O‘zbekiston Respublikasida G‘aznachilik tizimining tashkil etilishi tarixi to‘g‘risida
Download 22.2 Kb.
|
Tashkil etilishi tarixi
O‘zbekiston Respublikasida G‘aznachilik tizimining tashkil etilishi tarixi to‘g‘risida MA’LUMOT G‘aznachilikni tashkil etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-apreldagi 144-son qarori qabul qilinishi bilan boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004-yil 26-avgustda “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi G‘aznachilikning tashkil etilishida va Davlat byudetining g‘azna ijrosi joriy etilishida muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. G‘aznachilik Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy maqsadi kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish, ya’ni barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek Davlat budjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat. Davlat budjeti g‘azna ijrosining ayrim elementlarini tajriba shaklida joriy etish 2005-yil 1-iyundan boshlab Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida boshlangan. Budjetning g‘azna ijrosi elementlarini bosqichma-bosqich kengaytirish 6 mintaqada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari) 2006-yilda, qolgan mintaqalarda (Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida) 2007-yildan amalga oshirildi. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinishi mamlakatimizda G‘aznachilik tizimi rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqdi. Bunda, dastlab budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning tijorat banklarda ochilgan 14 mingdan ortiq budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari bank hisob raqamlarini yopish orqali budjet mablag‘lari g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan bo‘lsa, keyinchalik budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari to‘liq g‘azna ijrosi bilan qamrab olindi. Keyingi bosqichda ya’ni, 2012-yil 1-yanvardan boshlab Markaziy bankda ochilgan Yagona g‘azna hisob raqamini joriy etish orqali barcha mablag‘lar ushbu hitsob raqamda jamlandi. Buning natijasida to‘lovlarni amalga oshirish muddati keskin qisqardi, budjet mablag‘larini samarali boshqarish imkoniyati yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq G‘aznachilik tuzilmalarining vazifa va funksiyalari hamda majburiyatlari belgilangan tartibda bajarib kelmoqda. G‘aznachilik davlat siyosatini qo‘llab - quvvatlash uchun budjet mablag‘laridan maqbul foydalanish yo‘li bilan barcha budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun xarajatlarning kassa ijrosini o‘z vaqtida va maqsadli amalga oshiradi. G‘aznachilikning asosiy vazifalaridan biri budjet tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamg‘armalari budjetlarining mablag‘lari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishdir. Shu bilan birga, ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlaydi. Download 22.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling