BITIRUV OLDI АMАLIYOTNING MАZMUNI VА TАRKIBI.
Bitiruv oldi amaliyot kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Аmaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga va u borayotgan amaliyot obʼektiga individual tarzda yondashishi zarur. Shuningdek, “Talabaning kalendar ish rejasi” aniq maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Kunlar
|
Аmaliyotni tashkil etishning na‘munaviy mazmuni
(bajariladigan ishlar)
|
1-kun
24.04 2023
|
Аmaliyot obyekti, tarixi va uning strukturasi, sig‘imi maʼmuriy boshqaruv organi va ishchi-xodimlari bilan tanishish va suhbat o‘tkazish;
Аmaliyot bazasida tanlangan sport turi bo‘yicha biriktirilgan guruh va sport murabbiylari bilan tanishish;
Аmaliyotga doir meʼyoriy xujjatlarni o‘rganish;
Аmaliyot obʼektida sport mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari va musobaqa oldi yoki umumiy (yakka/jamoaviy tarzdagi) mashg‘ulot mashqlarini o‘tkazishni rejalashtirish hamda ularni o‘tkazish yo‘llari va vazifalarni tanlash, kundalik daftarga qayd etib borish.
1-mavzu bo‘yicha topshiriqlarni bajarish.
|
2-3 kun
25.04 2023
dan – 26.04 2023
gacha
|
Аmaliyot obʼektida biriktirilgan rahbar-uslubchi – tanlangan sport turi bo‘yicha murabbiyni mashg‘ulotga tayyorgarligini va uni olib borish uslubiyatini o‘rganish, kuzatish hamda tahlil qilish;
Tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarini rejalashtirish, tashkil etish jarayonini o‘rganish, mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil qilish;
Tanlangan sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarga konspekt ishlanmalarini ishlab chiqish, guruh bilan mashg‘ulotlarni mustaqil ravishda olib borish kundalik daftarga qayd qilish.
2-mavzu bo‘yicha topshiriqlarni bajarish.
|
4-5 kun
27.04 2023
dan – 28.04 2023
gacha
|
Аmaliyot obʼektida tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda qoʼllanilayotgan vosita va usullarni o‘rganish va tanlangan vosita va usullar bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
Tanlangan sport turi bo‘yicha murabbiy bilan hamkorlikda rejalashtirilgan musobaqa oldi mashg‘ulotlari jarayonida tayyorgarlik holatini nazorat qilish va tavsiyalar berish;
Tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarida jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishga oid mashg‘ulot uslubiyatini ishlab chiqishi, tavsiya va xulosalari natijalarini tahlil qilish, musobaqa nizomini ishlab chiqish va shu asosida sport musobaqalarini tashkil qilish va kamchiliklarini qayd etish hamda bitiruv oldi amaliyoti uchun zarur bo‘lgan xulosalarni berish va kundalik daftarga qayd etish.
3-mavzu bo‘yicha topshiriqlarni bajarish.
|
6-kun
29.04 2023
|
Tanlangan sport turi (basketbol, voleybol, tennis, gandbol, kurash, sambo, suzish, sinxron suzish, eshkak eshish, og‘ir atletika, velosport, yengil atletika, erkin va yunon-rum kurashi, belbogʼli kurash, dzyudo, boks, qilichbozlik, taekvondo WTF, gimnastika, badiiy gimnastika, futbol, badminton) bo‘yicha sport mashg‘ulotlarida sportchining tayyorgarlik holatini takomillashtirishga oid ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqish, musobaqa natijalarini tahlil qilish va kamchiliklarini qayd etish hamda bitiruv oldi amaliyoti uchun zarur bo‘lgan xulosalarni tayyorlash. Xulosa va takliflar ishlab chiqish va amaliyot jarayonida to‘plangan ma‘lumotlar asosida bitiruv oldi amaliyoti hisobotini tayyorlash (slayd, videomateriallar yig‘ish va yakuniy himoyaga tayyorgarlik ko‘rish). Kundalik daftarga qayd etish.
4-mavzu boʼyicha topshiriqlarni bajarish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |