- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
- Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida
- (yangi tahriri)
- 8 BOB 47 MODDA
- 1-bob. Umumiy qoidalar
- 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
- Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
- 2-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchilik
- Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
- Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
- 3-modda. Asosiy tushunchalar
- Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
jismoniy reabilitatsiya — odam organizmining buzilgan yoki vaqtincha yo‘qotilgan funksiyalarini hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish); - jismoniy reabilitatsiya — odam organizmining buzilgan yoki vaqtincha yo‘qotilgan funksiyalarini hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlarini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish);
- jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan qismi;
- jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
- jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi — o‘z tashabbusi bilan jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri o‘tkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda o‘tkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
- jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshooti — ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga qo‘yiladigan norma va talablarga javob beradigan yopiq yoki ochiq tipdagi inshoot;
Do'stlaringiz bilan baham: |