O’zbekiston respublikasida shakllanib borayotgan ta’lim texnologiyasining tarixiy asosi sifatida respublikamiz hududida turli davrlarda shakllangan quyidagi ayrim ta’lim turlarini ko’rsatish mumkin


Download 71.74 Kb.
bet3/3
Sana31.10.2023
Hajmi71.74 Kb.
#1735813
1   2   3
Bog'liq
talimning zamonaviy tashkiliy shakll

Jamoatchilik ta’lim va tarbiyasi

Bu katta yoshdagi qo’shnilar, yaqin qarindoshlar, mahalla a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiyadan iborat. Bunda, asosan, axloq-odob tarbiyasi amalga oshiriladi. „Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona“, „Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l“ kabi o’zbek xalq maqollari jamoatchilik ta’lim va tarbiyasining o’rni va ahamiyatini yaqqol ifodalaydi. Bunda, asosan, katta yoshdagilar yoshi kichiklarga o’z hayotiy tajribalari va shaxsiy xulosalari asosida kundalik turmush, axloq-odob, shaxslararo muloqot masalalarini hamda xalq donishmandligi tajribalarini o’zlari o’zlashtirgan darajada o’rgatib boradilar.

UstOZ-shogird ta’limi va tarbiyasi

Bunda, asosan, hunar- kasb ta’limi va tarbiyasi ustoz huzurida amalga oshirilgan. Ustoz o’z kasbini boshqalarga o’rgata olish darajasida o’zlash­tirgan va boshqalarga o’rgatish bilan mashg’ul bo’lgan kishi bo’lib, turli kasblarni o’rgatishni tashkil qilish shakllari va muddatlari turlicha bo’lgan. Asosan, yakka ta’lim yoki kichik guruhlar shaklida amalga oshiri, har bir o’quvchi o’z qobiliyati darajasida o’ zlashtirgan. Usta shogirdining hech kimning yordamisiz vazifani bajara olishini atroflicha sinab ko’rganidan keyin uning mustaqil ishlashiga ruhsat bergan.

O’ZBEKISTONDAGI TA’LIM TARIXIDAN

Tili turkiy guruhga mansub O’rta Osiyo xalqlari V asrdayoq o’z yozuviga ega edi. Bugunga qadar saqlanib qolgan Urxun-Enasoy bitiklari bundan guvohlik beradi. O’rta Osiyoning arablar tomonidan istilo etilishi (VIII asr) natijasida islom dini bilan birga arab yozuvi ham kirib keldi. O’lkada ilk maktablarning paydo bo’lishi ham shu davrga to’g’ri keladi. Maktablarda grammatika va din asoslaridan tahsil berilgan. Birmuncha keyinroq, ya’ni X asrlar boshida O’rta Osiyoda madrasalar (o’rta va oliy musulmon maktablari) tashkil etildi. Madrasalar faoliyati bu yerdan Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo, Misr va boshqa musulmon davlatlariga tarqalgan.


Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling