O‘zbekiston respublikasi yoshlar siyosati va sport
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi. Ibrohimova Elzoda.
Sportchilarning
qiziqishlariga javob berish: Yosh sportchilar qiziqishlariga javob berilishi kerak. Shuning uchun, sportchilarni o'z fikrlari va xohishlari bilan tanishib, ularning qiziqishlariga javob beruvchi mashg'ulotlar tayyorlash juda muhimdir. 4. Sportchilarning yaxshi hissiyatini ta'minlash: Yosh sportchilar ishonchli atmosfera hissiyatini ta'minlashni xohlaydi. Shuning uchun, ularning yaxshi hissiyatini ta'minlash uchun, ularning qiziqishlariga mos keladigan mashg'ulotlar tayyorlash kerak. 5. Sportchilarning harakatlarini tahlil qilish: Yosh sportchilarning harakatlarini tahlil qilish, ularning yaxshi va yomon tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu, ularning harakatlarini yangi ko'rish usullarini o'rganish uchun juda muhimdir. 6. Qo'llanma: Yosh sportchilar mashg'ulotlarini o'rganish uchun qulay usullardan foydalanishni xohlaydi. Shuning uchun, ularning mashg'ulotlarini o'zlashtirishga yordam beruvchi qo'llanmalar tayyorlash kerak.Bu uslubiy asoslar yosh sportchilar bilan mashg'ulot olib borishni o'rganish uchun juda muhimdir. Bu, ularning qiziqishlariga javob berish, harakatlarini tahlil qilish va mashg'ulotlarini o'zlashtirishga yordam beradi.Insonni hayotga yoki biror faoliyat sohasiga tayyorlash hayotning o ‘zi kabi rang-barang, keng qamrovli, m urakkab, ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, turli usullar, vositalar yordam ida am alga oshiriladi. M asalan, o'quvchini o ‘qishga va m ehnatga tayyorlash; harbiy askarni texnik, taktik va irodaviy tayyorgarlik sifatlarini rivojlantira borib, jism oniy, ruhiy, siyosiy jihatdan og‘ir sharoitlarda jangovar mashqlarga, o n a Vatanni him oya qilishga tayyorlash ko‘p bosqichli, turli xil usullar vositasida am alga oshiriladigan qiyin va qizg ‘in 25 ijodiy-tarbiyaviy jarayondir. Shuningdek, o‘quv, tarbiyaviy va am aliy faoliyatda sportchilarni jismoniy mashqlarga hamda sport musobaqalariga ruhan tayyorlash, musobaqada g‘alaba qilishga, yangi rekordlar o ‘rnatishga yo‘llash usullari ham rang-barangdir. Sportchi yoki jamoa a’zolarining sport m usobaqalarida yuqori natijalarga erishishi, birinchi navbatda, ularning ma’naviy, mafkuraviy, irodaviy, jismoniy, texnik, taktik tayyorgarligiga bog‘liq. Sport amaliyotida bo'lajak aniq musobaqalarga psixologik jihatdan alohida tayyorgarlik k o ‘rgan sportchilarning ko‘pincha g‘alaba qozonishi ilmiy isbotlangan . Demak , sport mutaxassislari va m urabbiylar sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e ’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ulardan sportchining m usobaqaga ruhan tayyorlash bosqichlarini nazariy va amaliy jihatdan puxta bilishlari talab qilinadi. Sport turlarining o ‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashni quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: 1) sportchilarga raqibi va bo'lajak musobaqalarning shart-sharoitlari haqida yetarlicha ma’lum otlar berib borish; 2) sport mashg‘ulotlari va musobaqalar haqida olingan m a’lum otlarni tekshirib ko‘rish, ishonchlilik darajasini aniqlash musobaqaning boshlanish vaqti yoki kutilmagan o'zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g‘alaba keltirish imkoniyatlarini o‘rganish; 3) sportchilarga musobaqada qatnashishdan ko‘zlangan m aqsad va vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida ko‘rsatmalar berish; 4) sportchining musobaqaga ishtirok etish sababi, m ohiyati va aniq maqsadini aniqlash , g'alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish; 5) sportchining bo‘lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalash tirish, aqliy sifatlarini o ‘stirishga e ’tibor berish, musobaqaga taktik va texnik jih atdan ruhiy tayyorgarligini takomillashtirish; 6) sportchini m usobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida kutilmagan 26 maxsus to‘siqIar vujudga keltirish, ularda bu to'siqlar va qiyinchiliklarni yenga oladigan malaka va ko‘nikmalar hosil qilish uchun qo'shimcha mashg‘ulotlar uyushtirish; 7) sportchiga musobaqa jarayonida paydo bo'ladigan ichki ruhiy holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni o ‘rgatish; 8) sportchini musobaqa boshlanishida ruhiy ko'tarinkilikka, asab tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga undash. So‘nggi yillarda respublikamiz sportchilari erishayotgan natijalar yuqorilab bormoqda. Shundan ko‘rinib turibdiki, inson imkoniyatlari cheksiz. Sportchi faqat ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o ‘zining ruhiy, jism oniy im koniyatlarini safarbar qilish yo‘llarini bilishi lozim. Sportchilarda bunday bilim , malaka va ko‘nikm alarni shakllantirish, mutaxassislar, o ‘qituvchilar va murabbiylaming doimo diqqat markazida bolishi shart. Ular sportchilarni jismoniy mashq va sport musobaqalariga psixologik tayyorlashning tavsiya etilayotgan quyidagi uslublaridan foydalansa, shogirdlari yanada yuqoriroq natijalarga erishishlari mumkin. 1. Sportchi diqqatini boshqarish. Sportchi kuchli hayajonda bo‘lganligi bois, musobaqa jarayonida sodir bo‘layotgan ko'pgina voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini diqqat bilan aqlan hal qilishda kutilm agan qiyinchiliklarga uchraydi. Masalan, ayrim sportchilar balandlikka sakrashda langarcho‘p orqali balandlikka ko‘tarilishi natijasida hayajonlanish, bezovtalanish, tashvishlanish holatini oshirib yuboradi. Natijada ularda fikrini bir nuqtada to ‘plab, uni aniq bir obyektga yo'naltirishda ishonchsizlik bilan harakatlanish holati sodir bo‘ladi. Shuningdek, bokschi ketma-ket zarbani qo‘yib yuborishi sababli, hujumdan ko‘ra ko‘proq himoyaga o‘tadi va unda diqqat bilan turli xil jangovar usullardan yaxshiroq foydalanish holatlari pasayib ketadi, jang olib borishda raqibining zaif 27 himoya usullarini aniqlash harakatlari susayadi; raqib imkoniyatlari, harakatlari to‘g‘risida vaqtida yetarli ma’lum otololmaydi; aniq vaziyatni hisobga olib fikran jang rejasini tuzishda, m ustaqil bir qarorga kelishda qiynaladi. Qobiliyat Individual qobiliyatni nazariy tayyorgarlik va funksional tayyorgarlik Nazariy tayyorgarlik bu – pedagogik jarayon bo‘lib sportchini ahloqiy-irodaviy sifatini еtuk sportchi shaxsi sifatida tarbiyalashga yo‘naltirilgan jismoniy sifatini rivojlanishi va irodaviy hususiyati harakterini tarbiyalashga o‘zaro bog‘liqdir. Iroda xuddi mushakday faqatgina ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklarni еngib o‘tish natijasida harakat faoliyatini namoyon qilish jarayonida rivojlanadi. Bu qiyinchiliklar murakkab texnik o‘yin usullarini zaruriyatdan egallash charchashni еngib o‘tish, o‘zini tuta bilish emotsional holatini boshqarish, murakkab sport yakka kurashishi qiyin sharoitda yuqori ish qobiliyatini saqlashdan iboratdir. Shunday qilib jismoniy yuklama iroda chiziqlarini o‘ziga xosligini shakllantirish vositasi hisoblanadi. Irodaviy sifatini o‘ziga xosligi shundaki, ular faoliyat ko‘rinishida namoyon bo‘lib, rivojlanishdan kelib chiqadi. Shu еrda sharoitni yaratish zarurki, bunda harakterini kuchli tomonlari rivojlanadi va mustahkamlanadi. U еrda bir qarorga kelishlik, jasurlik, o‘zini tuta bilishlikni namoyon qilish zarur. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarga ta’sir ko‘rsatish ostida emotsional qo‘zg‘alishni tez-tez nazorat 28 qiladi, ayrim vaqtda o‘ylamasdan hal etish ko‘pincha bu o‘yin tayyorgarligini va texnikasini еtarli bo‘lmasligi natijasida bo‘ladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish va tezda fikrlash, tajriba oshirilgan yuklamani bajarish jarayonida amalda orttirilgan bilim bilan o‘tadi. Psixologik tayyorgarlik jarayoni umumiy tayyorgarlikka (asoslovchi tarbiya, muntazam ravishda shug‘ullanishga undashga, harakat malakalarini takomillashtirishga, qiyinchiliklarni еngib o‘tishga) va musobaqalarga tayyorlash, qachonki bir necha musobaqalarda yoki ushbu musobaqada qarshi kurashishga eng yuqori psixologik tayyorgarlikni yaratish bo‘yicha ish o‘tkaziladi. Ahlokiy va irodaviy sifatni tarbiyalash bu mafkuraga qat’iy ishonch, jamoatchilik, vatanparvarlik va irodaviy sifatni shakllantirishni bir butun jarayonidir: jasorat, jur’atlilik, tirishqoqlik, o‘zini puxta bilish. Bolalar bilan ishlashda qiyinchiliklarni еngib o‘tishda ongli munosabatda bo‘lish asosida ularni muntazam trenirovka mashg‘ulotlarga qatnashtirish juda muhim. Aniq misollarga asoslangan har kunlik tushuntirish ishlari esa yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Bola uchun irodani rivojlantirishni eng yaxshi vositasi qiyinchiliklarni еngib o‘tish charchashga qarshi kurashish mashqi xizmat qiladi, shuningdek o‘quv o‘yinlari va musobaqalar xarakterni qat’iyligi, jur’atliligi, tirishqoqligi va qat’iy turishida zarurat tug‘ilganda namoyon bo‘ladi. Bolalardagi jasorat va jur’atlilik tez-tez emotsional momentlarni asoslaydi va logik dalil-isbot kuchini namoyon qilmaydi, balki bolani sezgi tezligini qamrab oluvchi kuchdir. Hattoki ayrim vaqtda o‘yin usullarini trenirovkada, musobaqada, bajarishga qo‘rqadi, o‘yinni emotsional holatida ta’sir qilishi ostida ko‘proq muvaffaqqiyatli bajaradi. Shuning uchun o‘qituvchi yosh sportchilarni tayyorlashda, o‘yin harakatini tahlil qilishda ma’lum daqiqani sezgirlik bilan namoyon 29 qilishi kerak. Psixologik tayyorgarlikni ahamiyati qo‘yidagi uslublar bilan amalga oshiriladi: – qiyinchiliklarni еngib o‘tish bo‘yicha mashq uslubi; – zarur bo‘lgan psixologik holatda sportchilarni to‘g‘rilash maqsadida mashqqa to‘g‘irlash uslubi; – ideomotor mashqini kelgusi harakat faoliyatini aniqlashtirish va fikran o‘ziga qabul qilish, qayta ishlab chiqishga imkon beradigan usul; – bo‘lajak faoliyatga tayyorlash va mashq yordamida zo‘riqishni pasaytirish bilan imkon beradigan mashg‘ulotni boshqarish uslubi; – bolalar bilan ishlashda irodaviy sifatni tarbiyalash bo‘yicha asosiy tavsiyalar: a) irodaviy zo‘r berishni namoyon qilish bo‘yicha vazifani tushunarli, aniq qo‘yish shart, shug‘ullanuvchilarni imkoniyatlariga har doim mos kelishi kerak. b) topshirilgan vazifalarini o‘z vaqtida aniq bajarishga erishish; v) mashg‘ulotda jismoniy yuklamani bajarishga faol munosabatni shakllantirish, musobaqada berilgan ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarishga erishish; g) dam olish va mehnat rejimiga rioya qilishga jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligidagi o‘zini kamchiliklarini bartaraf qilish ustida ishlashga shug‘ullanuvchilarni majbur etish; 30 Xulosa O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan keyin jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shuningdek, sportda ham sezilarli darajada rivojlanish ko‘zga tashlandi. Sport turlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi, uch bosqichli («Umid nihollari» — «Barkamol avlod» — «Universiada») sport musobaqalarining o‘tkazilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining « O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to ‘g‘risida»gi farmonining qabul qilinishi «Sport psixologiyasi» fanining bundan keyingi rivojlanish istiqbolini ham belgilab berdi. Shuningdek, bugungi ijtimoiy hayot «Sport psixologiyasi» fani oldiga sportning ijtimoiy tom onlari to ‘g‘risida ilmiy izlanishlar olib borish lozimligini zarurat qilib qo‘ymoqda. Biz mana shu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib, ko‘p yillik ilmiy izlanishlarim va amaliy faoliyatim izlanishlar natijalariga asoslanib, o ‘z yo‘nalishim izlanish bo‘yicha sport faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi muammolarning ijobiy hal qilinishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: — jismoniy madaniyat fakultedari qoshida maxsus amaliy sport psixologlari tayyorlash bo ‘limlarini ochish; — jismoniy madaniyat fakultetlarida sport psixologiyasi laboratoriyalarini ochish, ularni texnik vositalar bilan jihozlash; — har bir sport jamoasi uchun jamoa psixologi lavozimini joriy etish; — jamoa psixologlarini taraqqiy etgan davlatlar tajribasini о ‘rganish uchun amaliyot о ‘tashga yuborish; — sport psixologi mutaxassislarini tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish. Chunki, sportchilarni sport musobaqalariga va jahon olimpiada o‘yinlariga ruhiy jihatdan tayyorlashda jamoada ijobiy va jo‘shqin ruhiy m uhitni vujudga keltirishda, ularga tarbiyaviy ta ’sir ko‘rsatishda, sportchilarni og‘ir vaziyatdan chiqib, g‘alaba qozonishga yordam berishda jam oa psixologlarining roli katta ekanligi hozirgi sportda yaqqol sezilmoqda. Buning uchun zudlik bilan jismoniy madaniyat instituti va jismoniy madaniyat fakultetlarida jamoa psixologlari tayyorlash bo'limlari ochilsa, bu yaqin kelajakda o‘zining natijasini berishi shubhasizdir. Bugungi kunda sportchilarni sport faoliyatiga tayyorlash va mahoratli sportchilarni yetishtirish, tegishli malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, ularning hissiy- irodaviy sifatlarini rivojlantirish, sportga bo ‘lgan qiziqishlarini o ‘stirish, sportchilarda g‘alabaga intiluvchanlik, epchillik, o‘zini tuta bilishlik va chidam lilik kabi xarakter xislatlarini tarbiyalash uslublari ishlab chiqilmoqda. Biz ushbu o ‘quv qo‘llanmani yozishda sportchi xarakterining o‘zgaruvchanligini, tashqi taassurotlarga qanchalik yengil, oson va chaqqonlik bilan moslashish yoki, aksincha, sportchi xatti-harakatlarining qanchalik sust va qoloqligi, vazmin va bosiqligi, 31 aftektga moyilligi, chidamsizligi, noxush tuyg‘ular va boshqa emotsional o‘zgarishlarning paydo bo‘lish sabablarini anchagina chuqur tahlil qilib, amaliy tajribalar misolida yoritishga erishdik. Ilmiy va amaliy tajribalarimiz natijalariga hamda mavjud nazariy va uslubiy adabiyotlarga asoslanib, sportchining startdan oldingi ruhiy tayyorgarlik holati uning oldingi musobaqalarda erishgan muvaffaqiyatlariga bog'liq bo‘lishi; sportchining musobaqalarda ko‘rsatgan quyi natijalari esa nafaqat ularning jismoniy, texnik yoki taktik tayyorgarligiga, balkim usobaqadan oldingi ruhiy tayyorgarlik holatiga ham bog‘liq ekanligini mazkur ishimizda ko‘rsatib berishga harakat qildik. Biz qo‘llanmada sportchining startga tayyorgarlik holatini quyidagi uch qismga ajratdik: 1) sportchining startdan oldingi qaltirash, jonsizlik holati; 2) sportchining startga yuqori tayyorgarlik va jangovarlik holati; 3) sportchining ruhan tushkunlik holati. S hulardan startga jangovar tayyorgarlik va startdagi ta’sirchanlik holati sporchi uchun g‘alabani ta’minlaydigan m uhim holatlardir. Bulardan tashqari, ko‘p yillik amaliy faoliyatimiz natijalari g ‘alabaga erishishning yana bir muhim omili jamoada boriladigan o‘yinchining maqsadi kamandaning umumiy maqsadi bilan uzviy bog‘liqlikda, yagonalikda ekanligini ko'rsatadi. Ayrim hollarda jam oa sportchilari o ‘rtasida o‘zaro ijobiy m unosabatlarning buzilishi oqibatida paydo boiadigan noxushliklar jam oada turli salbiy holatlarni vujudga keltiradi: ularda bir- biriga ishonchsizlik, bir-birining o‘yinidan qoniqmaslik, adolatsizlik, tartibsizlik kabi salbiy munosabatlar paydo bo‘ladi. Natijada kamdanda o‘yinchilari ketma-ket mag'lubiyatga uchrayveradi, o‘yinning sifati pasayadi, o'yinchilar boshqa jamoalarga o‘tib ketishga majbur boladilar. Agar sport jamoalarida psixolog lavozimi joriy etilib, uning faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bunday salbiy holatlarning oldi olingan yoki bunday noxushliklarga barham berilgan bo‘lar edi. Biz mazkur o‘quv qo'llanm ada irodasi bo‘sh, xarakteri zaif sportchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning alohida uslubiy jihatlarini ilmiy nuqtayi nazardan asoslab berishga harakat qildik. Murabbiylarga bunday sportchilar bilan ishlashda «o‘zini-o‘zi boshqarish», «autogencha mashq qilish», «meditatsiya» uslublaridan foydalanish to ‘g‘risida tavsiyalar berdik. Jum ladan, hozirgi sportda rekordlarning muttasil yangilanib va o‘zgarib turishi sababli sportchilardan yuqori (maksimal) kuchlanish bilan mashq qilishni talab qilish, sportchida bajaradigan har bir harakatni to‘g‘ri idrok qilish malakalarini rivojlantirish (masalan, baland tog‘larda mashq qilishga moslashish to‘g‘risida fiziolog va psixolog olimlarning ilmiy tajribalari hamda amaliy izlanishlari natijalariga asoslangan nazariy xulosalarga amal qilish yoki 800 metrga yuguruvchilarga masofani to‘g‘ri idrok etish barobarida musobaqada 32 kuchli hayajon va vahimaga berilmaslik) uchun maxsus mashqlarni bajarish yuzasidan tegishli uslubiy ko‘rsatmalar berdik. Xullas, mazkur o‘quv qo‘llanmada jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari tayyorlash, sohaga oid ko‘plab muammoli masala va vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish; sportchilarda ma ’naviy hissiyotlarni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar ilmiy-uslubiy va metodik nuqtayi nazardan yoritib berildi. Shuningdek, qo‘llanmada sport psixologiyasining ko‘pgina tushunchalari mahalliy shart-sharoit va hozirgi kunning xususiyatlari hisobga olinib, anchagina batafsil izohlandi. Mualliflarning ko‘p yillik pedagogik hamda sport m usobaqalarining doimiy ishtirokchisi va murabbiysi sifatida orttirgan tajribalariga tayanilgan holda respublikamiz va chet ellarda chop etilgan ilmiy, o‘quv-metodik manbalarni o‘rganish asosida tayyorlangan mazkur o‘quv adabiyoti «Sport psixologiyasi» fan id an o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki o‘quv qo‘llanmalardan biri bo'lgani uchun ayrim tushunchalar etarli darajada talqin qilinmagan bo‘lishi mumkin. Shu bois mualliflar mazkur o‘quv qo‘llanmaning mazmuni bo‘yicha bildirilgan xolisona istak, taklif,fikr mulohaza va maslahatlarni samimiy qabul qiladilar. 33 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”. 2017. – 488 b. 2. Mirziyoyev Sh.M. “Jismoniy va ma’naviy yеtuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga еtishda tayanchimiz va suyanchimizdir” mavzusida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. Xalq so‘zi. 2017 yil 3. D. J Safarova., K. T. Shakirjanova Valeologiya asoslaridan ma’ruzalar to‘plami. T. O‘zGIFK. 2006. 139 s 4. O ‘zbekiston RespuuMkasining taMim to ‘g‘risidagi qonuni. — Т.: O ‘zbekiston, 1997. 5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. — Т.: 0 ‘zbekiston, 1997. 6. 0 ‘zbekiston Respublikasida Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari. — Т.: 2001. 7. Oliy ta’lim. M e’yoriy hujjatlar to‘plami. I qism. - Т.: 2001. II qism. — Т.: 2003. 8. Oliy ta’limning davlat ta ’lim standartlari, asosiy qoidalar. Oliy ta ’lim to ‘plami. — Т.: 2009. 9. « O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jam g‘armasini tuzish to ‘g‘risida». O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. «Ma’rifat» gazetasi, 2002-yil, 26-oktabr. 10. Nоrmurоdоv А.N. Jismоniy tаrbiyа. T., О‘zbеkistоn. 2018. 11. Klеmеshеvа L.S., Еrgаshеv M.S.. Yоshgа оid fiziоlоgiyа. T., 2011 12.Саидов А. pedagogik mahorat: yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish ustuvor / (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling