Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlikning mohiyati
Download 124.5 Kb.
|
13-mavzu
Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlikning mohiyati Reja: Kirish 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining mohiyati 2. Yakka tartibdagi tadbirkorlik tamoyillari va turlari 3. Yakka tartibdagi tadbirkorlik va biznes faoliyatining huquqiy asoslari 4. O`zbekistonda kichik va o`rta biznesning rivojlanishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Tadbirkorlik o`z mablag`lari yoki qarzga olingan mablag`larni biron-bir ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish sohasiga safarbar etib, foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Demak, tadbirkor – biron-bir ish bilan shug`ullanuvchi inson. Shuning uchun ularni biznesmenlar (inglizcha "buziness" - ish, mashg`ulot, "man"-odam) yoki ishbilarmonlar deb ham yuritiladi. Ayrim turkiyzabon mamlakatlarda, xususan, Turkiyada ularni ish odamlari deb atashadi. Tadbirkorlar, avvalambor, o`z manfaatlarini ko`zlab, foyda olishga intiladilar. Aksariyat hollarda ular xatarli ishga qo`l urishga tayyor bo`lgan, tashabbuskor, ishning siru asrorlarini biladigan, serg`ayrat, tinib-tinchimas, iqtisodiy jihatdan savodxon va huquqiy madaniyatni egallagan insonlardir. Tadbirkorlik bilan biznes nafaqat bu faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxsning hayoti, moddiy farovonligi va ma`naviy kamoloti uchun, balki mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti va kelajagi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, iqtisodiyotning asosi hamisha moddiy ishlab chiqarish, ya`ni moddiy boyliklar yaratishdan iborat bo`lib qoladi. Tadbirkorlik esa odatdan tashqari, alohida, o`ziga xos yondashuv bilan amalga oshiriladigan faoliyat turi bo`lib, iqtisodiyotda yangi, qo`shimcha ish o`rinlari yaratadi, yangi mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqaradi, mahsulot bozorida raqobatni kuchaytiradi, bu bilan narx-navoning pasayishiga, savdo-sotiq madaniyatining ko`tarilishiga xizmat qiladi. Yetti iqlimga dong`i ketgan tadbirkor ajdodlarimiz o`z faoliyatlarini aksariyat hollarda “Buyuk ipak yo`li”da joylashgan bozorlar va karvon saroylarda olib borganlar. Lekin u zamonlar tadbirkorlik o`z tabiati va ko`lamlari jihatidangina emas, balki tashkil etilishining usul-amallari, vositalari jihatidan ham boshqacha bo`lgan. Tadbirkorlar ko`ngli keng, oldi-sotdi ishlari va boshqa muomalalarda juda halol, qolaversa, o`z ustilariga olgan majburiyatlarini qoyilmaqom qilib bajaradigan kishilar bo`lgan. O`sha zamonlardagi tadbirkorlarning yana bir xususiyati shunda ediki, ular o`z boshliqlarining mol-dunyosi, sarmoyasini ko`paytirishga intilish bilan birga o`zga o`lkalarni ko`rib bilishga, u yerlardagi odamlar bilan oldi-berdi aloqalarini o`rnatishga ham ko`p harakat qilishar edi. Shunga ko`ra, o`z mol-dunyosini ko`paytirishni o`ylash bilan cheklanib qolmasdan, madaniy va ma`rifiy ishlarga va, umuman, atrofdagi dunyoga qiziqib qaraydigan tashabbuskor tadbirkorlar orasidan mashhur kishilar etishib chiqib, ko`pincha davlat rahbarlari va hokimlarning maslahatchilari bo`lib qolganliklari ham tarixdan ma`lum. Biroq bir asrdan ko`proq davom etgan mustamlakachilik davrida xalqimiz boshiga tushgan kulfatlarning eng achinarlisi qullik psixologiyasi va kayfiyatining shakllanishi, odamlarning xususiy mulkka bo`lgan munosabatining o`zgarishi va har qanday, ayniqsa, iqtisodiy tashabbuskorlikning bo`g`ilishi bo`ldi. Hattoki, ruslarning “har qanday tashabbus jazolanadi” degan maqoli hayotiy haqiqat darajasiga ko`tarildi. Endilikda zamon o`zgardi, zamon bilan birga jamiyat ham o`zgarib bormoqda. Respublika Prezidenti I.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida mamlakatimizda xususiy mulkning rivojlanishi va buning asosida odamlarning tadbirkorlik faoliyatini keng qo`llab-quvvatlash va kengaytirishga qaratilgan bir qator farmon va hukumat qarorlari qabul qilindi. Xususiy tadbirkorlikni himoya qilish va ularga yordam berish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratildi va institutsional tuzilmalar tashkil etildi. Bular jumlasiga Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, “Madad” sug`urta agentligi va bir qator konsalting, lizing va injiniring kompaniyalari va firmalari kiradi. Xususiy tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishga biznes-inkubatorlar tarmog`i ham muhim hissa qo`shib kelmoqda. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling