O‘zbekiston respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi ijro etuvchi apparati
Download 0.77 Mb.
|
kurs ishi Mahliyo
Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi ijro etuvchi apparati
Limon yetishririshning samaradorligini oshirish yo‘llari So‘nggi yillarda respublikada limonchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini isloh qilish, limonzorlar maydonini kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirish borasida izchil choralar amalga oshirilmoqda. Jumladan, respublikada 2018-2019-yillarda 46 mln aqsh dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari jalb qilinib, 730 gektar maydonda zamonaviy limonzorlar barpo etildi, limon yetishtiriladigan issiqxonalar umumiy maydoni 1 221 gektarga yetkazildi. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar asosida yangi, serhosil va jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan limon navlarini yaratishga yetarli e’tibor berilmayotganligi, sifatli axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatish talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi, kooperatsiya munosabatlari to‘liq shakllanmaganligi oqibatida sohadagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti. Respublikada limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, ilg‘or va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida: 1. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi va “limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasining: “limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi nomini “sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — uyushma) deb o‘zgartirish; tajriba tariqasida akademik m. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida uyushma ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy — amaliy markazini (keyingi o‘rinlarda — markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Markazning asosiy vazifalari quyidagilar ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: kooperatsiya shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish hamda mahsulot yetishtiruvchilarga yetkazish; sertifikatlangan va kafolatlangan limon ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha maxsus ko‘chatxonalarni tashkil etish hamda limon ko‘chatlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; mavjud issiqxonalarni modernizatsiya qilish hamda serhosil, eksportbop limon navlari kolleksiyasini va ko‘rgazmali limon plantatsiyalarini yaratish; sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, eksport va import mahsulotlarini sertifikatlash; sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, shuningdek, manzarali o‘simliklar, gullar va ko‘kalamzorlashtirish ekinlari ko‘chatlarini yetkazib berish; mahsulot ishlab chiqaruvchilarni mineral o‘g‘itlar va kimyoviy moddalar bilan ta’minlash; sitrus, subtropik va tropik o‘simliklarni qayta ishlash, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va xizmat ko‘rsatish; sohani rivojlantirish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar, fan va ishlab chiqarishdagi yutuqlar, yangiliklarga oid rolik va maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlash. Markaz faoliyati bank kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari, xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 2. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda: markazga akademik m. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidan bino va issiqxona uchun 12 gektar yer maydoni ajratilishini; uyushma, akademik m. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda xususiy sherik o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, iqtisodiyot va sanoat vazirligi, moliya vazirligi, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, uyushmaning 2020-yil 1-martdan boshlab limonzorlarni barpo etishning quyidagi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin: A) o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi: yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (ko‘chat navi va sifati, ekish sxemasi, issiqxonaga qo‘yiladigan talablar, resurs tejovchi texnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi; limonchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajriba va resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi; limonzorlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli resurslari va grant mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘radi; qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar) rahbarlari va limon yetishtiruvchilar uchun o‘quv-seminarlarni tashkil qiladi; sertifikatlangan va kafolatlangan limon ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha maxsus ko‘chatxonalarni tashkil etadi hamda limon ko‘chatlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatini muvofiqlashtiradi; B) qoraqalpog‘iston respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari: kooperatsiya (klaster) asosida ishlaydigan qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantiradi hamda ularga limon yetishtiruvchilarni biriktiradi; limonzorlar uchun talab qilingan yer maydonlarining qisqa muddatlarda ajratilishini va belgilangan standartlar asosida barpo qilinishini ta’minlaydi; V) qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar): limon yetishtiruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik asosida kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish bo‘yicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi; limonzorlarni barpo etadi va ularni lizing shartlari asosida uzoq muddatga tadbirkorlik subyektlariga beradi, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun mutaxassis ajratadi, ilmiy asoslangan agronomik tavsiyalar berib boradi; limon yetishtiruvchilar talabi asosida ularni limon ko‘chatlari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlaydi; soha olimlari va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilib, limon yetishtiruvchilarning malakasini oshirib boradi; G) mahsulot yetishtiruvchilar: Kooperatsiya talablari asosida limon ko‘chatlarining to‘liq ekilishini, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi; limonzorlarni barpo etish bo‘yicha xarajatlarning kelishilgan qismi bo‘yicha dastlabki to‘lovlarni amalga oshiradi; tuzilgan shartnomalarga muvofiq yetishtirilgan mahsulotlarning belgilangan vaqtda va sifatda yetkazib berilishini ta’minlaydi. 4. Quyidagilar: 2020-yilda qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlarda ishga tushadigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; 2021-2022-yillarda “turonbank” atb tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1a-ilovaga muvofiq; limon yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan hududlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilansinki: A) limonzorlar paxta va g‘alladan bo‘shagan hamda foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda barpo etiladi; yangi limonzorlar “har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan barpo etiladi; B) 2020-yil 1-martdan boshlab kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga: yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir sotixi uchun 300 ming so‘mdan oshmaydigan miqdori bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan; limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport (temir yo‘l va aviatsiya transporti) xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi. 6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga o‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi pq-4549-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi. 7. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: tijorat banklari bilan birgalikda limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining kamida 100 mln aqsh dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb etilishini; “turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining 100 mln aqsh dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalarini limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin. Moliya vazirligi hamda o‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “turonbank” atbga o‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilgan 357,8 mlrd so‘m ekvivalentidagi qoldiq mablag‘larni jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi va qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda limonchilik bo‘yicha 2020 — 2024-yillarga mo‘ljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirsin hamda ularning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin. Bunda, limon ko‘chatlarining issiqxona va ochiq maydonda parvarish qilinadigan yangi navlarini yaratish, onalik ko‘chatzorlarni tashkil etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kurashish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga alohida e’tibor qaratilsin. 9. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda akademik m. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga: bir oy muddatda limonchilikni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda resurs tejovchi texnologiyalarga asoslangan limonzorlarni barpo etish va parvarishlash, mahsulot yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish ikki oy muddatda limon ekish, parvarishlash, yetishtirish, hosilni yig‘ishtirib olish, qayta ishlash, saqlash, saralash va eksport qilish masalalari bo‘yicha fermer hamda dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va tadbirkorlik subyektlari uchun joylarda o‘quv-seminarlarini o‘tkazish; yetakchi xorijiy institutlar bilan limonchilikni rivojlantirish va ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy xodimlar va mutaxassislarning malakasini oshirish hamda tajriba almashish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin. 10. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti huzurida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha kichik innovatsion korxona tashkil etish choralarini ko‘rsin. Bunda, korxonaning asosiy vazifasi “fan-ta’lim-ishlab chiqarish”ning uzviy integratsiyasini ta’minlash, dars mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda amalga oshirish va talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ekanligiga e’tibor qaratilsin. 11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda universitetning 3-bosqich talabalari orasidan saralab olingan talabalar uchun sitrus, subtropik va tropik o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha zaruriy bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlovchi maxsus guruhlarni tashkil etsin. Bunda, o‘quv auditoriyalarini jihozlash, zamonaviy texnologiya vositalari bilan ta’minlash uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, homiylik mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlari grantlari hisobidan amalga oshiriladi. 12. “o‘zstandart” agentligiga xalqaro darajada tan olingan standartlar talablariga mos mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar, jumladan limon mahsulotlarini ushbu standartlar talablari asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish yuklatilsin. 13. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, fan va ishlab chiqarishdagi yutuqlarga oid maxsus ko‘rsatuvlarni muntazam namoyish etib borish yuklatilsin. 14. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi: qoraqalpog‘iston respublikasi vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari, uyushma bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020-yilda qo‘shimcha 2,5 ming gektar yer maydonida amalga oshiriladigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirsin; zarur hollarda, uyushma taklifiga asosan mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin. 15. O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida vazirlar mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin: O‘zbekiston respublikasi bosh vazirining maslahatchisi a.d. vaxabov, qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari sh.j. Teshayev — ushbu qaror ijrosining tashkil etilishini, 2020-yilda amalga oshiriladigan limonchilik yo‘nalishidagi loyihalarning tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va ishga tushirilishi, limonzorlar uchun ajratiladigan subsidiyalarning maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlasin; O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri j.a. xodjayev, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori n.e. najimov — davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish, sohada kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish choralarini ko‘rsin;. Ilmiy tadqiqot muassasalari va bir qator xoʼjaliklarning tajribalariga koʼra oʼzbekistonning sugʼoriladigan tumanlarida oʼsuv daraxti davrining uzoq davom etishi hamda foydali temperatura yigʼindisining koʼp boʼlishi limondan muttasil moʼl va sifatli meva olishi imkonini beradi. Limon sovuqqa unchalik chidamli emas, shu boisdan uni oʼzbekiston sharoitida faqat transhiyalarda, issiqxonada faqat sunʼiy sharoit yaratib oʼstirish mumkin. Garchi limonni issiqxonada oʼstirish uchun koʼp xarajat talab qilinsa hamki, uni transheyada oʼstirilganda har tup daraxtdan oʼrta hisobda 200-250 tagacha meva olish mumkin boʼlgan holda, issiqxonada oʼstirilganidan 400-500 tadan limon yetishtiriladi. Limondan muttasil moʼl hosil olish uchun talab qiladigan sharoitlardan biri oʼsish sharoitlarini nav talablariga mos keltirishdan iboratdir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling