O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirishning o`ziga xos xususiyatlari
Konstitutsiyaviy Qonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish
Download 37.59 Kb.
|
O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllanishi
Konstitutsiyaviy Qonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish
Konstitutsiyaviy Ќonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalarini o`zgartirishni, ularga ayrim qo`shimchalar kiritishni taqozo etadi. O`tish davrining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, qisqa vaqt davomida orttirilgan tajriba asosida birdaniga ikki palatali parlamentni shakllantirish ancha murakkab holatlarda kechadi. CHunki uzoq yillar parlamentchilik tajribasiga ega bo`lmagan deputatlar va fuqarolarning yangi parlamentni tashkil etish va uning faoliyatida bevosita va bilvosita ishtirok etishlari uchun ma’lum darajada siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirish talab etiladi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002 yil 12 dekabr) «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida» va «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy huquqiy asoslarini yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi “Qonunchilik palatasi” deb nomlandi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko`rsatishiga asoslanadi. Mazkur qonunga asosan Qonunchilik palatasining vakolat muddati besh yilga belgilandi. SHuningdek, saylov tsenzi ham demokratik davlat mezonlari asosida amalga oshirildi. YA’ni, yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo`lishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasida parlamentga saylanishda yosh va o`troqlik tsenzidan tashqari boshqa tsenzlarning o`rnatilmaganligi mamlakatimiz saylov huquqining ancha demokratik tabitga ega ekanligini ko`rsatadi. Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda muqaddam sudlangan kishilar garchi ularning sudlanganligi olib tashlangan bo`lsa-da, deputatlikka nomzod sifatida ko`rsatilishi mumkin emas. Bu bir tomonidan, to`g`ridek ko`rinadi. CHunki jinoiy o`tmishga ega bo`lgan kishilarning qonunchilik organidan joy olishi biroz shubhali tuyuladi. Ammo sudlanganligi olib tashlangan kishilarni ham saylanish huquqidan maxrum qilish shu davlatning jazoni o`tash tizimiga ishonchsizlikni ko`rsatadi. SHuningdek, ayrim mamlakatlarda davlat tilini bilish ham deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan eng asosiy talablardan biridir. SHuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasida yuqorida sanalgan tsenzlarning o`rnatilmaganligi, parlament tarkibiga turli millat vakillarining, turli qarashdagi insonlarning kira olishi imkoniyatini kengaytiradi. Qonunchilik palatasining vakolatlari ham fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etgan etuk xorijiy davlatlar tajribasi asosida belgilandi. SHuningdek, milliy an’analar, mamlakatdagi parlamentchilik tajribalari ham hisobga olindi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, O`zbekiston Respublikasi qonunlarni qabul qilish, ularga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish, O`zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash, O`zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O`zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash, boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish, O`zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo`li bilan tartibga solish, chegaralarni o`zgartirish, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish; O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari nomzodlarini ko`rib chiqish va tasdiqlash, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati e’lon qilish to`g`risidagi farmonini tasdiqlash; O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish to`g`risida qaror qabul qilish va boshqalar Qonunchilik palatasining Senat bilan birgalikdagi vakolatlari sifatida belgilandi. Parlamentning har ikki palatasiga yuqorida ko`rsatilgan vakolatlarning berilishi jahon parlamentarizmi tajribalariga asoslandi. AQSH, Јarbiy Evropa, YAponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston kabi mamlakatlardagi ikki palatali parlamentlar vakolatlari va ularni hayotda amal qilishi atroflicha o`rganildi. SHuningdek, milliy tajriba va milliy meros qadriyatlari ham e’tiborga olindi. Umuman, Konstitutsiyaviy Qonunlarda berilgan mazkur vakolatlar O`zbekistonda hokimiyatlar taqsimlanishini amalda ro`y berishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishi shubhasizdir. Lekin shu bilan birga Qonunchilik palatasi va Senatning ayrim mutlaq vakolatlari alohida moddalarda ifodalandi. Masalan, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga binoan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o`rinbosarlarini, qo`mitalarning raislari va ularning o`rinbosarlarini saylash, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish, Reglamentni hamda o`z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish kabi masalalar Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilandi. Albatta, quyi palataning mutlaq vakolatlarini Senatning mutlaq vakolatlariga nisbatan kamroq berilishi dastlabki yillarda uncha e’tibor berilmagan mintaqaviy manfaatlarni ifodalash va ularga e’tibor berishni yuqori darajaga ko`tarish, siyosiy partiyalar va fuqarolar tashabbuskor guruhlari nomzodlari asosida shakllanadigan kuchli umummilliy quyi alataga nisbatan yuqori palataning muvozanatini saqlashga intilishdir. Shu bilan birga, hozirgi o`tish davridagi jamiyat va davlat ichki va o`zaro munosabatlarining holati ham mazkur vakolatlar taqsimotiga o`z ta’sirini ko`rsatishi ham tabiiy bir holdir. Ko`rinib turibdiki, parlamentning quyi palatasiga doir qonunchilik ilg`or va etuk mamlakatlar tajribasi, parlamentarizm an’analari, shuningdek, milliy tajribada to`plangan mezonlarni e’tiborga olish asosida shakllandi. Mazkur palataning vakolatlaridan shu narsa ayonki, Qonunchilik palatasi umumilliy manfaatlar va irodalarni ifodalovchi palata sifatida shakllanadi. Quyi palata vakolatlari bilan Senat vakolatlarini hozirgi o`tish davridagi shart-sharoitlarni hisobga olgan holda muvozanatlashtirish natijasida har ikkala palata o`rtasidagi siyosiy tenglikni barqarorlashtirish, davlat hayotiga mansub masalalarni og`ir va vazminlik bilan bartaraf etish g`oyasi yotibdi. SHuningdek, parlament palatalari o`rtasidagi muvozanatni saqlash, har ikki palata manfaatlarini kelishtirish, parlamentning yagona milliy davlat organi sifatidagi funktsiyasini barqaror bajarishi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ikki palataning kelishuv komissiyasi tuzish va uning faoliyati haqida qonunning maxsus moddalari qabul qilindi. Ularga muvofiq, Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun har ikkala palata a’zolaridan teng sonli vakillardan iborat kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. SHu bilan birga, ilg`or xorijiy tajribalardan kelib chiqib, Senatga ijro hokimiyati vakolatlarining bir qismini berish, shuningdek, uning ijro hokimiyatini shakllantirishdagi o`rnini kuchaytirish mamlakat siyosiy tizimida nafaqat hokimiyatlar taqsimlanishini kafolatlaydi, balki har uch hokimiyatning bir-birlaridan mustaqil bo`lishlari uchun huquqiy asoslar yaratadi. Ayniqsa, Senatga ijro hokimiyati va sud hokimiyati tizimlari rahbarlarini shakllantirishga doir berilgan vakolatlar uning yuqori palata sifatida xalqaro mezonlar talablari asosida o`z vakolatlarini bajara olish qobiliyatiga ega bo`lishini ta’minlaydi. “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini saylash, Oliy xo`jalik sudini saylash, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining raisi va uning o`rinbosarlarini, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o`rinbosarlarini, O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisining, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish Senatning mutlaq vakolatlari sifatida belgilandi. Mazkur Konstitutsiyaviy Qonunlarda ijro hokimiyati organlari ustidan arlament nazoratini amalga oshirish maqsadida «Parlament so`rovi»ga doir moddalar kiritilgan. Albatta, bu qoida parlamentning qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida va ijro hokimiyati bilan muvozanatlashishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan printsiplardan biridir. CHunki huquqiy davlat printsiplaridan biri, bu – nafaqat ijro, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlarining bir-bir-birlaridan mustaqilligi, balki ularning o`zaro bir-birlarini oldida mas’ul bo`lishlari qoidasidir. O`zaro mas’ullikgina hokimiyatlar tengligini barqaror holda saqlaydi, biron-bir hokimiyatning boshqalari ustidan mutlaq nazorat o`rnatish yoki o`ziga bo`ysundirib olish imkoniyatini cheklaydi. Har uch hokimiyatning bir-birlarini u yoki bu tomondan nazorat etib turishi har bir mamlakatda avtoritarizm yoki totalitarizmning avj olib ketishiga yo`l qo`ymaydigan o`ziga xos kafolatdir. Parlamentning har ikkala palatasiga doir Konstitutsiyaviy Qonunlarning demokratik printsiplarga nafaqat asoslanishi, balki ularni yanada xalqchillashganligiga misol qilib, ulardagi yosh tsenzlarining tengligini keltirish mumkin. Qonunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi bo`lib saylanish uchun saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil mamlakat hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi da’vogarlik qilishi mumkin. Albatta, bu qoida jahondagi eng demokratik mezonlardan biridir. Masalan, AQSHda ham deputatlikka nomzod bo`lish huquqiga kamida etti yil AQSH fuqarosi bo`lgan, 25 yoshga to`lgan, saylov okrugi joylashgan shtatda yashayotgan fuqaro egadir. AQSH Senatiga saylanish uchun nomzod AQSHda kamida to`qqiz yil yashagan, 30 yoshga to`lgan, o`zi saylanayotgan shtatda yashayotgan fuqaro bo`lishi lozim. Evropadagi parlamentlarning quyi palatalari deputati bo`lib aylanishi uchun nomzod 25 yoshga to`lgan bo`lishi lozim. Lekin yuqori palatalarga saylanish uchun yosh tsenzlari 30-35 yoshga to`lishni talab etadi. Ammo shu o`rinda milliy xususiyatlarimizni e’tiborga olgan holda O`zbekistonda Senat deputatligiga yosh tsenzini yigirma beshdan o`ttizga o`tarish lozimligi haqidagi fikrni ilgari surmoqchimiz. Gap shundaki, o`zbek zaminida davlat va jamiyatni boshqarishga hamisha yoshi ulug` insonlar, xalq o`rtasida katta obro`-e’tibor qozongan kishilar jalb qilinganlar. SHuni alohida ta’kidlash joizki, milliy mentalitetimizdan kelib chiqadigan bo`lsak, yigirma besh yoshli kishilarning Senat a’zosi bo`lish imkoniyatlari nihoyatda kam. SHunday ekan, real voqelikdan kelib chiqqan holda, senatorlarning yoshi kamida o`ttiz yosh bo`lishini qonunda belgilab qo`yish maqsadga muvofiq. Qabul qilingan yangi Konstitutsiyaviy Qonunlarda qonunchilik tashabbusi bilan chiqishi mumkin bo`lgan davlat idoralari bilan bir qatorda ko`plab sub’ektlarga ham bu huquqlar berilganligi ijobiy holdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, o`z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog`iston Respublikasi, O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokuroriga qonunchilik tashabbusi huquqlarining berilganligi va ularning aksariyat qismi qonunchilik amaliyoti bilan doimiy shug`ullanuvchi organlardan iborat ekanligi qabul qilinajak qonunlarni pishiq, puxta, davlat va xalq manfaatlarini e’tiborga olish asosida bo`lishini ta’minlashi shubhasizdir. SHu o`rinda, bir qator mamlakatlarda mavjud bo`lgan lobbizm institute masalasiga ham to`xtalib o`tish lozim. Bugungi kunda respublikamiz jamotchiligida bosim guruhlari hisoblanmish “lobbizm” atamasining o`zi salbiy qabul qilinmoqda, unga parlamentning samarali ishlashiga to`sqinlik qiluvchi institut sifatida qaralmoqda. Bunga sabab shuki, yurtimiz uzoq yillar davomida shaxsiy va guruhiy manfaatlar inkor qilib kelingan totalitar tuzum ostida yashadi. Lobbizm ham ham “tor burjua manfaatlari ifodachisi” sifatida talqin qilib kelindi. Xo`sh, lobbizm o`zi nima u haqiqatdan ham biz o`ylaganchalik samarasiz siyosiy institutmi? Xalqaro miqyosda chop etiladigan “Milliy jurnal”da ta’kidlanishicha: “lobbizm o`ziga xos siyosiy institut bo`lib, uning yordamida fuqarolar, jamoat irlashmalari va tijorat tashkilotlari qonuniy ravishda siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir ko`rsatadilar. Lobbi guruhi bu – o`zining hodimlari (agentlari) orqali biror guruhning moddiy, ma’naviy, va boshqa manfaatlarini hioya qilish uchun qonun chiqarish jarayoniga ta’sir ko`rsatuvchi tashkilotdir”. Taniqli siyosatshunos G.Almondning fikricha, bosim guruhlari (lobbizm) ijtimoiy manfaatlarni namoyon etiishda muhim rol o`ynaydilar. SHu bilan ular siyosiy tizim va jamiyat a’zolari o`rtasidagi kommunikativ bo`g`in hisoblanadilar. Uning bu fikrlarini siyosiy tizimning mumtoz nazariyasi asoschisi D.Iston ham takrorlaydi. Uning uqtirishcha, bosim guruhlari va jamiyat manfaatlarini ifodalovchi boshqa institutlashgan uyushmalar jamiyat siyosiy ehtiyojlarini tayyor siyosiy talab shakliga aylantiruvchi oraliq mavqeni egallaydilar. Ushbu oraliq jamiyat va siyosiy tizimning “kirish” joyi o`rtasida bo`ladi3. Tarixiy taraqqiyot natijasida shu narsa ayon bo`ldiki, u yoki bu qonunning qabul qilinishi yoxud qabul qilinmasligidan manfaatdor bo`lgan siyosiy kuchlar hamiyasha mavjud bo`ladi. Bu kuchlar hamisha qarorlar qabul qilish jarayoniga o`z ta’sirini o`tkazishga harakat qiladilar. Lobbizm esa bu harakatlarning eng ko`p tarqalgan usuli bo`lib, uning mavjudligi turli noqonuniy yo`llar bilan parlament faoliyatiga ta’sir o`tkazishning oldini oladi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, lobbizm bugungi kunda ijtimoiy manfaatlarni uyg`unlashtirish va yuqoriga uzatish, siyosiy elitani shakllantirishga ta’sir ko`rsatish, jamiyatdan kelayotgan axborotlarni hokimiyatga uzatish kabi vazifalarni amalga oshirishi bilan siyosiy tizimning ajralmas qismiga aylangan. “Ko`plab demokratik siyosiy tizimlar amaliyotining ko`rsatishicha, - deb yozadi tadqiqotchi B.Sabirov, aynan lobbizm turli ijtimoiy guruhlar va hokimiyat idoralari o`rtasidagi munosabatlarning eng ko`p tarqalgan va eng samarali usulidir“. SHu bilan birga, qator olimlar lobbizmning ayrim salbiy jihatlarini ham sanab o`tadilar. Xususan, yashirin lobbizmning mavjud bo`lishi byudjet taqsimotiga, ustuvor yo`nalishlarga o`zщ ta’siri o`tkazib, davlat siyosatini amalga oshirishga xalal beradi, asosan, iqtisodiy jihatdan baquvvat guruhlarning manfaatlarini himoyalab, jamiyatda keskin tabaqalashuvni keltirib chiqaradi, davlat organlariga noqonuniy ravishda, ba’zan korruptsion usullar bilan ta’sir ko`rsatib, hokimiyatning zaiflashuvini keltirib chiqaradi. Bunday holatlarning oldini olishning eng samarali usuli bu - lobbizm instituti faoliyatini legallashtirishdir. Lobbizmning yashirin suratlarda namoyon bo`lishini ko`rib chiqishda Rossiya Federatsiyasi qonunchilik organlarining faoliyati misol bo`la oladi. Masalan, bir qator horijiy ekstpertlarning fikricha, RF Davlat Dumasining neft ishlab chiqarishga doir soliqlarni oshirish bo`yicha tashabbuslari aynan neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning Dumadagi lobbi agentlari tomonidan to`xtalib turilibdi. “²ukumat neft ishlab chiqirishga doir soliqlarni 3 millard AqSH dollari miqdorigacha ko`tarishni taklif qilganida, neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga qarashli lobbi guruhlari bu qonun loyihasini to`xtatib turishga erishgandilar”, deb yozadi AQSHda chop etiladigan Biznes-Vik jurnali. YOki RF Davlat Dumasining xavfsizlik masalalari qo`mitasi tomonidan “Rossiya qonunchiligidagi korruptsiya muammosi” mavzusida o`tkazilgan seminarda ham xuddi shu masala ko`tarilib unda shunday deyiladi: “Ba’zan qonun qabul qilish jarayonlariga g`arazli manfaatlarni ko`zlagana kuchlar o`z ta’sirini o`tkazmoqda. Bundan xulosa shuki, mamlakatda lobbizm to`g`risida hamda qonunlar qabul qilish jarayonlari to`g`risidagi qonunlarni qabul qilish lozim. Ushbu qonunlarning fuqarolar va hokimiyat o`rtasidagi munosabatlarni maksimal darajada tartibga solishiga erishish zarur”. Demak yuqoridagi misollardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, O`zbekiston Respublikasida parlamentning professional asosda faoliyat yuritishi lobbizm institutiga ham alohida e’tibor berishni talab etadi. YA’ni, agarda amaliyotda lobbizm institutiga ehtiyoj tug`iladigan bo`lsa, uning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqish lozim bo`ladi. CHunki lobbizm faoliyatining qonuniy asoslari yaratilmasa u yashirin holda faoliyat ko`rsatishi, ayrim tor guruhlar manfaatlariga xizsmat qilish mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida»gi va «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan O`zbekistonda ikki palatali parlament barpo etishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratildi. Huquqiy demokratik davlat uchun xos bo`lgan ikki palatali parlamentning huquqiy va siyosiy asoslarini ishlab chiqish va uni Oliy Majlisning qonun qabul qilish jarayonlarida yanada takomillashtirish natijalari ko`rsatdiki, O`zbekiston fuqarolik jamiyati sari qadam qo`ymoqda. Oliy qonun chiqaruvchi organ fuqarolarga, ularning ijtimoiy-siyosiy tashkilotlariga, umuman, jamiyatga yaqinlashib bormoqda. Kelgusida faoliyat yuritadigan ikki palatali parlament nafaqat jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalar, balki shu bilan birga, mintaqaviy manfaatlarni e’tiborga oluvchi, fuqarolarning irodalarini yanada kengroq ifodalovchi xalq minbariga aylanib bormoqda. SHu bilan birga, yangi parlament mamlakatdagi siyosiy partiyalarning shakllanish darajasini nihoyasiga etkazishda ham muhim ahamiyatga egaligiga shak-shubha yo`q. Parlamentning umumilliy palatasi - Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar va fuqarolarning tashabbus guruhlari tomonidan ko`rsatilgan nomzodlari asosida shakllanishi bilan qonunlarda nafaqat davlat manfaatlari, balki fuqarolarning turli ijtimoiy tabaqalarining tub manfaatlari ham ifodalanishiga erishiladi. SHu ma’no nuqtai nazaridan qaralganda, ikki palatali parlament barpo etish uchun boshlangan islohotlar «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» g`oyasining amaliyotdagi ifodalaridan biridir. Zero, kuchli jamiyatsiz kuchli davlat bo`lmaganidek, siyosiy hokimiyatlar demokratik qadriyatlar asosida taqsimlanmagan mamlakatda kuchli jamiyat ham bo`lishi mumkin emas. SHuning uchun ham davlat qurilishi va jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish sohasidagi hozirgi islohotlarning bosh yo`nalishi insonga, uning erki, sha’ni, qadr-qimmatini himoya etishga qaratilayotganligi bizning umumiy yo`limiz jahon hamjamiyatiga hamohang tarzda ekanligini ifodalaydi. Ilmiy tahlillar ko`rsatdiki, ikki palatali parlamentni shakllantirishga doir islohotlarning bosh yo`nalishi davlat qurilishi va jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish sohasidagi hozirgi islohotlarning tarkibiy qismi bo`lib, u asosan insonga, uning erki, sha’ni, qadr-qimmatini himoya etishga qaratilmoqda. Bu yo`l jahondagi demokratik tamoyillarga hamohang bo`lib, uning tarkibiy qismlaridan biriga aylanib bormoqda. Download 37.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling