O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING FAOLIYATI O’ZGARISHI VA MUAMMOLARI
OAV
REJA: - O’zbekiston Respublikasining Ommaviy Axborot Vositalari to’g’risidagi qonuni
- OAV da kuzatiladigan muammolar
- OAV ning umumiy faoliyati
- Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
- Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi.
- Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi.
- Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi.
- Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat o`zatilayetgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi. G`oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi.
- Majburiyat va erkinliklarni keltirib chiqaradigan bu erkinliklarni amalga oshirilishi demokratik jamiyatda davlat havfsizligi manfaaatlari, hududiy birlik yoki jamiyat osoyishtaligi uchun tartibsizlik va jinoyatlarni oldini maqsadida, sogliq va ahloqni saqlash, boshqa shaxslarning obro`si yoki huquqlarini muhofaza etish, maxfiy tarzda olingan axborot oshkora qilinishining oldini olish yoki odil sudning nufo`zi va xolisligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan va qonun bilan belgilangan rasmiyatchilik, shartlar, cheklashlar va buyruqlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, deb ta`kidlanadi.
- Fuqorolarning axboroti huquqi va erkinlaklarini ta`minlash borasida 1966 yil 19 dekabrda to`zilgan "Fuqorolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi halqaro ahdnoma" alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ahdnomaning 2- moddasida ta`kidlanishicha, unda ishtirok etuvchi har bir davlat shaxsning irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi, siyosiy yoki o`zga qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugilgan joyi yoki boshqa holatlaridan qat`i nazar, hech qanday ayirmachiliksiz ushbu ahdnomada e`tirof etiladigan huquqlarni hurmat qilish va o`z hududlari doirasida uning yurisdiksiyasi ostida bo`lgan barcha shaxslar uchun ta`minlash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
- 4- moddada qayd etilishicha, davlatda millat hayoti havf ostida buladigan favqulodda vaziyat yuzaga kelgan paytda va uning amal qilayotgani to`g`risida rasmiy ravishda e`lon qilingan bo`lsa, ushbu ahdnomada ishtirok etayotgan mamlakatlar yuzaga kelgan vaziyatning keskinligiga muvofiq darajada, ularning halqaro huquq bo`yicha boshqa huquq va majburiyatlariga nomuvofiq bo`lmaslik sharti va faqatgina irqi, jinsi, tili, diniy mansubligi yoki ijtimoiy kelib chiqishi tufayligina kamsitishga olib kelmaslik sharti bilan ushbu ahdnoma bo`yicha o`z majburiyatlaridan chekinish yhlida muayyan darajadagi tadbirlarniko`rishimumkin.
- Shuningdek, ayni vositachi orqali bunday chekinishni qaysi paytda to`xtatishi haqida ham xabar qilishi lozim. 14- moddada ko`rsatilishicha, sud va tribunallar oldida barcha shaxslar tengdir. Har bir shaxs, unga qo`yilgan har qanday jinoiy ayblov ko`rib chiqilayotgan paytda yeki har qanday quqarolik muhokamasida uning huquq va majburiyatlarini belgilash paytida ishning qonun asosida tashkil etilgan vakolatli, mustaqil va odil sud tomonidan ko`rib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda ma`naviyat, ijtimoiy tartib yoki davlat havfsizligi mulohazalaridan kelib chiqqan holda yoki taraflarning shaxsiy hayotiga taaluqli manfaatlar talab qilgan taqdirda - sud qikri bo`yicha lozim deb topilgan darajada - jamoatchilik vakillari odil sudlov manfaatlarini bo`zishi mumkin bo`lgan alohida holatlarda, barcha sudlardagi ish ko`rishlarga yoki ularning bir qismiga matbuot xodimlari
- Har bir inson bunday aralashuv yoki tajovo`zdan qonun bilan himoyalanish huquqiga ega. Inson huquq va erkinliklarining amalga oshirilishi boshqa shaxslarning huquk va erkinliklarini bo`zmasligi kerak. Har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquk xilma-xil axborotlar va g`oyalarni davlat chegaralariga bog`liq bo`lmagan xolda, og`zaki, yozma ravishlarda yoki matbuot yoxud badiiy ifoda shaklida yoinki o`zi qidirish,olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida ma`suliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqqan holda, u ba`zi bir cheklashlar bilan bog`langan bo`lishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilangan va kuyidagilar uchun zarur bo`lishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obro`sini hurmat qilish; b) davlat havfsizligini qo`riklash, jamoatchilik tartibi - aholining sog`ligi yoki axloqini qo`riqlash.
- O`zbekiston Prezidenti bergan haqqoniy bahoga ko`ra, bu qo`rquv - o`z malakalarining yetishmasligini, qo`yilgan savollarga yetarli saviyada javob bera olmasliklarini ko`rsatib quyishdan boshqa narsa emas. Bunday holatlar go`yo bizning jamoatchilik va jahon afkor ommasidan yashiradigan narsamiz bordek soxta tasavvo`rni tug`diruvchi mamlakatimiz uchun nomunosib imidj - qiyofaning shakllanishiga olib keladi. Holbuki, O`zbekiston siyosati ochiq siyosatdir, OAV esa mamlakatdagi islohotlarning borishi va ularning natijalari bilan jamiyatni tanishtirishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |