O’zbekiston respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va ularning ahamiyati reja


Download 45.23 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi45.23 Kb.
#1548198
  1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy sh. daromad soliqqa tortish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR VA ULARNING AHAMIYATI

Reja:



1. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi
2. Jismoniy shaxslar to’laydigan umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar.
3. Jismoniy shaxslar to’laydigan to‘g‘ri va egri soliqlarning tarkibi va ularning budjet daromadlaridagi ahamiyati.
4. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchilar faoliyatiga oid dasturiy mahsullarni mohiyati va ahamiyati.
5.Soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to’lovchilarning huquq va majburiyatlari
Tayanch so’zlar: Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yuridik shaxs maqomi, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlat budjeti daromadlari.

1. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar tizimini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar asosan budjetga naqd pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o‘z daromadlaridan, molmulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig‘imlar to‘laydilar. Jismoniy shaxsning huquq layoqati-bu fuqarolik huquqlari, burshlariga ega bo‘lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 - yoshda, ya’ni fuqaro balog‘at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda). Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo‘lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo‘naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‘ra ularning tasniflanishidir. 12 Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funktsiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat budjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishi uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to‘g‘ri va egri soliqlar guruhlariga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o‘tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbaiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajartib o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz. Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz. Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo‘linadi: 1.Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi. 2.Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat. 3.Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho‘jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to‘lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to‘lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi (yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqalar). Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin: 1.Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, transport 13 vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari. 2.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar. 3.Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar. 4.Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: foyda solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.


Download 45.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling