O’zbekiston respublikasida sud tizimi


Download 1.39 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1360509
Bog'liq
MUXTOROVA QANOATXON


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD TIZIMI
Sud (slavyancha sud — ish) — odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat. Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudya — sud hokimiyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs. Sudyaga qonun bilan odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari berilgan boʻlib, u oʻz vazifalarini professional asosda amalga oshiradi. Qonunda belgilangan sudyalik vakolatlarini berish tartibi Sudya lavozimi zarur professional tayyorgarlik, tajriba va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlmagan shaxs tomonidan egallanishini mumkin qadar cheklaydi. Chunonchi, oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan O’zbekiston fuqarosigina sudyalikka nomzod boʻlishi mumkin
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi. Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas. Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin. 112-modda
Aybsizlik prezumpsiyasi – aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish. Gumon qilinuvchi, aybla-nuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda na-zarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi
O’zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sohani yanada rivojlantirish uchun qator islohotlar olib borilyapti. Jumladan Prezidentimiz 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5ta muhim vazifani belgilab berdi. Shu vazifalar ichida sud tizimini rivojlantirish ham o’rin egallagan Har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak.
Sudyalar ishiga har qanday aralashuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling