bolalarga sportga muhabbatni singdirish, o‘sib kelayotgan avlodda sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish muhimligi tushunchasini shakllantirish, bolalarni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga va zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi; - bolalarga sportga muhabbatni singdirish, o‘sib kelayotgan avlodda sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, jismoniy va ma’naviy komillikka intilish muhimligi tushunchasini shakllantirish, bolalarni salbiy ta’sirlardan himoya qilishga va zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi;
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- bolalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, bolalarning jinsi va yoshiga qarab ularga sport ko‘nikmalarini singdirishning, sportga qobiliyatli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga ko‘maklashishni tashkil etadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari - 12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadbirlarning mahalliy budjetdan moliyalashtirilishini ta’minlaydi;
- jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarini tashkil etishga ko‘maklashadi hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
- aholi o‘rtasida sport normativlarini topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
- ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda o‘tkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
- tegishli hududda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
havaskorlik jismoniy tarbiya-sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida shart-sharoitlar yaratadi; - havaskorlik jismoniy tarbiya-sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida shart-sharoitlar yaratadi;
- jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport uchun mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarilishini tashkil etishga ko‘maklashadi.
- Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |