O’zbekiston Respublikasida bojxona xizmatini shakllanish bosqichlari va inqiroz davrida uni amal qilish xususiyatlari
Bojxona organlarining huquqni himoya qilish sohasida faoliyati
Download 77.49 Kb.
|
бх иши амалий машгулотлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhokama uchun savollar
- Masala 35 Quyidagi donlar aralashmasining TIF TN bo’yicha kodini aniqlang: 33% bug’doy doni, 33% gurunch, 33% arpa doni. Masala 36
- Masala 38 Plastmassa qutiga joylashtirilgan elektr ustaralar partiyasi bojxona chegarasidan o’tkazilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 39
- Masala 43 Dag’al yog’ochdan yasalgan salat idishlar partiyasi uchun TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 44
- Masala 45 Yuqori qism shishadan pastki qismi yog’ochdan yasalgan kuldonning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 46
- Masala 48 Benzol moddasi 99%li tozalik bilan temir yo’l tsisternalarda tashilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 49
- Masala 53 Tozalangan pista yog’ining 1 litrli idishlarga quyilgan holda TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 54
- Masala 57 Er yong’oqdan iborat bo’lgan tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 58
Bojxona organlarining huquqni himoya qilish sohasida faoliyati.
Reja: Bojxona organlarining vakolatlariga kiritilgan jinoyatlar uchun javobgarlik. Yuridik shaxslarning javobgarligi. Muhokama uchun savollar: Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz? Bojxona organlarining vakolatlariga qanday jinoyatlar kiritilgan? Qanday holatlarda kontrabanda yuz beradi? Yuridik shaxslarni qay tarzda javobgarlikka tortiladi? Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday jazo turlari mavjud? Litsenziyani chaqirib olish nima degani va u qanday amalga oshiriladi? Bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari buzilganda qanday jazo qo’llaniladi? Litsenziyani chaqirib olishga misol keltiring? Musodara qilishga misol keltiring? Narkotik moddalarni novonuniy olib o’tishga qanday jazolar mavjud? II. “Bojxona ishi” fanidan masalalar to’plami. Masala 1 Turkiyadan «CHarmli kurtka» tovari O’zbekiston chegarasining bojxonasiga bojxona import rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun keltirildi. Bojxona hodimi bu tovarni TIF TNning 2b izohlash qoidasiga muvofiq 4203-nchi tovar pozitsiyasida qayd qilishga qaror qildi. Biroq, bu tovarda junli xoshiya, tuqima astar, molniya, tugmalar kabi toza charmdan tayorlangan elementlar mavjud edi va shunga muvofiq, bojxona inspektori yordamchisi bu tovarni 3-talqin qoidasi bo’yicha tasniflashni ma’qul ko’rdi, chunki bittadan ortiq ashyolardan tayyorlangan tovarning tasnifi 3-talqin qoidasi bo’yicha amalga oshiriladi. CHarm kurtkalari TIF TNni qaysi tovar pozitsiyasiga tegishli ? Oltita talqin qoidalaridan qaysi birini u yoki bu tovar pozitsiyasi bo’yicha mazkur tovar tasniflanishida qo’llanilishi mumkin? Masala 2 «Baden-Vyurtenberg» nemis kompaniyasi va «ASAT» o’zbek firmasi o’rtasidagi 31-nchi kontraktga muvofiq, tovarni bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazish uchun umumiy og’irligidan va narxidan 60%-ni plastmassadan tashkil topgan va umumiy og’irligi va narxidan 40%-ni tashkil qilgan yengil vulkanizatsiyalashgan rezinadan tayyorlangan konveyer tasma tovari bojxonaga keltirildi. Bojxona inspektori bu tovarni 2 xil tovar pozitsiyasida tasnifladi: A) Plastmassadan bo’lgan tovarlar 3926-nchi tovar pozitsiyasida qayd qilindi;. B) Vulkanazatsiyalashgan rezinadan tayyorlangan tovarlar 4010 konveyer tasmalari. 1. Talqin qoidalaridan qaysi birini u yoki bu tovar pozitsiyasiga bo’lgan mahsulotni aniqlashda qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga mahsulotni qo’yish mumkin? 3. Bojxona inspektori tomonidan tovar to’g’ri tasniflangan edimi? Masala 3 «Bombey LTD» Hindiston kompaniyasi va «Baxt» o’zbek importchi-firmalari o’rtasidagi kelishilgan shartnoma asosida bojxonaga yog’ochdan tayyorlangan mahsulotlar kelib tushdi. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga mahsulotni joylashtirish mumkin? Masala 4 «Djovanni» Italiya firmasi va «Oydin» o’zbek firmasi o’rtasidagi 10-shartnomaga muvofiq, 10000 quti spagetti tovari bojxonaga keltirilgan edi. (1902 tovar pozitsiyasi) xom spagetti upakovkasidan tashkil topgan spagetti portsiyasi, (0406 tovar pozitsiyasi) qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq portsiyasi va (1203 tovar pozitsiyasi) tomat sousi qutisiga upakovka qilingan edi. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga mahsulotni qo’yish mumkin? Masala 5 «Burje» frantsuz firmasi va «Mars» o’zbek firmasi o’rtasidagi 117-shartnomaga muvofiq, 10000ta chizmachilik turkumi keltirilgan va bu tovar bojxonaga tushdi. Ushbu turkum jazbar, sirkul, qalam va qalam ochadigan asbobchalar. Bu hamma mahsulotlar plastmassa qalamdonga joylashtirilgan. Bojxona inspektori yordamchisi bu tovarni alohida tasniflashga qaror qildi. jazbar va sirkul - 9017 tovar pozitsiyasiga bog’ladi, qalam - 9606 tovar pozitsiyasiga bog’ladi, qalam ochadigan - 8214 tovar pozitsiyasiga bog’ladi, plastmassa qalamdon - 4202 tovar pozitsiyasiga bog’ladi. Bojxona inspektori Ushbu ishni ko’rib chiqqan g’olda o’z yordamchisining noto’g’ri tasniflagani haqida aytib o’tdi. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun qaysi talqin qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala 6 «Trener» AKSH kompaniyasi va «O’zbekiston» firmalari o’rtasida 86-nchi kontraktga muvofiq 20000 dona yosh bolalarni ovqati uchun komplektlar keltirilgan va bojxonaga tushirilgan zanglamaydigan po’latdan (7323 tovar pozitsiyasi) 2ta idish, salfetka uchun halqalar (7323 tovar pozitsiyasi), zanglamas po’latdan tayyorlangan pichoqlar(8215 pozitsiyasi), zanglamas po’latdan tayyorlangan sanchiqlardan tashkil topgan ushbu komplekt plastmassa qutiga (3923 tovar pozitsiyasi) qadoqlangan edi. Savollar: U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun qaysi talqin qoidasini qo’llash mumkin? Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni qo’yish mumkin? Masala 7 Jismoniy shaxs O’zbekistonga mikroavtobus «Daymler- Bents olib kirib uni TIF TNni 8704 «Yuk avtomobillari» tovar pozitsiyasi bilan Bojxona Yuk Bayonnomasida yuk avtofurgoni sifatida bayon etdi. O’tkazilgan ekspertiza natijasida ma’lum bo’ldiki, mikroavtobus saloni yoritish moslamalari va o’tirindiqlarni qattiqlashtirish uchun maxsus kronshteyn moslamalariga egadirlar va shu bilan birga 17001 99 100 kodiga ega bo’lgan yonlama derazalarga egadirlar. Savol: Yuqoridagi transport vositasini TIF TN bo’yicha klassifikatsiyasini bajaring. Masala 8 «Evropa Plyus» Germaniya firmasi bilan «Tarona Rekords» O’zbekiston firmasi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan bojxonaga musiqa plastinkalari va jixozlaridan tarkib topgan tovar kelib tushdi. 1. Ushbu tovarni komplektli tovar kabi tasniflash mumkinmi? 2. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 3. Qaysi tovar pozitsiyasiga ushbu tovarni bog’lash mumkin? Masala 9 «Evropa Plyus» Germaniya firmasi bilan «Tarona Rekords» O’zbekiston firmasi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan bojxona magnitofon va uning kassetalari komplekti tovar shaklida kelib tushdi. 1. Ushbu tovarni komplektli tovar kabi tasniflash mumkinmi? 2. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoyidasini qo’llash mumkin? 3. Qaysi tovar pozitsiyasiga ushbu tovarni bog’lash mumkin? Masala 10 «Proxlada» rus firmasi va «Suv» O’zbek firmasi orasida 321-kontraktga asosan O’zbekiston bojxonasiga ichimlik-tovar, ya’ni 1% alkogolg’, 80% pivodan tashkil topgan mahsulot kelib tushdi. Ulardan 2203 tovar pozitsiyasi - pivo, 2206 tovar pozitsiyasi-boshqa ichimliklar va 2208 tovar pozitsiyasi - distilyatsiya yo’li bilan tarkib topgan spirtli ichimliklar. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala 11 Rossiyaning «Avion» firmasi Estoniyaga An-72 samolyotini savdo kontrakti bo’yicha yetkazib bermoqda. Bunda mazkur samolyot TIF TN kodi 88802 40 100 bilan BYuDda massasi 15000kg. bo’lgan fuqarolik samolyot deb bayon etilgandir. Amalga oshirilgan tadqiqotlar ko’rsatdiki, mazkur samolyot o’zining asosiy belgilari bo’yicha xarbiy-transport samolyotlar turiga kirib u fuqarolik xavo kemalar davlat reestriga turiga kirmaydi. Mazkur samolyotning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 12 Firma B Germaniyadan hujjatlarda ko’rsatilgandek «Vakuum nasoslalar» TIF TN kodi 9414 10 900 bo’lgan tovar oldi. Ekspertiza tadqiqotlari natijasida quyidagilar aniq bo’ldi, mazkur tovar o’zining asosiy vazifasi bo’yicha va konstruktsiyasi bo’yicha «Maishiy chang surgich, elektr tok kuchlanishi 110v. va undan yuqoriga mo’ljallangan» tovarga to’g’ri kelishi aniq bo’ldi. Mazkur tovarning kodini aniqlang. Masala 13 Rossiyadan O’zbekistonga 66 tn. uy qurilishiga mo’ljallangan yog’och konstruktsiyalarni yubordi. Bayonnomada mazkur tovar «Qurilish yig’ma yog’och konstruktsiyalari», TIF TN kodi 9406 00 100 bilan tasvirlangan edi. Mazkur tovarning kodini aniqlang. Masala 14 «Irtish» rus firmasi va «Toshkent-10» firmalari o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan revolver bilan birga uning g’ilofi komplekti bojxonaga keltirilgan. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala 15 «Nazir» turk firmasi bilan «Sovg’a» o’zbek firmasining shartnomasiga asosan, qog’ozli upakovka qutilarida kiloli oqqand tovari bojxonaga tozalash uchun keltirilgan. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala 16 «Narzan» turk firmasi va «Sovg’a» firmasining o’zaro shartnomasiga asosan, plastmassa idishlarda «Narzan» mineral ichimligi bojxonaga tovar tozalanish uchun keltirilgan. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun interpretatsiyaning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala 17 «Sadaf» Eron firmasi va «Perashon» O’zbekiston firmasiing shartnomasiga asosan, bojxona hududiga tovar tozalanish uchun 1,5 kg «Sadaf» kir yuvish moslamasi keltirilgan. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun TIF TNning qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala 18 «Kalina» (Sankt-Peterburg) va «Nuron» (O’zbekiston) firmalarining o’zaro shartnomalariga asosan, plastmassa sovun bilan sovun idishlari komplekti tovari bojxonaga keltirilgan. 1.U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun TIF TNning qaysi talqin qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala19 «Ankara» (Turkiya) va «Jemchug) (O’zbekiston) firmalari o’rtasidagi shartnomaga asosan, bojxonaga qimmatbaxo taqinchoqlar bilan birgalikda uning qutilari komplekti tovari kelib tushgan. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun TIF TNning qaysi talqin qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala 20 «Oxotnik» (Rossiya) va «Oxrana» (O’zbekiston) firmalarining o’zaro shartnomalariga asosan, binokl va uning g’ilofi komplekti tovar shaklida bojxonaga tovarni import bojxona rejimiga qo’yish uchun keltirilgan. 1. U yoki bu tovar pozitsiyasiga bog’liq bo’lgan mahsulotlar uchun TIF TNning talqinining qaysi qoidasini qo’llash mumkin? 2. Qaysi tovar pozitsiyasiga bu mahsulotni bog’lash mumkin? Masala21 Firma K O’zbekistonga «Vayva» kir yuvish mashinalar uchun butlovchi qismlar olib kirmoqda va keyinchalik yig’gandan so’ng eksportga Qozog’istonga sotmoqda. Mazkur yig’ilgan «Vayva kir yuvish mashinalarni kelib chiqish davlatini aniqlang, agar butlovchi qismlarning qiymatiga qo’shilgan qiymatning miqdori 40%ni tashkil etgan bo’lsa. Masala 22 Firma «V» O’zbekistonga oshlanmagan xom qo’y terilarni olib kirib, uni qayta ishlab tayyor charmni Turkiyaga olib chiqyapti. Xom oshlanmagan qo’y terilarni va undan qilingan charmni TIF TN bo’yicha tasniflab, charmni kelib chiqish davlatini eksportga rasmiylashtiruv uchun aniqlang. Masala 23 Firma «T» Italiyadan mebel turkumlarini O’zbekistonga qiymati 1mln.200ming AKSH dollari bo’lgan savdo kontrakti bo’yicha olib kirmoqda. Ammo, tovarni va kontraktni ekspertizasidan so’ng ma’lum bo’lishicha: Tovarning haqiqiy qiymati- 2 mln. 600ming AQSH dollarini tashkil qiladi; «T» firmasining ta’sis etuvchilardan biri aynan shu mebelni sotgan Italiyalik sherik-kompaniyasining raxbariyat a’zosi ekan; Mebelni TIF TN kodi bilan uning bojxona qiymatini aniqlab bering. Masala 24 «K» nomli jismoniy shaxs maishiy texnika uchun ehtiyot qismlar sifatida elektron bloklar olib kirmoqda. Ammo, ularning bojxona qiymatini 5-ta usuldan bittasi ham deklaratsiya uchun to’g’ri kelmadi, negaki kelishuv shartlari va kontrakt qiymati gumon chiqargan edilar. 2 va 3 usullar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar ishonchli emasligini ko’rsatdi. Mazkur tovarning bojxona qiymatini aniqlang, agar tovarning sotuvlari va narxi 90 kun ichida quyidagicha o’zgardi: Jadval 1.
Masala 25 MCHAJ «P» import bo’yicha Avstriyadan «muzqaymoq tayyorlash uchun frizer» Respublikamizga TIF TNning 8418 99 990 kodi ostida uskunalar majmuasining qismi sifatida olib kirdi. Amalga oshirilgan ekspertiza natijasida, olib kirilgan tovar – HOYER KF-400 frizeri bo’lib, u uskunalar majmuasining qismi emas, balki muzqaymoq tayyorlashda qo’llanadigan asosiy texnologik operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan butlangan elektromexanik apparat bo’lib, demak asosiy texnologik uskunalar soniga kiradi. Mazkur tovarni ishlashi uchun unga kiritilgan sovutadigan ammiak tizimini ishiga bog’liqligini ehtiborga olib, tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 26 AJ «A» Frantsiyadan «V» firmasidan markasi ALCATEL-4034 raqamli terminallarni, hujjatlarda «ALCATEL-4040 markali TIF TN kodi 8517 81 900 bo’lgan telefon stantsiyasining uzatish yo’lining chekkaviy moslamasi» sifatida olib kirdi. Ammo, o’tkazilgan ekspertizaning natijalari mazkur ALCATEL-4034 raqamli terminal idoralarning mahalliy telefon tarmoqlariga ulanish uchun mo’ljallangan takomillashgan telefon apparati ekanligini ko’rsatdi. Tovarni TIF TN bo’yicha to’g’ri tasniflang. Masala 27 MCHAJ «Laytkom» o’zining ehtiyojlari uchun yangi «Wide Bongo Doublecu’» markali kichik yuk tashish avtomobilini sotib olib O’zbekistonga olib kirmoqda. Ammo, uning yo’lovchilar uchun mo’ljallangan saloni kattalashtirib 6-ta o’ringa ega edi, shuning uchun ham mazkur tovar «yuk va yo’lovchi tashiydigan yengil avtomobillar» turiga kirib 8703 «Engil avtoulovlar» pozitsiyasiga biriktirilgan edi. Ma’lumki, bu turdagi avtoulovlar klassifikatsiyasi amaliyotda quyidagi formula bo’yicha bajariladi: agar R-avtomobilni yuk ko’taruvchanligi (kg) bo’lsa, p- tashiladigan yo’lovchi soni bo’lsa, unda R-70p, 70p-dan ko’proq bo’lsa avtoulov- yuk mashinasi bo’ladi; agar R-70p, 70p-dan kamroq bo’lsa yengil avtoulovlar turiga kiradi. Yuqorida tahriflangan avtoulovni yuk ko’taruvchanligi 1tn.ga tengligini ehtiborga olib, uning TIF TN bo’yicha tovar pozitsiyasini aniqlang. Masala 28 Firma «Turon » O’zbekistonga yengil avtoulovlar uchun mo’ljallangan shinalar va kameralar olib kirmoqda. Savollar: mazkur tovarlar yagona kod bilan, yoki boshqa-boshqa kodlar bilan tahriflanadimi? Agar yagona kod bilan tahriflansa, mazkur tovarning TIF TN bo’yicha kodini toping. Masala 29 SGS firmasi O’zbekistonga televizorlarni yig’ish uchun quyidagi butlovchi qismlar olib kirmoqda: Korpus; Kineskop; Kineskop platasi; SHassidagi elektr bilan tahminlash bloki; Tovarlarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 30 Engil avtoulov uchun maxsus shaklda kesilib tayyorlangan tukli gilamchalar partiyasi bojxona maskanidan «import» rejimiga qo’yilmokda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 31 Suyaksiz go’sht keyingi qayta ishlashga mo’ljallangan holda chegaradan o’tkazilmoqda. Uning tarkibi 70%-ga ot go’shtidan, 20%-ga mol go’shtidan, va 10%-ga cho’chqa go’shtidan iboratdir. Mazkur tovarning TIF TN bo’yicha kodini toping. Masala 32 CHo’yandan yasalgan qozon yog’ochdan qilingan quloqchalardan iborat bo’lib, bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 33 Bolalarga mo’ljallangan uch g’ildirakli velosipedlar partiyasi butlanmagan(bir g’ildiragi yo’q) va yig’ilmagan holatda chegaradan o’tkazilayapti. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 34 Bojxona chegarasidan sochni olish uchun quyidagi charm g’ilofga (4202) joylashtirilgan «sartarosh turkumi»dan iborat bo’lgan tovar partiyasi o’tkazilmoqda, bu: elektr mashinka(8510); sochni tarash uchun shchyotka (9603); plastmassa tarog’i(9615); qaychi(8213); sochiqlar (6302); Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 35 Quyidagi donlar aralashmasining TIF TN bo’yicha kodini aniqlang: 33% bug’doy doni, 33% gurunch, 33% arpa doni. Masala 36 Kumushdan yasalgan choy qutisilarda qora choy tashilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 37 CHarmdan yasalgan va karton korobkaga joylashtirilgan erkaklar tuflisidan iborat bo’lgan tovar partiyasining bojxona rasmiylashtiruvi uchun TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 38 Plastmassa qutiga joylashtirilgan elektr ustaralar partiyasi bojxona chegarasidan o’tkazilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 39 Suniy marvariddan iborat va tilla bilan qoplangan qora metalldan yasalgan ilgak bilan jixozlangan marjonlar partiyasini chegaradan o’tkazishmoqchi. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 40 Bojxona chegarasidan yog’och stulini yasash uchun ishlatiladigan tilla butlovchi qismlar turkumlari o’tkazilmokda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 41 Qora choy va unga qo’shilgan quritilgan apelg’sin po’chog’ining kukuni qo’shilgan «Apelg’sin choyi» tovari bojxonaga taqdim etilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 42 Fotokameralar linzali vidoiskatel bilan jixozlanib, 35 mm.li fotoplyonkaga mo’ljallangan bo’lib, butlanmagan holatda chegaradan o’tkazilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 43 Dag’al yog’ochdan yasalgan salat idishlar partiyasi uchun TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 44 Yog’ochdan yasalgan chizg’ichga suyuq kristalldan qilingan kvarts soati biriktirilib yagona tovarni tashkil qilgan holda, u chegaradan o’tkazilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 45 Yuqori qism shishadan pastki qismi yog’ochdan yasalgan kuldonning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 46 Erkaklar jaketi charm (4203) va trikotajdan (6103) iborat bo’lib, bojxona rasmiylashtiruvida TIF TN kodini aniqlash uchun bojxona ekspertizasi laboratoriyasiga yuborilgan. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 48 Benzol moddasi 99%li tozalik bilan temir yo’l tsisternalarda tashilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 49 Kalg’tsiylashtirilgan soda TIF TNning qaysi kodi bilan ifodalanadi? Masala 50 CHaynash uchun mo’ljallangan «Qandsiz Orbit» saqichining TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 51 Sutli shokolad bilan qoplangan pechene va karamel 58 g. qadoqlarga joylashtirilgan va «Twix» nomi bilan ataladi. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 52 Quritilgan mevalar(turshak, olma, olcha ) va yong’oqning aralashmasi har xil qadoqlarga joylashtirilib tashilmokda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlab va uning qadoqlarini ichidagi tovardan ajratgan holda yoki birgalikda tasniflanish imkoniyatini isbotlab bering. Masala 53 Tozalangan pista yog’ining 1 litrli idishlarga quyilgan holda TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 54 Konservalangan tuzli va termik ishlov berilmagan selg’d baligining TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 55 Bedana tuxumlaridan iborat bo’lgan tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 56 Pishirilib muzlatilgan qisqichbaqalardan iborat bo’lgan tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 57 Er yong’oqdan iborat bo’lgan tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 58 «Franrfurt» markali vakuum qadoqlarga joylashtirilgan xasipchalardan iborat bo’lgan tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 59 Qovurilgan va qorilgan yong’oq yoki pistani karameldan ishlab chiqilgan qandolat mahsuloti «xolva» nomi bilan atalib Erondan olib kirilmoqda. Tovarning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 60 Tuxum shaklida ishlangan murakkab mahsulot bo’lmish usti shokolad bilan qoplangan xolda, ichida plastmassadan kapsula bo’lib, unda o’yinchoq bo’lgan «Kinder syurpriz» nomi bilan ataladigan mahsulotning TIF TN bo’yicha kodini aniqlang. Masala 61 Savdo kontraktining bazis sharti: « Franko-zavod» (« ExW») bo’lib, «UzDEUAvto» kompaniyasi Eron firmasiga Texron shahriga Asakadan 140-ta yashchikda og’irligi 5tn. bo’lgan yengil avtomashinalarga ehtiyot qismlar yuboryapti. Tovar avtotransport bilan «UzDEUAvto» kompaniyasining Asakadagi omboridan Eron firmasiga Texron shahridagi omboriga yetkaziladi. Savollar: Kelishuvning amalga oshirish sxemasini aniqlang. Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish havfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? Sotuvchi va oluvchi majburiyatlari kontrakt bo’yicha qanday taqsimlanadi? Qaysi tomon yukni Eronda bojxona rasmiylashtiruvlardan o’tkazish harajatlarini o’z zimmasiga oladi? Masala 62 Toshkentdagi «Globus» kichik korxonasi Germaniyaning Berlin shahridagi kompaniyasiga CI’ sharti bilan 15200 qutida, vazni 16 tn. bo’lgan quritilgan meva temir yo’l bilan yubormoqda. Savollar: 1. Kelishuvning amalga oshirish sxemasini aniqlang. 2.Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 3.Sotuvchi va oluvchi majburiyatlari kontrakt bo’yicha qanday taqsimlanadi? 4.Qaysi tomon yukni Germaniyada bojxona rasmiylashtiruvlardan o’tkazish xarajatlarini o’z zimmasiga oladi? Masala 63 Afg’onistonning Qobul shahrida joylashgan «Alg’pikor» kichik korxonasi Toshkentdagi «Kauchuk» kichik korxonasiga avtotransport bilan C’T sharti asosida 19,5 tn. yuk yetkazmoqda. Tashuv haqi yuk Toshkentdagi omborxonagacha yetkazilishi bilan to’langan. Savollar: 1. Kelishuvning amalga oshirish sxemasini aniqlang. 2.Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 3.Sotuvchi va oluvchi majburiyatlari kontrakt bo’yicha qanday taqsimlanadi? 4.Qaysi tomon yukni Toshkentda bojxona rasmiylashtiruvlardan o’tkazish xarajatlarini o’z zimmasiga oladi? Masala 64 Toshkentdagi «Farovon» savdo uyi Frantsiyaning Marselg’ shahridagi SA «Tekstilg’ Reyuni» korxonasiga 2 konteynerda brutto vazni 36 tn. bo’lgan yuk yubormoqda. Kontraktning bazis sharti «franko-tashuvchi ……..etkazish manzili»(FCA). Savollar: Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. Tomonlarning konteynerga yuklash bo’yicha majburiyatlari qanday taqsimlanadi? Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? Kimning xisobidan konteyner olinadi? Masala 65. Toshkentdagi motor zavodi Frantsiyaning Lion shahridagi SA «Sosg’ete Jeneralg’ D Elektrisite» korxonasiga «DD’» bazis sharti bilan dvigatellarning ehtiyot qismlardan iborat bo’lgan yuk yubormoqda. Savollar: 1.Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. 2.Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? 3.Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 4.Qaysi tomon yukni Frantsiyada bojxona rasmiylashtiruvlardan o’tkazish xarajatlarini o’z zimmasiga oladi? Masala 66. Germaniyaning Dyusselg’dorf shahridagi «Myuller GmBH» korxonasi Toshkent traktor zavodiga CIF sharti bilan elektrodlardan iborat bo’lgan 22 qutiga joylashshtirilgan brutto vazni 15.5 tn yuk jo’natmoqda. Tashuv temir yo’l bilan Toshkent tovar stantsiyasigacha to’langan sharti bilan bajarilmoqda. Savollar: 1.Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. 2.Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? 3.Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 4. Yukni yuklash va yuk tushirish operatsiyalari kimning zimmasida bo’ladi? Masala 67. Kiprdagi Larnaka shahridagi «SA Cy’rus» korxonasi Toshkent to’qimachilik kombinati bilan kelishuv asosida undan bo’yalgan chit gazmolini «FAS…rort Istanbul» sharti bilan sotib oldi.. Savollar: Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? Yukni yuklash va yuk tushirish operatsiyalari kimning zimmasida bo’ladi? Asosiy tashuv kimning hisobidan amalga oshiriladi? Tovarning umumiy qiymatiga qaysi tashil etuvchilar kiradi Masala 68. Kanadaning Monreal shahridagi «Watson Co Ltd» korxonasi Eronning «Parizod» savdo firmasi bilan kelishuv asosida undan 400 yashiklarga joylashtirilgan brutto-vazni 400tn. bo’lgan yangi uzilgan apelg’sinlarni «FOB…rort Bandar Abbas » sharti bilan sotib oldi.. Savollar: Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? Qaerda tovarni buzilishi yoki unga tasodifiy putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 4. Yuk yuklash va yuk tushirish operatsiyalari kimning zimmasida bo’ladi? 5. Asosiy tashuv kimning xisobidan amalga oshiriladi? Masala 69. Toshkentdagi TAPO ishlab chiqarish birlashmasi Frantsiyaning Tulon shahridagi SA «Sosg’ete Jeneralg’» korxonasidan «CFR» bazis sharti bilan uskunalarning ehtiyot qismlardan iborat bo’lgan yuk sotib olmoqda. Savollar: 1.Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. 2.Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? 3.Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 4.Qaysi tomon yukni Frantsiyada bojxona rasmiylashtiruvlardan o’tkazish xarajatlarini o’z zimmasiga oladi? Masala 70. Toshkentdagi «Jurabek» firmasi Frantsiyaning Ruan shahridagi «SA Ron Pulenk» korxonasidan «DDU» bazis sharti bilan dorilardan iborat bo’lgan yuk sotib olmoqda. Savollar: 1.Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. 2.Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? 3.Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 4.Qaysi tomon yukni Frantsiyada va O’zbekistonda bojxona rasmiylashtiruvlardan o’tkazish xarajatlarini o’z zimmasiga oladi? Masala 71. Toshkentdagi «Uzinterimpeks» firmasi Irlandiyaning Dublin shahridagi to’qimachilik korxonasiga «DES» bazis sharti bilan tozalangan paxta tolasining toylaridan iborat bo’lgan yukni yubormoqda. Savollar: 1.Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. 2.Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? 3.Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 4.Qaysi tomon yukni Irlandiyada va O’zbekistonda bojxona rasmiylashtiruvlardan o’tkazish xarajatlarini o’z zimmasiga oladi? Masala 72. Germaniyaning SHtutgart shahrida joylashgan «Bayer AG» korporatsiyasi Rossiyaning Barnaul shahrida joylashgan «Ximvolokno» korxonasiga ikki tomon imzolagan kontrakt asosida har xil ximikatlardan iborat bo’lgan yukni “ DEQ……..’ort St. ‘etersburg” bazis sharti bilan yuboradi. Savollar: 1. Kelishuvning to’g’ri bo’lgan sxemasini aniqlang. 2.Tomonlarning majburiyatlari qanday ular o’rtasida taqsimlanadi? 3. Qaerda tovarni buzilishi yoki unga putur yetkazish xavfi sotuvchidan oluvchiga o’tadi? 4. Yuk yuklash va yuk tushirish operatsiyalari kimning zimmasida bo’ladi? 5.Asosiy tashuv kimning hisobidan amalga oshiriladi? 6.Tovarning umumiy qiymatiga qaysi tashkil etuvchilar kiradi? Masala 73 O’zbekistonning Toshkent shahrida joylashgan savdo kompaniyasi AQSHda tovuq tuyoqchalarining partiyasini sotib oldi. Savdo kontraktining shartlari bo’yicha amerikalik firma tovarni SIF Bandar-Abbos bazis sharti asosida yetkazib berish majburiyatini o’z zimmasiga oldi. Ammo, kontrakt tuzilgandan so’ng, tovarning narxiga uni Bandar-Abbosdan Toshkent shahrigacha yetkazish xarajatlar qiymatini kiritish lozimligini rossiyalik kompaniya xisobga olmagani ma’lum bo’ldi. Qilingan xisob-kitoblar shuni ko’rsatdiki, mazkur tovar Toshkent shahrida sotilganda, uning rakobatbardoshligi faqatgina uning Eron, Turkmaniston va O’zbekiston hududlarini bo’ylab amalga oshiriladigan tashuvi narxi 1kg. uchun 4-6 tsentni tashkil etilgandayoq tahminlanarkan. Temir yo’l avtotransport tashuvchilarning tariflari tekshirilganda, mazkur yo’nalish bo’yicha amaldagi tashuv narx-navolari kerakli narxlar darajasini tahminlay olmagani ma’lum bo’ldi. SHu bilan bir vaqtda, amerikalik kompaniya tovarni yetkazish bazisini va tovarning kontrakt narxini saqlagan holda, uni Bandar-Abbosga emas, balki dengiz bo’yi rayonidagi boshqa portga yetkazib berishga rozi bo’ldi. Savol: Hosil bo’lgan vaziyatdan kelib chiqqan xolda, mazkur tovar partiyasini Toshkent shahriga yetkazishning geografik yo’llarini aniqlab, unda transportning har xil turlaridan foydalanish imkoniyatlarini chamalab ko’ring. Masala 74. Samarqanddagi kompaniya Gollandiya firmasidan muntazam ravishda broylerlarni yetishtirish uchun tuxumlarni sotib olish taklifini oldi. Broylerlarni yetishtirish jarayoni sanoat usuli asosida tashkillashtirilib Samarkanddan 40km. masofada joylashgan tovuq fabrikasida amalga oshirish rejalangan edi. Gollandiya firmasi savdo kontrakti uchun “CFR Samarkand”bazis shartini taklif etdi va bunda sug’urta masalalarini ochiq qoldirdi. SHuni ham qayd qilish lozimki, broylerlarni yetishtirish uchun tuxumlar yetkazish bo’yicha kontraktlarning muxim shartlari ichida tashilgan tuxumlar sifatini zudlik bilan amalga oshiriladigan inspektsiyasi bo’lib, mazkur sifat darajasi aynan broylerlarni yetishtirish va rejalashtirilgan miqdorlarda tovuq go’shtini ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita o’z tahsirini ko’rsatadi. Gollandiya firmasi tovarni Samarqandgacha yuk avtotransporti bilan yetkazishni o’z zimmasiga oladi, ammo mazkur avtofurgonda na faqat tuxumlar partiyasi, balki u bilan birga boshqa turdagi yuk bo’lishini ma’lum qiladi. SHu bilan birga, tovar Samarqandga yetkazilib, bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilgandan so’ng, uni tovuq fabrikasiga alohida to’lov evaziga olib borib berishi mumkinligi qayd qilinadi. Kontrakt imzolangandan so’ng treyler tovar bilan Samarqandga keldi. Ammo hujjatlarga binoan unda tuxum partiyasi bilan birga boshqa firmaning apelg’sinlari ham bor edi. Bojxona hodimi ikkinchi firmaning vakili xozir emasligi sababini baxona qilib treylerni ochishdan voz kechdi va zudlik bilan amalga oshirilishi lozim bo’lgan inspektsiya bo’yicha ogohlantirishga munosabat bildirmadi. Ikkinchi firmaning yukini qabul qiladigan hodim esa joyida yo’k bo’lib, uning vazifasini bajaradigan boshqa hodim umuman topilmadi. Hosil bo’lgan vaziyatdan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni bajaring: Inkoterms-2000 bo’yicha qo’llangan bazisni mosligini aniqlang, va bunda boshqa bazisni taklif etishingiz mumkin bo’lib, o’z tanlovingizni asoslab bering; yukni sug’urtalash bo’yicha o’z takliflaringizni bering; tovarni sifati bo’yicha qabul qilib olish joyi va tartibini aniqlab bering; yukni yetkazish manzilgohiga tashib berilishi bo’yicha o’z takliflaringizni bering. Masala 75 Turkmaniston neftining eksporti bilan shug’ullanuvchi kompaniya uni Turkmanboshi portidan aralash ( daryo-dengizda) safar qiluvchi tanker-kemalarda (yuk ko’taruvchanligi 3-5ming tn.) olib yubormoqdalar. Mazkur yuk Kaspiy dengizi bilan Volga-Don tizimi orqali Ukrainaning Mariupolg’ portigacha yetkazib beriladi. Ammo bunday tashuvlarni amalga oshirishda firma Rossiya hududi bo’ylab tranzitni haqini to’lashiga to’g’ri keladi. Bunga qo’shimcha qilib shuni aytish joizki, Mariupolg’ portida, tashiladigan neftg’ va neftg’ mahsulotlari neftg’ saqlovchi rezervuar-idishlarga tushirilib, ularning ichida xorijiy kema-tankerlari kelib olib ketish vaqtigacha saqlanardi. SHunday qilib, firma mazkur tovar yetkazish sxemasiga binoan, Rossiya hududi bo’ylab tranzit to’lovidan tashqari Ukraina hududida neftni tranzit saqlash uchun qo’shimcha xarajat qilyapti. Tranzit saqlash xarajatlarini bartaraf qilish uchun, firma chet el kema tashuvlari kompaniyasi bilan kelishuv qilib,unga binoan Turkmanistondan neftg’ ortilgan kema kelish vaqtiga xorijiy kema Mariupolg’ portiga kelib, neftni bir kemadan ikkinchisiga kema uskunalaridan foydalanib o’tkazilardi. Hosil bo’lgan vaziyatdan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni bajaring: yuqorida tasvirlangan tashuv sxemasi oqilona tashkil etilishini mumkin bo’lgan yo’llarini taklif eting; siz qanday uylaysiz, firma o’z kontraktlari shartlarini bajarish va tovarlarni muntazam ravishda yetkazish uchun neftg’ tashuvchi kemalarni sotib olishi yoki uzoq muddatli arendaga olishi kerakmi? mazkur tashuv sxemasida savdo kontraktining bazis sharti quyidagi holatlarda qanday bo’lishi lozim: Yuk Mariupolg’ portida saqlangan holda; Yukni kemadan kemaga o’tkazib tashish holatida? Masala 76 «Metall Russia Ltd., Cy’rus» firmasi «Vatva Industrial, India» firmasi bilan 36 tn. rutil (TiO) kukunini «CIF Mumbay» bazis sharti asosida (Inkoterms-2000) yetkazish bo’yicha kontrakt tuzdi. Mazkur yetkazish bazis sharti bo’yicha sug’urta kontraktini tuzish majburiyat sotuvchi zimmasiga yuklangandir. SHuning uchun ham sotuvchi «Ingosstrax» sug’urta aktsiyadorlik jamiyatga va «Villis Faber end Dyuma Limited» Buyuk Britaniyadagi sug’urta brokeriga murojaat qilib, ulardan mazkur tashuv havf-xatarini baholab kotirovkasini amalga oshirib berishni iltimos qildi. Uzining sug’urta uchun yozilgan arizasida u quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatdi: «Mazkur ariza bilan sizlarga ma’lum qilamizki, bizning firma «Vatva Industrial, India» firmasi bilan 36 tn. rutil (TiO) kukunini, 2 kavatli polietilen qatlami mavjud bo’lgan qog’oz qoplarga joylashtilgan va palletlarga quyilib keyinchalik ikkita 20 futli konteynerlarga ortilgan holda, «CIF Mumbay» bazis sharti asosida (Inkoterms-2000) yetkazish bo’yicha kontrakt tuzdi. Mazkur yuklangan konteynerlar oldin temir yo’l transporti yordamida Ukrainaning Volg’nogorsk shahridan Odessa portigacha yetkazilib, keyinchalik dengiz kemasida (taxminan «Med Link» nomli 1976 yilda qurilgan kema) Nava SHeva, Mumbay, Hindiston portigacha yetkaziladi. Yuk tashuvining ekspeditsiyasini AO «Sovmortrans» Moskva amalga oshiradi. Uning yuk egasi oldidagi mahsuliyati “TT Club, Through Trans’ort Mutual Service (UK) Ltd., London”da sug’urtalangandir. Yukning invoys bo’yicha qiymati (SIF Mumbay) 36 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida bizga yo’ldagi barcha xavf-xatarlardan sug’urta qilishda sug’urta premiyasining stavkasining qiymatini yetkazib berishingizni so’raymiz. Hurmat bilan Metall Russia Ltd.,» Bu yozilgan arizaga javoban «Metall Russia Ltd., Cy’rus» ikkita yuqorida qayd qilingan sug’urta tashkilotlardan 2 taklif bilan mazkur sug’urta tashkilotlar yukni London Sug’urta qiluvchilarning Birlashmasi Qoidalarining shartlari asosida sug’urtalashga tayyorliklarini izxor qilishdi. Savollar: Sug’urta qiluvchi o’zining xatida qaysi muhim bo’lgan ma’lumotni noaniq bergan? Agar savdo kontraktida bazis sharti SIF Mumbay qayd qilinib unda hech qanday qo’shimcha shartlar ko’rsatilmagan bo’lsa, sug’urta kelishuvi qaysi shartlar qayd qilgan holda imzolanishi mumkin? Savdo kontraktida sug’urta bo’yicha qanday masalalar ko’rsatilishi lozim? Qaysi turdagi qo’shimcha xavf-xatarlardan va kimning hisobidan sotuvchi oluvchi iltimosiga binoan yukni sug’urtalanishini tahminlashi lozim? Mazkur kontrakt bo’yicha sug’urta summasining maksimal qiymati qancha? Ingosstrax sug’urta shartlarida franshiza bormi? Masala 77. Toshkentdagi «Jurabek» dorixona-firmasi Frantsiyaning «Ron Pulenk» firmasi bilan umumiy vazni 18,5 tn. bo’lgan yukni tashkil qilgan bir qator dorilarni xarid qilish bo’yicha kontrakt tuzdi. Uning bazis sharti sifatida “DAF…….Strasburg” tanlandi. Mazkur bazis sharti bo’yicha sotuvchi «Ron Pulenk» firmasi tovarni o’zining avtotransport vositasida Germaniya va Frantsiyaning chegarasida joylashgan Strasburg shahridagi avtoterminalga yetkazib berib u yerda «Jurabek» firmasi tayinlagan Qozog’iston-Germaniya qo’shma avtotransport korxonasi vakiliga topshirib, o’zining majburiyatini bajardi. Yo’lni keyingi qismini yuk mazkur korxonaning avtotransport vositasida TIR konventsiyasi ostida tashilib Toshkentga yetkazilib olib kelindi. Ammo, Toshkentda yukxonani ochib yukni tekshirish jarayonida quyidagilar ma’lum bo’ldi: Yukxonaga qo’yilgan plombalarning raqami karnetdagi ko’rsatilgan raqamlar bilan mos emasligi; Yukxona ochilgandan so’ng tovarga jiddiy zarar yetkazilgani va shu bilan 54 ming AQSH dollari mikdorida firma manfaatiga putur yetkazilganligi; Avtomashina kerakli bo’lgan TIR Sertifikatiga egaligi; Avtomashina Belorussiyaning «Bug» chegara o’tish joyida. Belorussiya bojxonachilari tomonidan to’xtatilib, hech qanday asossiz va tegishli hujjatlar rasmiylashtirmagan xolda, yukxonasi ochilib yukni ko’rikdan o’tkazganligi. Hosil bo’lgan vaziyatni ko’rib chiqib, quyidagi vazifalarni bajaring: Yuqorida tasvirlangan vaziyatda TIR tashuvlarining qaysi tartib va qoidalari buzilgan? TIR tashuvlarida tovar uchun mahsuliyat miqdori va uni qoplash tartibi qanday? Tashuv sxemasining tahlil qilib uni oqilona tashkil etish yo’lini taklif eting; TIR konventsiyasiga binoan uning ostida tashilayotgan yuklarning yukxonani ochib tekshirishni rasmiy tartibi qanday? TIR tashuvini amalga oshirayotgan avtomashinaning yukxonasini ochishda qanday rasmiy xarakatlarni amalga oshirish lozim? Mazkur halqaro tashuvni bajaraetgada qanday hujjatlar mavjud bo’lishi lozim? TIR karnetidan foydalanish tartibi qanday? Qaysi halqaro tashkilot TIR tizimining kafolatchisi? Qaysi turdagi yuklar TIR tizimida tashiladi? TIR tashuvini bajarayotgan avtomashina yo’l hodisasiga uchraganda va yukxonasi ochilib tovarga zarar yetkazilganda qanday xarakatlar qilinishi lozim? Masala 78 Qarshidagi korxona Koreyada kompg’yuterlar partiyasini «SIF Toshkent» bazis sharti bilan xarid qildi. Savollar: tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? tovarni O’zbekiston chegarasidan o’tkazishda qanday bojxona to’lovlari undiriladi? kontraktning bazis sharti to’g’ri tanlanganmi? tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi? Masala 79 Rossiyadagi Voronej shahrida joylashgan korxona 35 tn. metall simni Germaniyaning Gamburg shahridan 150 km. masofada joylashgan nemis firmasiga sotdi. Tuzilgan kontrakt bazisi DD’ bo’lib, unda rus korxonasi tovar tashuvini avtotransport bilan manzilgohga yetkazib berish majburiyatini o’z zimmasiga oldi. Savollar: tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? tovarni Rossiya chegarasidan o’tkazishda qanday bojxona to’lovlari va kimning hisobidan undiriladi? kontraktning bazis sharti to’g’ri tanlanganmi? Agar noto’g’ri bo’lsa, siz qanday bazis shartini tanlagan bo’lardingiz? Tanlovingizni asoslab bering. tashuvga sarflangan harajatlar ortiqcha emasmi? tashuvda qanday transport turlarini qo’llash mumkin? Masala 80 Buxoroda joylashgan korxona ayollar velosipedlarining kichik partiyasini SHri Lankadagi firmaga “FCA……air’ort Tashkent” bazis sharti, Toshkent aeroportiga yetkazib berish sharti bilan sotdi. SHu bilan birga, Buxorodagi firma yukni Toshkent aeroportidan Kolombo aeroportigacha tashuv haqini to’ladi. Savollar: tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? Buxoro firmasining xarakatlarini xatoliligi nimada? tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi? tashuvda qanday transport turlarini qo’llash mumkin? kontraktning bazis sharti to’g’ri tanlanganmi? Agar noto’g’ri bo’lsa, siz qanday bazis shartini tanlagan bo’lardingiz? Tanlovingizni asoslab bering. Masala 81 Germaniya firmasi va Qozog’iston kompaniyasi o’rtasida soya yog’ini Qozog’istonga yetkazish bo’yicha “ExW……Berlin”(Markaziy ombor) bazis sharti bo’yicha kontrakt tuzildi. Uning oldindan kelishilgan transport shartlariga binoan tovarni yetkazish jarayonlari maxsus oluvchi tuzgan va tashuvdan 14 kun oldin sotuvchiga yetkazilgan yo’riqnomaga asoslanib amalga oshirilishi lozim edi. Bundan tashqari, tovarni sotuvchi, oluvchi tomonidan yetkazib berilgan, toza tsisternalarga yuklanishi lozim edi. Ammo, sotuvchi tomonidan tovar kelishilgan vaqtda yuborishga tayyorlangandan so’ng, tashuv tsisternalar vaqtida yetkazilmaganligi sababi bilan oluvchi aybi bilan amalga oshirilmadi. Savollar: kontraktning bazis sharti to’g’ri tanlanganmi? Agar noto’g’ri bo’lsa, siz qanday bazis shartini tanlagan bo’lardingiz? Tanlovingizni asoslab bering tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? tashuvda qanday transport turlarini qo’llash mumkin? Germaniyada va Qozog’istonda bojxona taomillarini bajarish vazifasi kimning zimmasiga tushadi? tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi? Masala 82 Rossiya korxonasi Ulg’yanovskdan Sudan davlatining Tripoli shahriga “Roll on roll off” kemalarida FOB Novorossiysk bazis sharti bilan avtomobillar yetkazib bermoqda. Savollar: tovar yuborilish tashuviga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi? tashuvda qanday transport turlarini qo’llash mumkin? kontraktning bazis sharti to’g’ri tanlanganmi? Agar noto’g’ri bo’lsa, siz qanday bazis shartini tanlagan bo’lardingiz? Tanlovingizni asoslab bering tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? tashuvda qanday transport turlarini qo’llash mumkin? Masala 83 Hindistonning Marmagoa portidan Yaponiyaning Osaka portiga bir vaqt ichida 50 tn. mahdan yetkazilib berilganda sotuvchi va oluvchi tomonlar o’z savdo kontraktida «CIF…….. Yukni tushirmasdan» bazis sharti qo’llanilgan edi. Savollar: kontraktning mazkur holatdagi qo’llanilgan transport shartining o’ziga xosligi qanday? kontraktning bazis sharti to’g’ri tanlanganmi? Agar noto’g’ri bo’lsa, siz qanday bazis shartini tanlagan bo’lardingiz? Tanlovingizni asoslab bering tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi? Masala 84 Savollar: Buyuk Britaniyaning poytahti Londondan Moskvaga «SRT…..tovar oluvchi ombori» bazis sharti bilan elektr asboblar partiyasini yetkazish bo’yicha kontrakt tuzilgan edi. kontraktning mazkur holatdagi qo’llanilgan transport shartining o’ziga xosligi qanday? tashuvda qanday transport turlarini qo’llanishi mumkin? tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi? Masala 85 Rossiyadagi ishlab chiqarish korxonasi Novorossiysk portidan Gretsiyaning Soloniki portiga metall quvurlardan iborat bo’lgan yukni savdo kontrakti bo’yicha bazis sharti «FOB……joylashtirish bilan, Novorossiysk» asosida yukni yetkazimoqdalar. Savollar: tomonlarning kontrakt bo’yicha majburiyatlari qanday? kontraktning mazkur holatdagi qo’llanilgan transport shartining o’ziga xosligi qanday? Quriladigan transport operatsiyalarga qilinadigan xarajatlar va xavf-xatarlar taqsimotlari sotuvchi va oluvchi o’rtasida qanday taqsimlanadilar? Kontraktning transport shartlari qanday bulishlari lozim? Masala 86 Og’ir yuklangan treyler O’zbekiston chegarasiga Qozog’iston xududiga kirib keldi va uning haydovchisi TIR trazit kitobchasi bilan birga SMR tovar-transport nakladnoyini taqdim etdi. Ularda yozilishicha, avtoulov yukxonasida Qozog’istonda istiqomat qilgan shaxsni Eronga ko’chish munosabati bilan uning uy buyumlari olib ketilmoqda ekan. Savollar: yuqoridagi holatda bojxona hodimlarining qiladigan keyingi harakatlari qanday bo’lishi lozim? qaysi hujjat turi ostida tashiladigan tovarlar turlari cheklangandir? bojxona hodimi avtoulovning yukxonasini ochishga haqlimi? mazkur hujjatlar ostida xavfli yuklarni tashish mumkinmi? Masala 87 O’zbekistondan Litvaga TIR kitobchasi va SOD to’lov sharti bilan katta yuk partiyasini olib ketayotgan avtoulov xaydovchisi, yo’ldagi chegaraviy nazorat amalga oshirish vaqtida, o’zining yukxonasida tasodifan hujjatlarda qayd qilinmagan xavfli yuk bo’lmish 100kg. simobni topib oldi va uni musodara qilinishi talabi bilan kimyo laboratoriyasiga topshirib yubordi. Avtoulov Kaunas shahridagi manzilgohga yetib borganda yukning egasi yukni qabul qilmadi va haydovchiga tashuv haqini to’lashdan bosh tortdi. Haydovchi tovar egasini sudga berib undan o’z haqini talab qildi. Sud o’z qarori bilan xaydovchini yuk egasiga simobni yoki uning qiymatiga teng nakd pulni to’lashini hukm etdi. Savollar: yuqoridagi holatda sud to’g’ri hukm chiqardimi? bunday holatlar qaysi yo’l bilan yechilishi lozim? haydovchi o’z huquqini qanday yo’l bilan himoya qilishi lozim edi? mazkur yuk qanday halqaro konventsiya ostida tashilishi kerak edi? TIR va SMR konventsiyalar ostida havfli yuk bo’lmish simob tashilishi mumkinmi? havfli yukni haydovchi yukxonada topgandan so’ng nima qilishi lozim edi? Masala 88 Yaponiyaning «Toyota» korporatsiyasi O’zbekiston hududiga may oyida Toshkentda tashkil etilayotgan halqaro ko’rgazma uchun, o’zining 8-ta yengil avtomashinalar modelini ATA karneti bo’yicha olib kirdi. Ammo, ularni keyingi yilning iyung’ oyida olib chiqishida faqatgina 7-ta yengil avtomashinani ko’rsatib, avtomashinani bittasi yo’l hodisasiga, uchrab yo’q qilingan baxonasini qildi. Savollar: yuqorida tasvirlangan holatda bojxona hodimi qanday xarakatlarni amalga oshirishi lozim? yukning egasi olib kirish va olib chiqish vaqtida qanday hujjatlarni takdim etishi kerak edi? mazkur holatda qanday bojxona to’lovlari undirilishi lozim? yuqoridagi holatda ATA kelishuvini qoidalari buzilganmi? Download 77.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling