O`zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari reja: Kirish I bob auditorlik tashkilotlari faoliyati


O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni moddalari sharhi 2-jadval


Download 119.08 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi119.08 Kb.
#1585944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Audit kurs ishi. Xalilova Mahliyo

O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni moddalari sharhi 2-jadval





Moddalari

Moddalari mazmuni

1

1-modda

Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari

2

2-modda

Auditorlik faoliyati

3

2.1-modda

Auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari

4

2.2-modda

Auditorlik faoliyati standartlari

5

3-modda

Auditor

6

3.1-modda

Auditorning malaka sertifikati

7

4-modda

Auditorning yordamchisi

8

5-modda

Auditorlik tashkiloti

9

6-modda

Auditorlik tashkilotining huquqlari

10

7-modda

Auditorlik tashkilotining majburiyatlari

11

8-modda

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

12

9-modda

Auditorlik tekshiruvi

13

10-modda

Majburiy auditorlik tekshiruvi

14

11-modda

Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi

15

12-modda

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgandagi huquq va
Majburiyatlari

16

13-modda

Auditor tekshiruvining buyurtmachisi

17

14-modda

Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo’l qo’ymaslik

18

15-modda

Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish

19

16-modda

Auditorlik tekshiruvi o’tkazishdagi cheklovlar

20

17-modda

Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlar

21

18-modda

Auditorlik hisoboti

22

19-modda

Auditorlik xulosasi

23

20-modda

Qasddan soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi

24

21-modda

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash

25

22-modda

Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish

26

23-modda

Litsenziyaning amal qilishini tugatish

27

24-modda

Litsenziyani bekor qilish

28

25-modda

Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish

29

26-modda

Auditor malaka sertifikatini bekor qilish

30

27-modda

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi

31

28-modda

Hizolarni hal etish

32

29-modda

Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib aytish mumkinki, mazkur qonunda jami 32ta moddaga tavsif berilgan.
2. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018- yil 1- yanvargacha amalda faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlar soni haqidagi ochiq va shaffof bo’lgan ma’lumotlar veb sahifada yangilangan holda berib borilmoqda.
Odatda auditorlik tashkilotlari ikkita farqlanuvchi guruh toifasiga bulinadi:
1. Transmilliy auditorlik tashkilotlar (katta turtlik firmalari);
2. Mahalliy auditorlik tashkilotlari.
Ushbu birinchi guruh auditorlik tashkilotlari 1980- yilning oxirida tashkil topgan va Deloyt end Tush, Ernest end Yang, KPMJ va Praysvoterxaus Kuperslardan iborat. Ushbu auditorlik tashkilotlarning global tarmoqlari mavjud. Ushbu firmalarning ko’pchiligi xalqaro tekshiruvlarda ishtirok etadi va xalqaro global texnologiyalar, protseduralar va direktivalar ishlab chiqilgan asosiyofisda ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yuqori talablar o’rnatilgan. Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 22- sentyabridagi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da’vogarlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000- yil 28- avgustda 17-17/534-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va 2000- yil 25- sentyabrda 68-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq belgilangan bilim va tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007- yildagi № PF-615-sonli farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab va shartlar belgilandi:
- litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning shakllangan bo’lishligi;
- auditor o’z auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshiradi;
- litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) bo’lishi kerak;
- shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari (kamida 1-2) bo’lishligi;
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi;
- auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi
- har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati haqida ma’lumotlarning berilishi.
Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan mustasno. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:
1. Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma;
2. Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
3. Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
4. Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning to’lov hujjati.
Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkilotiga nisbatan quyidagi litsenziya talablari va shartlari qo’yiladi:
- «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
- shtatida kamida ikki nafar auditor bo’lishi;
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
- auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;
- auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta’minlash;
- ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
- faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo’lish;
- fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish;
- o’z pochta manzil o’zgartirilganligi to’g’risida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish;
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa axborotni litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra taqdim etish.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.


Download 119.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling