolash haqidagi baholovchi axborotlarni berish. Boshqa muloqot turlaridagi singari professional muloqotda xodimlar orasida oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan ikki jabhalar: oʻzaro ta’sir; 2) oʻzaro munosabatlar namoyon boʻladi. Birgalikda ishlash professional faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari va sheriklarining rasmiy vazifalari bilan belgilanadi, ularni kelishilgan harakatlarga yoʻnaltiradi. Shu bilan birga, professional sherikchilik jarayonida sheriklarning har biri oʻzlarining maqsadlariga э’tibor berishga hamda hamkorning maqsadlarini hisobga olishga intiladi. Hamkorning maqsadlarini koʻrib chiqish darajasiga qarab, professional muloqotda quyidagi xatti-harakatlarning strategiyalari ajratiladi: ishtirokchilar oʻz maqsadlari oʻzaro ta’sirida maksimal natijaga эrishilishini nazarda tutadigan hamkorlik; sherikning maqsadlari inobatga olinmasdan faqat oʻz maqsadlariga yoʻnaltirilgan qarama-qarshilik; shartli tenglikni saqlash va munosabatlarni saqlab qolish uchun sheriklarning maqsadlarini xususiy, oraliq (koʻpincha vaqtinchalik) yutuqlarini oʻz ichiga olgan murosaga эrishish; sherikning maqsadlariga эrishish uchun oʻz эhtiyojlarini qondirishni talab qiluvchi shikoyat; qochish, aloqa qilishdan qochish, oʻz maqsadlariga эrishishdan bosh tortish, boshqa birining gʻalabasini istisno qilish. Qayd эtilgan strategiyalar orasida yomon yoki yaxshi strategiya yoʻq. Har bir narsa muloqotning oʻziga xos holatiga, hamkorlar tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga va boshqa bir qator omillarga bogʻliq. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling