Universitetgacha ta’lim dasturi (cpfs)


Download 28.75 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi28.75 Kb.
#1353781
Bog'liq
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti


Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16 yanvar kunidagi 22-sonli qarori asosida Vestminster universiteti (London) bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Universitetning barcha dasturlari va yo‘nalishlari Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti tomonidan tasdiqlangan. TXVU bitiruvchilariga diplom London shahridagi Vestminster universiteti tomonidan beriladi.
Ta’lim ingliz tilida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

  • Universitetgacha ta’lim kursi / Course in Pre-Foundation Studies (CPFS);

  • Umumta’lim bosqichi / Certificate of International Foundation Studies (birinchi bosqich).

Bakalavr bosqichi (ikkinchi bosqichdan boshlanadi):

  • Biznes boshqaruvi / BA Business Administration;

  • Iqtisodiyot / BSc Economics;

  • Iqtisodiyot va moliya / BSc Economics with finance;

  • Tijoriy huquq / BA Commercial Law;

  • Biznesda axborot tizimlari / BSc Business Information Systems.

Magistratura bosqichi (ikkinchi bosqichdan boshlanadi):

  • Tijorat huquqi;

  • Inson resurslarini boshqarish;

  • Xalqaro biznes boshqaruvi;

  • Biznes tahlili va informatikasi;

  • Amaliy iqtisodiyot;

  • Ijtimoiy-tibbiy sohada.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim:

  • Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science).

Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetining ta’lim tizimida universitetgacha ta’lim dasturi (CPFS) ham mavjud bo`lib, bu dastur abiturientlarni o`z universitetiga o`qishga kirishi uchun tayyorlaydi.
Universitetgacha ta’lim dasturi (CPFS). Universitetgacha ta’lim dasturi (CPFS) Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) o‘qishni rejalashtirayotgan abiturientlar uchun mo‘ljallangan. Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad TXVU abiturientlarining ingliz tili va matematika bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishdir. Ishonamizki, ushbu kurs siz uchun foydali bo‘ladi va siz o‘z bilimlariga ishonch hosil qilgan, mustaqil bo‘lajak talaba sifatida universitetning 1-kursi hisoblangan Umumta’lim kursi (CIFS)da o‘qish uchun tayyor bo‘lasiz.
Dastur abiturientlarni TXVUga qabul kirishlari uchun tayyorgarlik sifatida ishlab chiqilgan.
Kurs dasturini ishlab chiqishda talabalarning ta’lim jarayonidagi kuchli va zaif tomonlari hisobga olingan. Shu sababli, kursda talabalarning darslarni o‘zlashtirishlarini kuzatib borish va kerak bo‘lganda yoki iltimosga binoan qo‘shimcha ta’lim va ixtisoslashtirilgan yordam berishga katta ahamiyat beriladi. Kurs mobaynida oraliq nazoratga alohida e’tibor beriladi, hamda talabalar doimiy ravishda universitet bilan aloqada bo‘la oladilar.
Kursning asosiy maqsadlari:

  • talabalarga TXVUning birinchi kursiga kirish uchun zarur bo‘lgan ingliz tili va matematikadan kerakli bilim, ko‘nikma va umumiy tushunchalarni berish;

  • talabalarda mustaqil ta’lim olish kobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish;

  • universitetdagi ta’lim va madaniyatga nisbatan talabalarda ijobiy munosabatni shakllantirish, shuningdek talabalarga akademik muhitga moslashishi uchun sharoit yaratish;

  • TXVUga kirish uchun IELTS yoki matematikadan universitetga kirish imtihonini topshirishni talab qilmaydigan muqobil usulni taqdim etish.

Talabalar kurs yakunida quyidagi natijalarga erishadilar:

  1. Umumiy, shuningdek ingliz tili va matematika sohasidagi asosiy bilim va ko‘nikmalarni namoyish etish;

  2. Ingliz tilini Umumevropa kompetensiyasi (CEFR)ga mos ravishda B2 darajasida bilish;

  3. Matematikadan universitetning birinchi kursi (CIFS)ning archa talablariga javob beradigan va GCSEdan kam bo‘lmagan bilimga ega bo‘lish.

TXVU stipendiyasi dasturi 3 - darajani qo‘lga kiritgan TXVUga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 100% bepul ta’lim olish imkoniyati sifatida belgilangan. 3-darajaga erishgan talabalar uchun 30 ta stipendiya joylari ajratilgan. Grant imtiyozlarini saqlab qolish uchun talabalar eng yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish etishlari kerak. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari CIFS sertifikati bilan alohida yutuqlar, a’lo baholar (asosiy bosqich) yoki dekanat ro‘yxati bilan belgilanadi (barcha bakalavriat bosqichi uchun). Yuqoridagi talablarga javob bermaslik stipendiyani bekor qilinishiga olib keladi.
Stipendiya olish shartlari quyidagicha:

  1. TXVU odatda ijtimoiy mas’uliyat strategiyasining bir qismi sifatida O‘zbekistondagi eng iqtidorli abiturientlarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 30 ta stipendiya taqdim etadi. Ushbu stipendiyalar TXVUning o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobidan qoplanadi va shu sababli Universitetning Ijroiya qo‘mitasi TXVUning moliyaviy imkoniyatiga qarab joriy stipendiyalar soni to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

  2. TXVU stipendiyasi dasturi 3 – darajani qo‘lga kiritgan TXVUga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 100% bepul ta’lim olish imkoniyati sifatida belgilangan;

  3. TXVU stipendiyasi dasturiga faqat Universitetga ariza topshirish paytida stipendiyani qo‘lga kiritish istagini bildirgan abiturientlar unga nomzodlar sifatida ko‘rib chiqiladi;

  4. TXVU stipendiyasi ingliz tilidagi ko‘rsatkichlar asosida (faqat IELTS ballari) va matematikadan TXVU kirish imtihonlari asosida taqdim etiladi: natijalar- IELTS 60% va matematikadan 40% dan kam bo‘lmasligi kerak;

  5. Faqat eng yuqori ball to‘plagan eng yaxshi o‘ttiz nafar talabgorga stipendiya beriladi. Universitet siyosatiga ko‘ra, agar kimdir eng yaxshi o‘ttizta talabgor ichidan birortasi o‘qishdan bosh tortsa, uning stipendiya olish huquqi eng yaxshi o‘ttiztalikka kirmagan boshqa nomzodga o‘tkazilmaydi;

  6. 3-darajadagi 30 ta stipendiya joylari ajratilgan va keyingi bosqichlarda stipendiya imtiyozlarini saqlab qolish uchun talabalar eng yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish etishlari kerak. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari CIFS sertifikati bilan alohida yutuqlar, a’lo baholar (asosiy bosqich) yoki dekanat ro‘yxati bilan belgilanadi (barcha bakalavriat bosqichi uchun). Yuqoridagi talablarga javob bermaslik stipendiyani bekor qilinishiga olib keladi;

  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq (2018 yil 2-iyun, 417-son), jismoniy imkoniyatlari cheklangan talabalarni barcha oliy o‘quv yurtlarida qo‘shimcha grant o‘rinlari asosida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilingan. Hukumatining tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, 2020-2021 o‘quv yili uchun bunday toifadagi fuqarolar uchun TXVU 2 ta joy ajratdi;

  8. Muddatli harbiy xizmatni to‘liq o‘tagan talabalar uchun 3 ta stipendiya joylari ajratilgan, ammo talaba keyingi bosqichga o‘tishi shart. Aks holda, bunday toifadagi talabalardan ham stipendiya qaytarib olinadi;

  9. O‘qishni bitirgandan so‘ng stipendiya olgan talabalarga diplomlarini olish bo‘yicha ilgari qo‘yilgan har qanday cheklovlar bekor qilindi.

Download 28.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling