O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yirik davlat sug‘urta kompaniyalari?
Download 20.74 Kb.
|
DMB 2-oraliq
16-variant O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yirik davlat sug‘urta kompaniyalari? Davlat byudjeti va byudjeti tizimini muvofiqlashtiruvchi asosiy me’yoriy xujjatlar? Xususiy korxonalarga tarif bering?
2. Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish, Davlat budjetini o‘rta muddatli davr uchun rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga muvofiq quyidagilar 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish; makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish; budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish; fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish; budjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash; budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash; budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. 3. Xususiy korxona Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi. Xususiy korxonaning firma nomi Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. Xususiy korxonaning bank hisobvaraqlari Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisobvaraqlari ochadi. Download 20.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling