O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Download 21.56 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.56 Kb.
#1036728
  1   2   3

O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati

Annotatsiya: ushbu maqolada mamlakatimiz aholisini kambag’allikdan qutqarishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, bunda nimalarga e’tibor berish kerakligi va boshqa yechimlar haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: kambag’allik, ishsizlik, daromad.


Kirish. Bugungi kunda dunyo jadallik bilan rivojlanayotgan bir davrda dunyoning barcha mamlakatlarida aholining faravon yashashi, turmush darajasining oshishi, kambag’allikni maksimum darajada qisqartirish va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash asosiy maqsadga aylanib ulgurgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratildi. Ammo aholining ma’lum bir qismi kambag’al ekanligi yashirib kelindi. 2017-yildan boshlangan islohotlar esa “Inson manfaatlari har narsadan ustun” tamoyiliga asoslangan holda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha bo’lgan davrda Barqaror rivojlanish dasturining “hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyili bilan hamohangdir. Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda kambag’allikka qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishildi. Kambag’allik darajasi 2000-yildan beri ikki barobarga kamayib, 2000-yildagi 28% dan 2019-yilda 11% ga tushdi. Shu bilan birga hududiy tengsizlik saqlanib qolmoqda va hatto yildan-yilga oshib bormoqda.[1] Kambag’allikni qisqartirishning ijtimoiy ahamiyati aholining turmush darajasi oshishi, iqtisodiy imkoniyatlari kengayishi – tibbiy xizmatlar sifati oshishi va undan barcha foydalanishi, ularning o’zlari xohlagan paytda madaniy hordiq chiqarish bozor iqtisodiyotining yanada rivojlanishidir.
Mamlakatimizda kambag’allikni kamaytirish bo’yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. Bunda xorij tajribalarini o’zimizning milliy urf-odatlarga moslashtirib, undan oqilona foydalanish muhim rol o’ynamoqda. Shulardan biri Xitoy tajribasidir. Xitoyda kambag’allikka qarshi kurashishda davlat boshqaruv aparati xodimlaridan jami 2,9 million davlat xizmatchilari kambag’al, qashshoqlarning shart-sharoitlarini o’rganishga yo’naltirilgan. Natijada 800 million fuqaro kambag’allikdan chiqarilib, Xitoyda kambag’allik darajasining 94% ga qisqarishiga olib keldi, “Xitoyning kambag’allikni kamaytirish bo’yicha tajribasi O’zbekiston uchun kambag’allikni kamaytirish bo’yicha eng samarali yo’l hisoblanadi deya ta’kidlaydi”, sinology falsafa doktori Ismat Begmurodov. Uning fikricha, Xitoyda kambag’allikni kamaytirish bo’yicha “ 2021-yilgacha faravon jamiyat qurish to’g’risi”dagi konsepsiyasini amalga oshirish muhim ro’l o’ynaydi. Mazkur hujjatda belgilangan o’ziga xos “yo’l xaritasi”ni O’zbekistonda ham qo’llash mumkin. Ekspert Xitoyda kambag’allikni kamaytirish bo’yicha ko’rilayotgan ayrim chora-tadbirlar haqida so’z yuritdi. Jumladan, har bir rahbar yoki partiya xodimi xalqqa g’amxo’rlik qilishi va to’rt-beshta oilani o’z homiyligiga olishi kerak. Kam ta’minlanganlarga ijtimoiy nafaqalar o’rniga urug’lar, ko’chatlar, mikrokreditlar, axborot xizmatlari, texnologik yordam, mukofot va boshqa turdagi rag’batlanishlar ajratiladi. Aholiga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash va moliyaviy savodxonlik asoslari o’rgatiladi. Bundan tashqari, joylarda mahalliy chorvachilik, dehqonchilik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kurslar olib boriladi. Har bir oila a’zosi kamida bitta kasbni egallashi shart. Ekspertning so’zlariga ko’ra, muhtoj oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash uchun 100 ming yuan (14 ming AQSH dollari atrofida) miqdorida mablag’ ajratiladi. Mahalliy hokimiyat ko’magi bilan kam ta’minlangan oilalarda ta’mirlash ustaxonasi, fermer xo’jaligi yoki kichik ishlab chiqarish sexi tashkil etiladi. Aholining kam ta’minlangan qismiga ijtimoiy kafolatllar ta’lim, tibbiy xizmat va uy-joy beriladi. Shunday qilib, hukumat xalq bilan o’zaro ishonchli munosabat o’rnatdi va bu yo’nalishda ma’lum yutuqlarga erishdi, deydi falsafa doktori.[2]
Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda aholining ijtimoiy ahvolini o’rganish va ularga ijtimoiy ko’mak berish maqsadida “temir daftar” va mahallabay, xonadonbay ishlash tizimi yo’lga qo’yildi. Bu ehtiyojmand aholini to’g’ri aniqlash va ular bilan manzilli ishlashni tashkil etishga ko’maklashyapti. Yurtimizni kambag’allikdan qutqarish uchun avvalo ularga o’z mulkini yarata olishga yo’nalish berishimiz kerak. Aholining qo’liga pul berish kambag’allikdan qutulish uchun samarali yo’l hisoblanmaydi. Aksincha, aholini boqimandalik kayfiyatiga tushurib qo’yadi. Shu sababli aholi sharoitlarini hisobga olgan holda aholimizga o’z yerlaridan unumli foydalanish uchun qulayliklar yarata olsak, bundan tashqari tadbirkorlik sirlarini o’rgatishimiz ular uchun kichik tadbirkorlik faoliyatini yuritib bera olsak, ular o’z mulkiga ega bo’lar edi va yurtimizda kambag’allik bir muncha qisqargan bo’lar edi.

Download 21.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling