О`zbekiston respublikasida qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va konstitutsiyaviy asoslari
О`zbekiston Respublikasida saylov huquqi va saylov tizimi
Download 38.02 Kb.
|
О`zbekiston respublikasida qonun chiqarish hokimiyatining amalga
О`zbekiston Respublikasida saylov huquqi va saylov tizimi. Konstitutsiyaning 117-modda О`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga va saylanish huquqiga egadirlar deb ta`kidlangan. Har bir saylovchi bir ovozga ega. О`z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. О`zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, tо`g`ridan-tо`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yо`li bilan о`tkaziladi. О`zbekiston Respublikasining 18 yoshga tо`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini tо`g`ridan-tо`g`ri yoki bilvosita cheklashga yо`l qо`yilmaydi. О`zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning о`zida ikkidan ortiq vakillik organining deputati bо`lishi mumkin emas. Saylov о`tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaning XXIII bobi “Saylov tizimi” deb nomlangan bо`lib, tо`la-tо`kis mazkur tizimni huquqiy jihatidan ta`minlashga bag`ishlangan. Saylov tizimi demokratik prinsiplar va xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan normalariga asoslangan. Ushbu bob mohiyatini tо`g`ri tushunish uchun Asosiy Qonunimizning II bobidagi 7-moddaga murojaat etish muhim. Unda quyidagilar bayon etilgan: “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”. Demokratik saylov tizimi mustaqil О`zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligini, fuqarolarning davlatni boshqarishda ishitrok etish huquqlarini amalga oshirishning eng muhim mehanizmlaridan biridir. Xalqning hokimiyat bilan uzviy aloqasi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarda aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini keng ifoda etish, mazkur organlarning saylovchilar, turli siyosiy kuchlar va vakillik organlari oldidagi hisobdorligi ayni saylov tizimi orqali ta`minlanadi. Konstitutsiyaga binoan mamlakatimizda Prezident saylovi, Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari saylovi umumiy teng va tо`g`ridan-tо`g`ri saylov huquqi asosida о`tkaziladi. Saylov huquqining tengligi prinsipi har bir saylovchi faqatgina bitta saylovchilar rо`yhatiga kiritilishi, faqat bitta ovozga ega bо`lib, saylovda teng asoslarda qatnashishi mumkinligida о`z ifodasini topgan. Bu boradagi tenglik saylov okruglarini saylovchilar sonining barobar bо`lishi qoidasi asosida tuzish bilan ham ta`minlanadi. Bir saylov okrugidagi saylovchilar ovozi boshqa okrugdagi saylovchilarning ovoziga amalda teng bо`lishiga shu zaylda erishiladi. Tenglik prinsipi nomzodlarga qonunda belgilangan tarzda teng miqdorda ishonchli shaxslarga ega bо`lish, saylovoldi targ`ibotini о`tkazishda о`z saylovchilari bilan uchrashuvlar о`tkazish huquqining teng kafolatlari va imkoniyatlarini berish yо`li bilan ham ta`minlanadi.Tо`g`ridan-tо`g`ri saylov huquqi prinsipi aniq belgilab berilgan. Bu qoida ovoz berishni fuqarolar bevosita о`zlari malga oshirishlarini anglatadi. Saylovchilarning saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish, huquqlarini amalga oshirishlariga zо`ravonlik, aldash, tahdid yoki boshqa yо`l bilan tо`sqinlik qilish, shuningdek sohta saylov hujjatlari tuzish, ovoz berish natijalarini atayin notо`g`ri chiqarish, yashrin ovoz berish tartibini buzish, saylov tо`g`risidagi qonunlarni boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bо`ladi. О`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi hududiy saylov okruglari bо`yicha kо`ppartiyalilik va muqobillik asosida besh yil muddatga saylanadigan deputatlardan iborat.
Download 38.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling