VI. Chorvachilik sohasida xo‘jalik yuritish faoliyatini tashkillashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish
71.
|
Chorvachilik xo‘jaliklarining kooperatsiya tuzishning afzalliklari to‘g‘risida xabardorligini oshirish, kooperatsiya maqsadini bozor munosabatlariga qaratish, resurslarni birlashtirish orqali yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
72.
|
Chorvachilik sohasida kooperatsiyalarni rivojlantiri� uchun tashkiliy asoslarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, ushbu boshqaruv shakli va tadbirkorlik yo‘nalishini bozor sharoitiga moslashtirish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
73.
|
Kooperatsiya doirasida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan yo‘nalishlarni ishlab chiqish hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarni ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda mustahkamlash choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-sentabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
74.
|
Kooperatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish orqali chorvachilik bilan band bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarini iste’molchilar ehtiyojiga qaratilgan tovar ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish, bunda chorvachilik mahsulotlarini yig‘ish, sotish, muvofiqlashtirish va mahsulotlar sifatini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-noyabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|