O`zbekiston Respublikasida hayot faoliyat xavfsizligini ta`minlash sohasida qabul qilngan qonun va meyoriy hujjatlar tizmi Reja
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Download 55.1 Kb.
|
O`zbekiston Respublikasida hayot faoliyat xavfsizligini ta`minlash sohasida qabul qilngan qonun va meyoriy hujjatlar tizmi
6.Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra sayyoramizning 45 % aholisi, deyarli 3 mlrd inson jamiyatni moddiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlovchi dunyodagi ish kuchini tashkil etar ekan. O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish milliy obzori (kuzatish natijalari) 2016 yil sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizda mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshdagi aholi soni 19,6 mln.ni tashkil etib, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln nafardir. Ishlayotgan erkaklar 43 % yoki 8,7 mln, ayollar esa 47 % yoki 9,5 mln nafarni tashkil etmoqda. Iqtisodiyot sohalarida 14 196,3 ming kishi faoliyat yuritib, ulardan: sanoatda – 13,2% qishloq xo‘jaligida –29,1 % qurilish sohasida – 8,3% savdo-sotiq va umumiy ovqatlanish sohalarida – 8,9% transport va aloqa – 4,8% sog‘liqni saqlash va sport – 7,2% xalq ta’limi, fan va madaniyat – 13,5% uy-joy kommunal xo‘jaligida– 3,1% ni tashkil etmoqda. Ishlovchi aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan muhim vazifadir. Butun dunyo xamjamiyati bugungi kunda mavjud muammolardan biri, ya’ni ish joylarida sodir bo‘layotgan oqibati engil, og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz xodisalarni, kasb kasalliklarga chalinishni oldini olish va mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni kuchaytirishga qaratmoqda. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash profilaktika tadbirlarini qamrab oluvchi mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil qilingan. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi. Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir. Tizimning faoliyatini tashkil qilish borasida Davlat dasturlari asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida 20 ga yaqin asoslovchi va 227 tadan ziyod xodimlarning mehnatini muhofaza qilish qoidalari joriy qilingan. Respublikada joriy qilingan mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish va asbob uskunalarning jarohatlash xavfliligini aniqlash tartibiga muvofiq korxonalardagi mehnat sharoitlari o‘rganilgan holda noqulay mehnat sharoitlarda ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilmoqda. Bular yuqori tarif stavkalarda belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo‘shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-profilaktika oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar. Bugungi kunda 297 ming 561 nafar xodimlarga muntazam ravishda ushbu imtiyoz va kafolatlar belgilanib borilmoqda. 2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda imzolandi. 2016 yil 23 dekabrdan amalga kiritildi. Yangi tahrirdagi Qonun 36 ta moddadan iborat bo‘lib, uning normalari Respublikamizda yangi qabul qilingan qonunlar va xalqaro me’yoriy talablariga muvofiqlashtirildi, yangi normalar kiritildi hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan va bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan normalar chiqarildi. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida uning amal qilish sohasi ko‘rsatib berilgan. Ya’ni, ushbu Qonun: korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda ob’ektlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida ishga yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarga; ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga; tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga; sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga hamda ish beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. 4-moddada Qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar keltirilgan: Download 55.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling