Ozbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanishi holati
Download 0.94 Mb.
|
1 2
Bog'liqmomin(elektron tijorat prezentatsiya)
Ozbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanishi holati. “Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo‘linadi: ➢ Chakana savdoni tashkil qilishbo‘yicha (biznes-iste’molchi, B2C); ➢ Biznes hamkor bilan aloqlar o‘rnatish (biznes-biznes, B2B); ➢ Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Elektron tijoratning o‘ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud: ➢ Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi; ➢ Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi; ➢ Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va global Internet rivojlanishining sezilarli o‘sishi inson hayotining turli sohalarida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron tijorat xozirgi vaqtda Internet jamiyatning kundalik hayotiga yuqori tezlik bilan kirib keldi va uning ajralmas qismiga aylanmoqda. Elektron tijorat termini juda keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘pgina ta’riflar berilgan. Keltirilgan ta’riflarni aksariyatida internet orqali amalga oshirilgan har qanday savdoga yoki tranzaksiyaga elektron tijorat deb aytiladi. Elektron tijorat deganda kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalari va bunday operatsiyalar bilan bog‘liq biznes jarayonlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot sohasi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham elektron tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan «Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladimuvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir». Elektron tijorat elektron to‘lovlarni amalga oshirish, mijozlar va yetkazib beruvchilarni qidirish, reklama tarqatish, internet ilovalari orqali tovarlarni sotib olish va sotish kabi ko‘plab biznes operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Elektron tijoratning ushbu turi o‘tgan asrning 60-yillarida paydo bo‘lganiga qaramay, so‘nggi o‘n yil ichida global o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Global axborotlashtirish va arzon raqamli gadjetlarning paydo bo‘lishi aholi sonining ortib borayotganiga elektron tijoratning tezkor imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Elektron tijoratning afzalliklari haqida quyidagilarni aytish mumkin: Vaqt va tirik mehnat xarajatlari bilan bog‘liq tranzaksiya xarajatlarining kamayishi; Xaridlarga, to‘lovlarga tezkor kirish, istalgan joydan va istalgan qulay vaqtda kirish imkoniyati; Xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; Ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati; Kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati; Xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; Hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati; Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Elektron tijoratning afzalliklari ko‘p: uydan chiqmasdan xarid qilish, qisqa vaqt ichida bir qator tematik saytlarda taklif etilayotgan tovarlarning keng ro‘yhati bilan tanishish va boshqalar. Elektron tijoratni qiyosiy jihatdan o‘rganib chiqish mamlakat elektron tijoratining holati, shuningdek, uning o‘ziga xos muammolari va xususiyatlarini tahlil qilish, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ishlab chiqishga imkon berdi va shuning natijasida quyidagilar taklif qilinmoqda: – tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning elektron shakllarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi aloqa va telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish; – elektron tijorat sohasidagi amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish, qonun loyihalari barcha manfaatdor shaxslar uchun ochiqligini, ko‘rib chiqish va mulohazalarni ta’minlash; – biznes uchun elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlovchi onlayn ilovalarni ishlab chiqish, shuningdek, mobil qurilmalar foydalanuvchilariga yo‘naltirilgan qidiruv tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish; – tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy internet va axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan tashkilotlarning elektron auksionlarda ishtirok etishi uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish; – mamlakat fuqarolari o‘rtasida elektron tijorat bo‘yicha savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini doimiy o‘tkazish; – mamlakat fuqarolari orasida naqdsiz to‘lov usullaridan foydalanishning afzalliklari haqida targ‘ibot ishlarini olib borish orqali elektron pul bozorini rivojlantirish va elektron hamyonlarni ommalashtirishga ko‘maklashish. Shunday qilib, elektron tijoratning O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri yaqin kelajakda doimiy ravishda oshib boradi, shuningdek, elektron tijorat davlat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat uchun infratuzilmani shakllantirish faol rivojlanmoqda. Shu bilan birga, aholi va tashkilotlarning elektron tijorat muhitiga jalb etilishi yetarli darajada emas: elektron tijorat operatsiyalari hajmi hozirda asosan faqatgina mahalliy bozor darajasida amalga shirilmoqda. Bugungi kunda Internet orqali savdoning asosiy yo‘nalishi iste’mol tovarlarini sotish va sotib olishdir. Noyob mahsulot, masalan, eski bronza haykalcha, siz «jonli» ni ko‘rishni va qo‘llaringiz bilan teginishni xohlaysiz. Ammo mobil telefonlar yoki komp’yuterlar kabi keng tarqalgan mahsulotlar ham borki, odamlar faqat vizual va texnik xususiyatlari uchun buyurtma berishga tayyor. Bularning barchasi O‘zbekistonda allaqachon ishlab chiqilmoqda. Mahalliy onlayn do‘konlarni tashkil etish darajasi doimiy ravishda oshib bormoqda. O‘z mahsulotlari yoki xizmatlarini sifat va vizual idrok etishning yuqori standartlariga javob beradigan onlayn do‘konlar soni ortib bormoqda. Bu bozorning turli segmentlarida raqobat darajasining oshishi bilan bog‘liq. Shu sababli, bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish uchun ishbilarmonlar doimiy ravishda o‘z bizneslarini rivojlantirishlari va shu bilan O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanishiga hissa qo‘shishlari kerak. Bugungi kunga kelib, onlayn do‘konlarni yaratish mahalliy onlayn biznesning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Texnologiyaning jadal rivojlanishi iste’molchilarning ushbu sohaga qiziqishining kutilmagan o‘sishiga olib keldi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling