Mahsulot birligiga sarflarni aniqlash uchun qilingan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo’linmaga) berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zahirasidagi (shu bo’linmadagi) mahsulotga xarajatlarni o’tkazish uchun bazadir. - Mahsulot birligiga sarflarni aniqlash uchun qilingan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo’linmaga) berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zahirasidagi (shu bo’linmadagi) mahsulotga xarajatlarni o’tkazish uchun bazadir.
- Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmaganda, ya’ni jarayonga kiritilgan barcha mahsulot birliklariga ma’lum davrda ishlov berish tugallangan bo’lganda hisoblar oson bo’lar edi. Amalda davr boshida (oxirida) mahsulotga ishlov berish qisman tugallangan hamda, tugallanmagan birliklarga ham taqsimlanishi kerak. Management Accounting for Business Decisions,2ndEdition, by Colin Drury, 2012 р.510
Bunda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida hamisha bo’ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi: - Bunda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida hamisha bo’ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi:
- 1. Mazkur hisobot davrida boshlangan va tugallangan buyumlarning umumiy miqdoriga va
- 2. Hisobot davri boshida va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish ustida bajarilgan ishlar aks ettiruvchi yig’masiga teng bo’ladi.
- Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish usulida bevosita material sarflar buyumni ishlab chiqarishga kiritish paytida amalga oshadi, bevosita mehnat xarajatlari va umumiy ishlab chiqarish sarflari ishlov berish xarajatlari deb atalgan guruhga birlashtiriladi hamda butun ishlab chiqarish bosqichi davomida baravar (bir maromda) taqsimlanadi. Shu sababli materiallar bo’yicha shartli birliklar ishlov berish bo’yicha shartli birliklar miqdoridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |