Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning shakllanishi va rivojlanishi


Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning shakllanishi va rivojlanishi


Download 51.52 Kb.
bet2/8
Sana06.02.2023
Hajmi51.52 Kb.
#1169447
1   2   3   4   5   6   7   8
Oʼzbekiston Respublikasida Parlamentning shakllanishi va rivojlanishi
Oʼzbekiston qonun chiqaruvchi oliy organining qaror topishi oʼziga xos jihatlariga ega. Bu avvalo tarixiy oʼtmishga bogʼliq. Milliy oʼzlik davlat qurilishining turli shakl va usullarini nazarda tutadi.2
Shunday qurilishning tanlab olingan muayyan usuli esa milliy-tarixiy oʼziga xoslik bilan umumjahon tamoyillarining sintezidir. Zero, har qanday ijtimoiy voqelikni anglash uchun birinchi navbatda u muayyan tarixiy bosqichning konkret sharoitlarida qay tarzda yuzaga kelganligini, oʼz taraqqiyotida qaysi asosiy bosqichlardan oʼtganligini, ana shu rivojlanish jarayonida qay darajada oʼzgarganligini, istiqbolda uning qay tarzda harakat qilishini anglab olish muhim ekanligi bejiz emas. Аna shu qoidalar har qanday ijtimoiy voqelikni, shu jumladan parlament singari muhim institut masalasini koʼrib chiqishda alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, amaliyotning dalolat berishicha, parlamentarizmning qaror topishi oʼta murakkab, baʼzan esa mashaqqatli jarayondir.
Unda tarixiy davrning oʼziga xos jihatlari, har bir alohida mamlakatning ijtimoiy va davlat hayoti, milliy anʼanalari, xalqning huquqiy madaniyati va siyosiy xohish-irodasi namoyon boʼladi. Tabiiyki, ijtimoiy amaliyotning rivoji, tarixiy taraqqiyotning kechishi mamlakat qonun chiqaruvchi organi toʼgʼrisidagi nazariy tasavvurlarni ham oʼzgartirib boradi.
Qonunchilik hokimiyati davlat hokimiyatining muhim tarkibiy qismi boʼlib, uni takomillashtirish davlat hokimiyati butun tizimining tarixiy evolyutsiyasi bilan bogʼliq. Shu sababli qonun chiqaruvchi oliy organlarning qaror topishi va rivojlanishi muammolarini har tomonlama tahlil etish davlat qurilishi nazariyasi va amaliyoti uchun, Oʼzbekiston parlamentarizmining kelajagi uchun teran ahamiyat kasb etadi. Аyni paytning oʼzida istiqbolni belgilab olish uchun oʼtmishni chuqur va xolis oʼrganmoq zarur.


Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum
eʼtirof etilgan uchta asosiy davrga boʼlinadi.


Download 51.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling