Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning shakllanishi va rivojlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Download 51.52 Kb.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. Dunyo davlatchiligi tarixida davlat boshqaruvining monarxiya va respublika shakllari mavjud bo‘lib, respublika boshqaruv shakli o‘z navbatida parlamentar respublika va prezidentlik respublikasi ko‘rinishlariga ega.
Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida Prezident lavozimi ta’sis etilgan. Prezident so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “oldinda o‘tiruvchi” ma’nosini bildiradi. 1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangibosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi. Mazkur qonun mamlakatimizda davlat boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasiga asoslanishini mustahkamlab qo‘ydi. Prezidentlik instituti ta’sis etilganidan so‘ng davlatimizda keng qamrovli islohotlar boshlandi. 1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu asosda 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi Islom Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga ko‘ra, ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 12,3 foizi esa Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1995-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofi q, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. 2000-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda prezidentlik lavozimi vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda 88,1 foiz ovoz bilan Islom Karimov 7 yilga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda tugashi munosabati bilan Prezidentlik lavozimiga saylov o‘tkazildi. 2015-yil 29-mart kunidagi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 2016-yil 2-sentabrda Islom Karimov og‘ir xastalik tufayli vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi”gi qonunga muvofiq muqobillik va sog‘lom raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Prezident etib saylandi. Davlat boshqaruv tizimini ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi idoralar, ya’ni ijro etish va famoyish berish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tashkil etadi. Milliy davlat boshqaruvi tizimini yuzaga keltirishda mustaqil O‘zbekiston dunyoning ilg‘or davlatlarining tajribasini har tomonlama o‘rganib va O‘zbekistonning muayyan sharoitlarini inobatga olib, xalqning an’analari va mentaliteti bilan hisoblashib, bu tizimni yuzaga keltirdi. Shunday bo‘lsa-da bu tizim demokratik prinsip asoslariga ko‘ra takomillashib borishi hayotiy zaruratdir. O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi tizimiga davlat boshlig‘i sifatida Prezident, respublika hukumati sifatida Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, markaziy davlat boshqaruvi idoralari va ularning joylardagi mahalliy organlari, viloyat, shahar, tuman hokimlari va hokimiyatlar hamda ularning bo‘limlari va boshqarmalar kiradi. Hukumat bu – davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi. Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan ataladi. Masalan Vazirlar Kengashi, Kabinet, Ministrlar Kabineti, Davlat kengashi, Ma’muriy Kengash, Federal Hukumat, Hukumat va hokazo. O‘zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunga binoan u O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. Xulosa Yangilanayotgan Oʻzbekistonning yangi parlamentidan xalqimizning umidi katta, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xoʻjayeva. — Buni oʻtgan yil oxirida boʻlib oʻtgan saylovlarda xalqimiz katta ishonch bilan oʻz vakilini saylagani misolida yaqqol koʻrish mumkin. Bu biz, deputatlarga, umuman, parlament aʼzolari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, Oʻzbekistonimizning eng rivojlangan demokratik davlatlar safidan mustahkam joy olishi uchun, shubhasiz, astoydil harakat qilamiz. Buning uchun inson manfaatlarini kafolatlashga, iqtisodiy taraqqiyotimizni taʼminlashga xizmat qiladigan toʻgʻridan toʻgʻri qonunlarni qabul qilamiz va ularning ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini oʻrnatamiz. Parlament saylovlari natijalariga koʻra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatini va Senatining 97 nafar aʼzosini roʻyxatga oldi. Senat aʼzolarining 13 nafari Prezidentimizning shu yil 17-yanvardagi Farmoniga asosan tayinlangan. Shu oʻrinda qayd etish joiz, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlislarini ertaga — 20-yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Download 51.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling