O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi. Ibrohimova Elzoda.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikning (UJT) maqsadi organizmning
yuksak darajadagi ish qobiliyatiga erishishidan iborat bo‘lib, u sportchi organizmini umumiy rivojlantirish va mustahkamlash: ichki organlarning funksional imkoniyatlarini oshirish, mushaklar tizimini rivojlantirish, koordinatsiya qobiliyatlarini yaxshilash, gavda tuzilishidagi nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltiradi. Bunda yengil atletika ixtisosligining xususiyatlari va talablari hisobga olinadi. Ularga snaryadlarda (gimnastika devori, o‘rindig‘i va b.), snaryadlar bilan (to‘ldirma to‘plar, qumli qoplar, shtanga blinlari, gantellar va h.k.), trenajyorlarda bajariladigan mashqlar, harakatli va sport o'yinlari, krosslar, chang'ida yurish, suzish va b. kiradi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) yengil atletikachining alohida mushak guruhlarini rivojlantirishga, uning tanlangan sport turi texnikasini chuqur o‘zlashtirib, natijalarini o‘stirib borishiga bevosita yordam beradigan tegishli harakat ko'nikmalarini egallashiga qaratilgan bo‘lishi lozim. U harakatlar amplitudasi, mushak kuchlanishlarining xususiyati va kattaligi, yurak-qon tomir, nafas olish tizimlariga beradigan yuklamasi, psixik zo'riqishlar va h.k. nuqtayi nazaridan o‘xshashroq mashqlardan iborat boiishi kerak. Bularga yengil atletikaning tanlangan turi elementi, qismini yoki uni to’laligicha o’z ichiga oladigan maxsus tayyorlov mashqlari kiradi. Sport texnikasi harakatning to‘g‘ri, asoslangan shakligina emas, jiddiy irodaviy va mushak kuchlanishlarini namoyish etish, harakatlarni tez bajara olish, mushaklarni vaqtida bo'shashtirish malakasi hamdir. Yuksak sport 18 texnikasi sportchining a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarligiga asoslanadi, zamonaviy texnikani egallab olish uchun u kuchli, tezkor, chaqqon, egiluvchan, chidamli bo‘lishi kerak. Samarali texnikani muvaffaqiyatli egallashning asosiy shartlaridan biri takomillashuvning barcha bosqichlarida sportchining mashg‘ulotlarga ongli munosabatda bo‘lishi, har bir harakatni chuqur anglashidir. Sportchi harakatlarni ko‘r-ko‘rona «ko‘chirib olishi», kimningdir maslahatlariga o‘ylamay quloq solishi mumkin emas. U o‘zi qo‘llayotgan texnika nima uchun eng to‘g‘ri ekanligini anglab yetishi zarur. Harakat ko‘nikmasini mustahkamlash va takomillashtirishni tor tushunish va qollash noto‘g‘ri. Texnikani takomillashtirish butun sport faoliyati mobaynida davom etadi. 19 Individual qobiliyat va sport bilan shug'illanishni tanlashda ta'lim metodlaridan foydalanish. Fanda metod (uslub)lar deb har bir fan predmctini tashkil qiluvchi hodisalarni o’rganish uchun qo’llanilgan yo’l va usullarga aytiladi. Bu usullarni qo’llash esa o’rganilayotgan hodisani to’g’ri bilib olishga, unga xos qonuniyat va xususiyatlarning inson ongida adckvat (mos ravishda) aks etishiga aytiladi. Ilmiy tadqiqotlarda metodlarni qo’llashda avvalo, quyidagi qonuniyatlarga suyanish kerak a) mavjud narsa va hodisalar bir-biriga bog’langan, biroq ajralgan holda mavjud emas. Tabiat va jamiyatdagi barcha narsalar, qonuniyatlar o’zaro uyg’un, birining yo’qolishi boshqalariga ham ta'sir etadi. b) borliqdagi barcha narsalar doimo rivojlanishda va o’zgarishda bo’lganligi uchun ham o’rganilayotgan voqelik o’z taraqqiyotida olib o’rganiladi. Rivojlanishda esa miqdor o’zgarishikabi jarayonlar mavjud. Rivojlanish esa o’z navbatida ichki qarama- qarshiliklar manbaiga ega. Masalan, sportchining natijalari o’sib borishi bilan uning o’ziga o’zi beradigan bahosi, jamoadoshlariga bo’lgan munosabatlari ham o’zgaradi.Psixolog har bir ruhiy jarayonni o’rganar ekan, ularni bir- biridan ajratgan holda yoki oliy nerv faoliyatining fiziologik qonuniyatlari bilan bog’lamasdan o’rgana olmaydi, shuningdek ruhiy jarayonlarni shaxsan ajratgan holda, yoki faoliyatdan ayri holda olib o’rganilmaydi. Psixologiya fanining barcha sohalari kabi sport psixologiyasining ham umumiy va xususiy metodlari mavjud. Umumiy psixologiyada mavjud metodlarning aksariyat ko’pchiligi sport psixologiyasida ham qo’llaniladi. Jismoniy madaniyat o’qituvchisi uchun psixikani tadqiq etish uslublari, eng avvalo, o’quvchi psixikasini samaraliroq shakllantirish maqsadida uning shaxsini, 20 individual psixologik xususiyatlarini o’rganish usullari sifatida qaratiladi. Psixologiya fanida barcha psixik jarayonlarda protsessorlar, xolatlar va shaxsning individual xususiyatlarini qanday qilib borish, uning paydo bo’lishi, kechishi, ifodalanishi to’g‘risida o’ylash (gepotiza yaratish) qiyinchiliklardan chekinmasdan maqsadga erishish yo’llari va usullarini tnlash jaxon birinchiligi va olimpiada o’yinlarida ishtirok etish rejalarini tuzish, sportchilarni o’rganishda kuzatish, suhbat, tajriba o’tqazish, sportchi faoliyat mahsulini tahlil qilish, tes kabi uslublar keng ko’lamda qo’llaniladi. Sportchini chuqurroq, ob‘yektiv ravishda tadqiq etish uchun navbati bilan bir qancha uslublardan foydalanish mumkin. 2.2. Sport psixologiyasi fanida kuzatish metodining mohiyati. 1. Kuzatish uslubi. Bu uslub sport musoboqasi va mashg‘uloti jarayonida sportchi ruhiy sifatlarini kuzatib borish bilan birga, sportchi psixikasini harakterlovchi zaruriy materiallarni ko’proq yig‘ishdan iborat. Psixologiya fanida kuzatish uslubi 1) ob‘yektiv (tashqi) hamda 2) sub‘yektiv (ichki) kuzatishdan iborat ikki qismga ajratilib o’rganiladi. Kuzatish uslubi vositasida quyidagi jarayonlar o’rganiladi: ● maqsad va vazifalarni belgilash; ● kuzatish ob‘yektini tanlash; ● sportchining qaysi tomonlarini kuzatish haqida maqsad va ● vazifalarni belgilash; ● sportchining mashq va musoboqa jarayonida qaysi tomonlarni ● kuzatish ob‘yektini tanlash;kuzatish sub‘yekti (sinaluvchi) sportchini aniqlash; ● kuzatish muddatini (vaqtini) belgilash; ● sportchini kuzatish davomiyligiga erishish ya‘ni har xil faoliyat ● turida musoboqada, mashqda, aqliy va jismoniy mehnatga bulgan ● munosabatini kuzatish; ● individual yoki sport guruhlarini yoppasiga kuzatish; 21 ● kuzatish mahsulini kayd etib borishda kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, video kamera va magnitafon vositalaridan foydalanish. Psixologik-pedagogik tashxisdan ma’lumki, jismoniy tarbiya inson psixik jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega, chunki markaziy nerv sistemasi va inson tayanch harakat a’zolari orasida aloqa mavjud. Bu tana va ruhning birligi miyaning funksiyasi va strukturasi bilan belgilanadi. Sklet muskulaturada maxsus nerv hujayralar joylashgan bo‘lib, muskul harakatida teskari aloqa prinsipi bo‘yicha undovchi impulslarni miyaga jo‘natadi. Sport psixologi E. Jokelning aniqlashicha, keksa gimnastlar, ya’ni butun hayoti davomida sport bilan shug‘ullanganlar, sport bilan shug‘ullanmaganlarga qaraganda 10 – 20 yilga yosh ko‘rinishlari aniqlangan. Psixofiziolog olimlarning aniqlashlaricha, o‘ng qo‘lini doimiy mashq qilgan sportchida nerv jarayonlarining doimiy irradiatsiyasi oqibatida miyada chap qo‘l mashqlarda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, chap qo‘lning mashq qilishi yaxshilangan. Markaziy nerv sistemasi jarayonlarining irradatsiyasi (tarqalishi) tufayli chap qo‘lga o‘tkazilgan tajriba xotirada mustahkamlangan va haqiqiy mashqday idrok qilingan. Aqliy faoliyat va motor faolligi orasida ham aloqa mavjud. Bir tomondan, maxsus nerv hujayralari impulslar bosh miya po‘stlog‘i funksiyasini qo‘zg‘aydi; ikkinchi tomondan, motor faolligiga inson ongi, masalan, hayol yordamida ta’sir qilishi mumkin. Motor apparatning bunday hayoliy harakati sportda ma’lum. Futbol o‘yinini tomosha qilayotgan tomoshabinlar o‘yinchilar harakatini fikran idrok qiladilar. Avtomobil yo‘lovchilar ba’zi vaziyatlarda yo‘q tormozni bosadilar. Karpenter effektining amaliy ahamiyati katta. Doimiy sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar ba’zi qiyin vaziyatlarda tananing bo‘shashishi harakatini ko‘z oldiga keltirib bo‘shashishlari yoki autogen mashqlardan foydalanishlari mumkin. Shunday qilib, sport faolligi va motor 22 faollik inson sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir qiladi, uning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilaydi. Sog‘liqni saqlash va mustahkamlash uchun sport bilan shug‘ullanishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. 23 II.BOB Individual qobiliyat orqali sportchi tayyorgarligining asosiy tomonlari va ularning mashg'ulot jarayonidagi o'rni. Bu mavzu sportchilar bilan ishlashni o'rganish uchun muhimdir. Quyidagi uslubiy asoslarga e'tibor bermoq kerak: 1. Ko'rsatmalar: Ko'rsatmalar sportchilarning mashg'ulotlarini ko'rsatishga yordam beradi. Bu, sportchilarning harakatlarini va harakatlarini to'g'ri ko'rishlariga yordam beradi. 2. Tushuntirish: Sportchilarga mashg'ulotlarini tushuntirish juda muhimdir. Bu, sportchilarning harakatlarini va o'zaro aloqalarini tushunishga yordam beradi. 3. Qo'llanma: Qo'llanma sportchilarning mashg'ulotlarini o'rganish uchun qulay usuldir. Bu, sportchilarning harakatlarini to'g'ri bajarganligini va ularning mashg'ulotlarini o'zlashtirishga yordam beradi. 4. Tahlil qilish: Sportchilarning harakatlarini tahlil qilish, ularning yaxshi va yomon tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu, sportchilarning harakatlarini yangi ko'rish usullarini o'rganish uchun juda muhimdir. 5. Ishonchli atmosfera yaratish: Sportchilar bilan ishlashda, ularning ishonchli atmosfera hissiyatini ta'minlash juda muhimdir. Bu, ularning mashg'ulotlarini o'zlashtirish va yangi ko'rish usullarini o'rganishga yordam beradi.Bu uslubiy asoslar sportchilar bilan ishlashni o'rganish uchun juda muhimdir. Bu, ularning harakatlarini to'g'ri ko'rish va ularning mashg'ulotlarini o'zlashtirishga yordam beradi. 1. Qiziqishli va qiziqarli mashg'ulotlar tayyorlash: Yosh sportchilar ko'p vaqtini mashg'ulotlar bilan o'tkazishni xohlaydi, shuning uchun sportchilar uchun qiziqishli va qiziqarli mashg'ulotlar tayyorlash juda muhimdir. 24 2. Sportchilarning o'z fikrlari va xohishlari bilan tanishish: Yosh sportchilar o'z xohishlariga mos keladigan mashg'ulotlarga qatnashishni xohlaydi. Shuning uchun, sportchilarni o'z fikrlari va xohishlari bilan tanishib, ularning qiziqishlariga mos keladigan mashg'ulotlar tayyorlash kerak. 3. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling