- sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalarini berish tartibini tasdiqlaydi;
- trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
- qabul qilib olishda va sport musobaqalari o‘tkazilishidan oldin jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish yoki sport inshootlarining belgilangan standartlarga muvofiqligini tekshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning yaqin zaxirasini tasdiqlaydi, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini jamlaydi, ularning tayyorgarlik ko‘rishini hamda xalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlaydi; - O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning yaqin zaxirasini tasdiqlaydi, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini jamlaydi, ularning tayyorgarlik ko‘rishini hamda xalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlaydi;
- sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etadi hamda o‘tkazadi, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
- jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport uchun mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarilishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
- yangi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari qurilishini hamda ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar tayyorlanishi va nashr etilishini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida foto- va videomateriallar chiqarilishini tashkil etadi; - jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy, o‘quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar tayyorlanishi va nashr etilishini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida foto- va videomateriallar chiqarilishini tashkil etadi;
- davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari ommalashtirilishini tashkil etadi;
- jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
- Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |