O`zbekiston Respublikasida istimol qilinayotgan elektr energiyaning asosiy


Download 16.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2023
Hajmi16.32 Kb.
#1734838
Bog'liq
Issiqlik elektr stansiyalari



O`zbekiston Respublikasida istimol qilinayotgan elektr energiyaning asosiy 
84,6% ni issiqlik elektr stansiyalari tashkil qiladi. Hozirgi kunda yutimizda issiqlik 
elektr stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr energiya qiymati 11 749 
MVt ni tashkil qiladi. Shu jumladan shartli yoqilg`ining solishtirma sarfi 310 
gr/kVt.soat ni tashkil qilmoqda. Bunda yillik elektr energiya ishlab chiqarish 59,2 
mlrd.kVt.soat ni, yillik issiqlik energiyasini ishlab chiqarish 5,3 mln.Gkal ni tashkil 
qilmoqda. Yurtimiz hududida yashovchi har bir kishi boshiga yiliga 1691,43 
kVt.soatni tashkil qilmoqda. 
Hozirgi kunda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ga qarashli Issiqlik elektr 
stansiyalar soni 11 tani tashkil qiladi bulardan 8 tasi Issiqlik elektr stansiyalari(IES) 
va 3 tasi issiqlik elektr markazlariga(IEM) to`g`ri kelmoqda. 
Hozirgi kunda “Issiqlik elekr stansiyalari” AJ tarmog`ida o`rnatilgan elektr 
energiya quvvati: 
№ 
Tashkilot nomi 
O`rnatilgan
quvvati
(MVt) 
1. 
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalari 
3215 
2. 
Toshkent issiqlik elektr 
stansiyalari 
2230 
3. 
Yangi – Angerin issiqlik elektr 
stansiyalari 
2100 
4. 
Novoiy issiqlik elektr stansiyalari 
2070 
5. 
Talimarjon issiqlik elektr 
stansiyalari 
1700 


6. 
Taxiatosh issiqlik elektr 
stansiyalari 
1190 
7. 
To`raqorg`on issiqlik elektr 
stansiyalari 
900 
8. 
Angerin issiqlik elektr stansiyalari 
634 
9. 
Farg`ona issiqlik elektr markazi 
329 
10. 
Muborak issiqlik elektr markazi 
60 
11. 
Toshkent issiqlik elektr markazi 
57 
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ kelajakda rejalashtirilgan ishlari miqyosidagi 
kesimlar: 
1. 2019 – 2023 yillarga “Toshkent issiqlik elektr markazi” AJ da ikkita gaz 
turbine qurilmalari qurish rejalashtirilgan bo`lib uning qiymati qariyb 109,24 mln 
dollorni tashkil qiladi buning natijasida yillik elektr energiya ishlab chiqarish 611 
mln. Kv.soatga oshadi ya’ni xar biring quvvati 32 MVt dan bo`lib ikkala gaz turbine 
qurilmasi jami bo`lib 64 MVt bo`lishi kutilmoqda buning natijasida yoqilg`ini yiliga 
219 mln m
3
gaz tejab qolish imkonini beradi. 
2. 2019 – 2024 yillarda esa “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ da 
navbatdagi ikkita bug` – gaz qurilmalarini qurish rejalashtirilgan bo`lib uning 
qiymati qariyb 944.87 mln dollorni tashkil qiladi. Ikkita bug` - gaz qurilmasidan 
ko`zlangan maqsat yillik elektr energiyasini 7200 mln.kV.soat ga oshadi ya’ni xar 
biring quvvati 450 MVt dan bo`lib ikkala bug` – gaz turbina qurilmasi jami bo`lib 
900 MVt bo`lishi kutilmoqda buning natijasida yoqilg`ini yiliga 520 mln m
3
gaz 
tejab qolish imkonini beradi


3. 2020 – 2024 yillarda esa “Novoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ da 
navbatdagi uchunchi bug` – gaz qurilmasini qurish rejalashtirilgan bo`lib uning 
qiymati qaryib 786,7 mln dollorni tashkil qiladi. Bug` - gaz qurilmasidan ko`zlangan 
maqsat yillik elektr energiyasini 4800 mln.kV.soat ga oshadi ya’ni quvvati 650 MVt 
bo`lishi kutilmoqda buning natijasida yoqilg`ini yiliga 930 mln m
3
gaz tejab qolish 
imkonini beradi. 
4. 2022 – 2024 yillarda esa “Novoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ da 
navbatdagi to`rtinchi bug` – gaz qurilmasini qurish rejalashtirilgan bo`lib uning 
qiymati qaryib 630 mln dollorni tashkil qiladi. Bug` - gaz qurilmasidan ko`zlangan 
maqsat yillik elektr energiyasini 4800 mln.kV.soat oshadi ya’ni quvvati 650 MVt 
bo`lishi kutilmoqda buning natijasida yoqilg`ini yiliga 930 mln m
3
gaz tejab qolish 
imkonini beradi. 

Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling