O’zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Download 1.23 Mb.
Sana19.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1033466
Bog'liq
Murodjonni Tarixdan Mustaqil ishi

O’zbekistonda oliy ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va uning istiqbollari

Bajardi: To’rabekov murodjon


Reja
1. Mustaqillik yillarida ilmning rivojlanishi. Yangi ja’miyat qurishda ta’lim tarbiyaning o’rni.
2.«Ta`lim haqida»gi Nizom va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul etilishi. Dasturning maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari.
3. O’zbekistonda Oliy ta`lim sohasida qabul qilingan Nizomlar va ularda belgilangan vazifalar.
1997-yil fevralda I.Karimov Vazirlar Mahkamasining yig`ilishda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish masalasini ko`tardi. U shunday dedi: «Ta`lim tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish vaqti etdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma`mur-menejerlarni tayyorlashni yo`lga quyish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qodir ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim».
«Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash millliy dasturi» maktabgacha ta`limdan to fanlar akademiyasigacha bo`lgan zamonaviy, yangi uzluksiz ta`lim tizimini vujudga keltirishga, O`zbekiston ta`lim tizimini tubdan isloh qilishga asos bo`ldi.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi shaklda amalga oshirishi belgilandi.
*maktabgacha ta`lim;
*umumiy o’rta ta`lim;
*o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;
*oliy ta`lim;
*oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
*kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
*maktabdan tashqari ta`lim.
1997-yil 27-avgustida Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining "Ta`lim to’grisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
Milliy Dasturda ta`lim islohatlari uch bosqichda o’tkazilishi ko’zda tutiladi:
1-bosqich 1997-2001-yillar.
2-bosqich 2001-2005-yillar.
3-bosqich 2005-yildan keyingi yillar.
Milliy Dasturlar tamonlama kamol topgan turmushga moslashgan, ta`lim turlari va kasb-hunarni ongli ravishda tanlay oladigan, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni voyaga etkazishni nazarda tutadi.
Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi Qarori bilan 1-oktyabr-«O`qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi.
O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar oliy ta’lim tizimini ham o’z ichiga oladi. Masalan, keying yillarda AQSh, Turkiya, Germaniya, Hindiston va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalarining ish tajribalari o’rganildi.
Bundan tashqari ikki bosqichli o’qish tizimiga o’tilganligi oliy ta’limni hozirgi zamon talablariga mos takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning biri hisoblanadi. Bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik darajasini olish uchun 2 yil talab etiladi.
Davlatimizda qobiliyatli yoshlarni izlab topish,ularga yordam berish, qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati olib borilmoqta. 1997-yili tashkillashtirilgan «Umid» fondi yo’llamasi bilan 1997-2001 yillarda 785 yigit qizlarimiz rivojlangan davlatlarning oliy o’qiuv yurtlarida o’qish uchun yuborildi. Ulardan 519 o’quvchilar tamomlab keldi. Toshkentda 2002-yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yili Moskva davlat universiteti filiali, 2008-yili Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, 2009-yili Turin politexnika universiteti tashkillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi «Ilm-fan va innovatsiya ishlarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash haqida»gi farmoni ilm-fan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1997-yilda birinchi Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar Akademiyasi qayta tiklandi.
Iqtidorli yoshlarni qollab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida respublikamizda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Nihol mukofoti, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda Beruniy, Navoiy, Ulug’bek, Imom-al-Buxoriy nomlaridagi bir qancha davlat stipendiyalarining joriy etilishi ”Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, don ova albatta baxtli bo’lishlari shart!” degan yaxshi g’oyaning turmushlik yuzaga chiqishini ta’minlaydi. Bu shior yoshlarimizni ushbu tashabbusning tarafdori bo’lishi bilan birga faol qatnashuvchisi bo’lishiga yo’naltiradi.
Davlatimizda o’liy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada”sining har yillik sport musobaqalarining jahonda o’xshashi bo’lmagan uch bosqichli tizimi yaratildi. Bu yuz minglab yoshlarni, yigit va qizlarni jamoaviy tarzda jismoniy chiniqtirish va sportga tortish imkoniyatini beradi.
Yoshlik inson umrining katta orzu umidlar, imkoniyatlar davri hisoblanadi. Keyingi yillarda jamiyat hayotida juda katta burilishlar ro’y berdi. Yoshlarga bo’lgan e’tibor, yoshlarning qoniniy huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyasati darajasiga ko’tarilib, hamma vaqt e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. Yoshlar siyasatiga taaluqli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qaror va farmonlari qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududlarda bo’lsa hokimlar boshchiligida yoshlar masalalari bo’yicha idoralararo, Oliy Majlis qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo’yicha komissiya va Yoshlar parlamenti, “Yoshlar klubi” ish boshladi.
Keyingi yillarda yoshlar kelajagini ta’minlash maqsadida davlatimiz tarafidan bir qancha ishlar olib borilmoqda. Oliy ta’lim tizimida yangilanishlar ro’y bermoqda. Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish bo’yicha konsepsiya ishlab chiqildi.
E’tiboringiz uchun rahmat

Hurmat bilan
To’rabekov Murodjon
Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling