O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


-bob. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish


Download 1.42 Mb.
bet15/22
Sana24.03.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1292957
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
528-sonli qaror

2-bob. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish
18. Ariza beruvchi quyidagilarni ilova qilgan holda ijrochiga qiyoslash o‘tkazish to‘g‘risida ariza beradi:
o‘lchash vositalari;
o‘lchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari.
19. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi va o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, qiyoslashdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ariza beruvchiga qiyoslash o‘tkazishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi.
O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun shartnomalarni elektron shaklda ham tuzish mumkin.
20. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish davomiyligi o‘n ish kunidan oshmasligi kerak, qiyoslashdan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno.
21. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan bo‘lsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
22. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 18-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi o‘z ihtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
23. O‘lchash vositalari qiyoslashdan:
statsionar qiyoslash laboratoriyalarida;
ko‘chma (mobil) qiyoslash laboratoriyalarida;
bevosita o‘lchash vositalari joylashgan joylarda, qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish, ko‘chma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
24. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazishda qiyoslash uchun mo‘ljallangan joy sharoiti qiyoslash usullarini tartibga soluvchi hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Foydalanish joyida o‘lchash vositalarini qiyoslash ariza beruvchining arizasiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy o‘lchash vositalari va yordamchi qurilmalari qiyoslash joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini ta’minlaydi.
25. Agar o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun ijrochi laboratoriyasida butun diapazon bo‘yicha qiyoslashning texnik imkoni mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchining yozma talabiga ko‘ra o‘lchash vositalarini qiyoslashni mumkin bo‘lgan diapazonda o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi.
26. O‘tkazilgan qiyoslash natijalariga ko‘ra o‘lchash vositalari qo‘llanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda ijrochi tomonidan o‘lchash vositalarini qiyoslash bayonnomasi tuziladi va uning asosida yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari uchun ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha va ishchi o‘lchash vositalari uchun 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarining qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi qiyoslash guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Bir turdagi bir nechta o‘lchash vositalariga bitta guvohnoma rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi, bunday hollarda o‘lchash vositalarining barcha ma’lumotlari (zavod raqami, parametr nomi, o‘lchash chegaralari, xatoliklar, aniqlik darajasi) qiyoslash guvohnomasiga ilovada ko‘rsatiladi.
27. Qiyoslash tamg‘asining izi o‘lchash vositalariga (yoki mahkamlovchi plombaga) va (yoki) o‘lchash vositalarining foydalanish hujjatlariga bosiladi.
28. O‘lchash vositalarining konstruksiya elementlariga va uni rostlash organlariga ruxsat berilmagan kirishning oldini olish maqsadida o‘lchash vositalarining maxsus joylari (plombalash joylari mavjud bo‘lganda) qiyoslovchi tomonidan plombalanadi.
29. O‘lchash vositalari qiyoslash natijalariga ko‘ra keyingi qo‘llanishga yaroqsiz deb tan olingan taqdirda, ijrochi tomonidan ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha o‘lchash vositalarining qo‘llanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beriladi, qiyoslash tamg‘asining izi esa bekor qilinadi.
30. Qo‘llanishga yaroqsiz deb topilgan o‘lchash vositalari ta’mirlangandan va texnik xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng takroriy qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘lchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling