O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida


Download 1.42 Mb.
bet17/22
Sana24.03.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1292957
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
528-sonli qaror

ariza beruvchi — sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan metrologiya xizmatlari;
sinov sharoitlari — sinovlar jarayonidagi ta’sir etuvchi omillar yoki obyektning ishlash rejimlarining majmui.
5. Sinov vositasi undan foydalanish sikli davomida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert metrologik attestatsiyadan, xususan:
birlamchi attestatsiya — ishlab chiqarishdan chiqarilgandan, import bo‘yicha olib kelingandan yoki ta’mirlashdan keyin, shuningdek, sinov vositalarini foydalanishga topshirishda va montajdan so‘ng foydalanishga tayyorlashda;
davriy attestatsiya — sinov vositalarining ekspluatatsiya hujjatlarida belgilangan interval vaqti tugaganda yoki uni birlamchi metrologik attestatsiyadan o‘tkazish paytida sinov vositalarining tavsiflari texnik hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida;
navbatdan tashqari attestatsiya — sinov vositalarining attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi plomba buzilganda, sinov vositasi metrologik attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qotilganda yoki sozlash ishlarini bajarish zarur bo‘lgan holda, shuningdek, sinov vositalarini uzoq muddat saqlashdan keyin foydalanishga topshirishda;
inspeksion attestatsiya — davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda sinov vositalarining foydalanish uchun yaroqliligini aniqlash zarur bo‘lgan holda;
ekspert attestatsiya — sinov vositalarining sozligi yoki ularning yaroqliligi, me’yorlangan texnik tavsiflarga muvofiqligi bo‘yicha munozarali masalalar yuzaga kelganda o‘tkaziladi.
6. Birlamchi metrologik attestatsiya jarayonida quyidagilar belgilanadi:
aniq turdagi mahsulotning sinov uslubiyotlari hujjatlarida belgilangan tashqi ta’sir etuvchi omillarni yoki sinov obyektining ish rejimlarini o‘ziday qayta tiklash imkoniyati;
sinov sharoitlari parametrlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablarida belgilangan ko‘rsatkichlardan og‘ishi;
xodimlarning xavfsizligini va atrof-muhitga zararli ta’sir mavjud emasligini ta’minlash;
davriy metrologik attestatsiya paytida tekshirilishi kerak bo‘lgan uskunalar tavsiflarining ro‘yxati, shuningdek, ularni qo‘llash usullari, vositalari va davriyligi.
Davriy attestatsiya sinov uskunalaridan foydalanish jarayonida, uning tavsiflarining sinov uslubiyotlarining hujjatlari va ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hajmda amalga oshiriladi.
7. Sinov vositalarini inspeksion va ekspert attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Sinov vositalarini ekspert attestatsiyadan o‘tkazish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoki sudning qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin.
8. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Inspeksion va ekspert attestatsiyadan o‘tkazish uchun haq shartnoma asosida manfaatdor tomon tomonidan to‘lanadi.
9. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
10. Sinov vositalarini birlamchi yoki davriy metrologik attestatsiyadan o‘tkazishning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy bo‘lganda bajariladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling