O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoqda


Download 64.12 Kb.
bet4/7
Sana20.12.2022
Hajmi64.12 Kb.
#1035201
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
АРАББОЕВ ТЎЛАНБОЙ

2. Shumer-Akkad madaniyati.
Old Osiyodagi mamlakatlar orasida dehqonchilikni keng rivojlantirishi uchun eng qulay bo‘lgan mamlakat Dajla bilan Frot daryolari o‘rtasida joylashgan bo‘lib, uni qadimgi greklar Mesopatamiya deb ataganlar. Buning ma’nosi “Ikki daryo oralig‘i”dir. Bu mamlakat shimolda Armaniston tog‘laridan boshlanib, janubda to Fors qo‘ltig‘igacha cho‘zilgan. Bu mamlakat g‘arbda Suriya-Mesopatamiya dashti bilan, Sharqda esa G‘arbiy Eron tog‘ tizmalari bilan chegaralangan. Mesopatamiyaning o‘rta va janubiy qismi tekislik bo‘lib u vaqti-vaqti bilan toshib yerlarni o‘g‘itlovchi va sug‘oruvchi Dajla va Frot daryolari keltirgan yotqiziqlardan iboratdir. Dajla daryosi Van ko‘lining janubidan Armaniston tog‘laridan boshlanadi. Frot va Arzirumning Sharqida dengiz yuzidan 2 ming metr balandlikdan boshlanadi. Dajla juda tez oqar daryo. Dajla Frotdan 750 km kalta, lekin Dajla qirg‘oqlariga qaraganda pastroq. Shuning uchun Frot suvi toshganda Dajlaga nisbatan ancha katta hududni suv bosib ketadi va toshqini uzoqqa cho‘ziladi, ya’ni martning o‘rtalaridan boshlanib sentyabrgacha davom etadi. Har ikkal daryoning o‘zani besh ming yil ichida o‘zgarib ketgan. Saqlanib qolgan yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, Shumer va Akkadning qadimgi shaharlari, maslan, Sippar, Kish, Nippur, Shuruppak, Uruk va Larsa Frot daryosi bo‘yida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda esa shu shaharlarning vayronalari Frot daryosi o‘zanidan Sharq tomondadir. Dajla ham o‘zanini o‘zgartirgan. Uning oqimi shimoli-Sharq tomonga burilib borgan. Shunday qilib, bu ikkala daryo ilgari hozirgiga qaraganda bir-biriga yaqin joylashgan.1
Sug‘orish mumkin bo‘lgan tekislik hududi ham bir qadar kichik bo‘lgan. Dajla va Frot mamlakatning asosiy sug‘orish magistrali bo‘lish bilan birga bosh transport magistrlai ham bo‘lgan. Bu ikkala daryo Mesopatamiyani qo‘shni mamlakatlar bilan ya’ni, qadimgi Armaniston Urartu, Eron, Kichik Osiyo, Suriya bilan bog‘lagan. Armaniston tog‘laridagi qorlar erishi natijasida Dajla va Frot darayolarida vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan toshqinlar sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi rivojlantirishda ma’lum ahamiyatga ega bo‘lgan. Ikkidaryo oralig‘ining janubidagi Shumer va mamlakatning o‘rta qismini egallagan. Akkad iqlim jihatidan bir-biridan bir muncha farq qilgan. Shumerda boshqa joylarga nisbatan qish yumshoqroq bo‘lgan uchun xurmo daraxti yovvoyi holda o‘sa olgan. Akkad esa, iqlim jihatidan qishda qor yog‘adigan va xurmo daraxti yovvoyi holda o‘smaydigan Ossuriyaga yaqin janubiy va o‘rta Mesopatamiyaning tabiiy boyliklari uncha ko‘p emas. Allyuvial to‘proqdan bo‘lgan bo‘rsildoq va yopishqoq loy ibtidoiy kulolchilik uchun ajoyib xom ashyo bo‘lgan. Qadimgi Mesopatamiya aholisi loyni asfalt bilan aralashtirib, juda qattiq material yasalgan, bu material Ikkidaryo oralig‘ining janubiy qismida kamdan-kam uchraydigan tosh o‘rnida ishlatilgan. Mesopatamiyada metall bo‘lmasligi ham xarakterlidir. Bu hol mahalliy va Sharqiy metallurgiya hududlariga qaram qilib qo‘ygan.1
Ikkidaryo oralig‘i o‘simliklarga ham boy emas. Bu mamlakatning eng qadimgi aholisi donli o‘simliklarni ya’ni arpa va bug‘doyni mamlakat iqlimiga moslashtirib olgan. Ikkidaryo oralig‘ining janubiy qismida yovvoyi holda o‘sadigan xurmo daraxti va shakar qamishi mamlakatning xo‘jalik hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.2 Yоg‘ chiqarish uchun ishlatiladigan sezam (kunjut), shuningdek shirin smola chiqadigan yulg‘um mahalliy o‘simliklardan bo‘lsa kerak. Mesopatamiya aholisiga yovvoyi va uy hayvonlarining turli zotlari ma’lum ekanligini eng qadimgi yozuv va suratlar kursatib turibdi. Sharqiy tog‘larda qo‘ylar va echkilar, janubning botqoqli changalzorlarida yovvoyi cho‘chqalar bo‘lgan va ular eng qadimgi vaqtlardayoq qo‘lga o‘rgatilgan. Daryolarda baliq va qush ko‘p bo‘lgan. Sнumerda ham Akkadda ham turli-tuman uy qushlari mavjud bo‘lgan.
Mesopatamiyaning o‘rta qismi hududidagi eng qadimgi manzilgohlar so‘nggi neolit davrida vujudga kelgan.
Mesopatamiyaning juda ham qadimgi qabilalari botqoqliklar o‘rtasidagi tepaliklarda, orollarda yashaganlar. Ular tuproqdan o‘yib turar joy, uy qurishgan. Ular atrofdagi botqoqliklarni quritib sun’iy sug‘orishning eng qadimgi sistemasini vujudga keltirganlar.3
Qishda topilgan buyumlarning ko‘rsatishicha, ular mikrolitik qurollardan foydalanganligini ko‘rsatadi. Bu qabilalar Old Osiyoning eng qadimgi etnik tabaqalariga mansub bo‘lgan bo‘lsalar kerak. Ammo Shumer-Akkad madaniyati va davlatining haqiqiy yaratuvchilari Shumeriylar, shuningdek, Suriya-Mesopatamiya dashtlaridagi qabilalariga qarindosh bo‘lgan Akkad semitlari bo‘lgan. Mesopatmiya hududida so‘nggi yigirma yil ichida o‘tkazilgan qazishlar bu qabilalarning eng qadimgi, tarixdan bugungi madaniy hayotlari qanday bo‘lganligini bilishga imkon beradi.
O‘rta va janubiy Mesopatamiya hududida topilgan arxaik davr yodgorliklarini eng noyob yodgorliklar chiqqan joylarga qarab uch madaniy davrga: Shumerda Al-Obeid madaniyati va Uruk madaniyati hamda Akkadda Jemdet-Nasr madaniyatlariga ajratib ko‘rsatish urf tusiga kirgan. Bu birin-ketin o‘tgan uch madaniy davr eramizdan avvalgi IV ming yillikni tamomila deyarli o‘z ichiga olgan. Bu madaniy davrlar janubiy va o‘rta Ikkidaryo oralig‘ida eng qadimgi zamonlarda tashkil topgan davlatlardan burun o‘tgan.
Janubiy Mesopatamiyada topilgan eng ilk manzilgohlar Al-Obeid yonidagi daryo orolida bo‘lib, bu orol botqoq tekislik ustida joylashgan. Bu yerlarda yashagan aholi baliq ovlash va ovchilik bilan shug‘ullanib kelgan va xo‘jalikning progressivroq formalariga: chorvachilik va dehqonchilikka asta-sekin o‘ta boshlagan. Bu davrga kelib qo‘, echki va cho‘chqalar qo‘lga o‘rgatilgan va Old Osiyoning eng qadimgi don o‘simligi polba (bug‘doyning bir navi) iqlimga moslashtirilgan. Dehqonlar juda sodda mehnat qurollaridan foydalangan. Ular ayrsimon toshdan yasalgan motichadan va tig‘i chaqmoq toshdan yasalgan o‘roqlardan foydalanganligi aniqlangan.1
Keramika, to‘quv ishi, toshtaroshlik bir qadar o‘sgan. Sariq-ko‘kimtil tusli poydan yasalgan kulolchilik idishlariga turli-tuman naqshlar solingan hamda hayvonlar, qushlar va odamlarning rasmlari bilant bezatilgan. Toshdan turli asbob va qurollar masalan, dasta o‘tkaziladigan bolta, mioticha, pichoq, gurzi uchlari va yoy o‘qlari yasalgan. Bu davrda dastlabki metall qurollar, masalan, yassi bolta vujudga kelgan. Metallurgiya rivojlanishi bilan ishdan qurollar yasash bilan birga boshqa buyumlar ham, chunonchi, oyna va to‘g‘nog‘ichlar ham yasala boshlagan.
Texnika sohasidagi g‘oyat katta o‘zgarish ya’ni, toshdan metallarga, keyin misga o‘tish ana Shunday yuz byergan. Al-Obeidning eng o‘troq qadimgi aholisi kichik-kichik kulbalarda yashagan, bu kulbalarning devorlari bordan bilan to‘silib, loy bilan suvalgan. Ammo bu vaqtda qurilishda asta-sekin g‘isht ishlatila boshlangan.
Masalan, kulbalar ichidan katta-katta yapaloq g‘ishtlardan qurilga oila jamoalarrining o‘choqlari topilgan. Bu kulbalarga yog‘och eshik o‘rnatish uchun toshdan yasalgan kesakilari ham topilgan.
Janubiy Mesopatamiyada yashagan eng qadimgi qabilalarda diniy e’tiqodlarning shakllanishi ham ana shu qadimgi davrga to‘g‘ri keladi. Qo‘l-oyoqlari g‘ujanak qilib chuqurlarga ko‘milgan odamlarning suyaklari topilgan, suyaklarni maxsus idishga solib, ikkinchi marta ko‘milganligi ma’lumotlar asosida bizgacha etib kelgan: bular o‘sha zamondagi odamlarning narigi dunyoga ishonganligidan va o‘lganlar ruhiga sig‘inish odati juda ham qadimgi vaqtdlarda paydo bo‘lganligidan darak beradi. O‘lgan odam yoniga idishda ovqat, marjon, chig‘anoq qo‘yish, shuningdek xotinlarning loydan yasalgan haykalchalarini qo‘yish odatlari bo‘lgan. Al-Obeid madaniyati uzoq zamonlar hukm surganligi fanda bizga ma’lum. Bu madaniyatning ildizlari Yuqori Mesopatamiyaning qadimgi mahalliy madaniyatiga borib tutashadi. Ammo bu vaqtda Shumeriylar madaniyatining dastlabki elementlari ham paydo bo‘la boshlagan.
Shumer arxaikasining bundan keyingi davri g‘oyat muhim qazishlar o‘tkazilgan joyning nomi bilan Uruk davri deb ataladi. Bu davr keramika sohasida Yangi turlarning rivojlanishi bilan xarakterlidir.
Loydan qilingan baland dastlab va uzun burunli idishlar metalldan yasalgan qadimgi idishlardan olingan nusxalar bo‘lishi ham mumkin. Bu idishlar asosan, kulol charxida yasalgandir. Ammo bu idishlar naqshi jihatidan Al-Obeid davridagi rang-barang keramika buyumlariga qaraganda ancha soddadir. Bular ko‘pincha tirnab ozgina gul solingan oddiy qizil yoki qora rangli keramika buyumlaridir.1
Umuman olganda, Uruk davri anchagina taraqqiy qilgan madaniyat davri bo‘lib, uning shu xususiyati, jumladan monumental arxetekturaning vujudga kelishida ifodalanadi. Bu jihatdan rang-barang naqshlar bilan bezatilgan, eng qadimgi zinnapoyali ibodatxona minorasining ya’ni zikkuratning qoldiqlari ibodatxonaning toshdan yasalgan poydevori va katta-katta, ulkan g‘ishtlardan yasalgan ustunlar, terma koshkli serhasham, salobatli, haybatli, salobatli, haybatli qurilishlar ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu davrda xo‘jalik hayoti va madaniyat u bilan bog‘liq sohalar ayniqsa rivojlandi. Hujjatlar tuzish zarurati tug‘ilgan. Shu munosabat bilan hali juda ham sodda bo‘lgan suratli yozuvlar vujudga kelgan. Bu yozuvning izlari o‘sha davrda ishlatilgan silindrik muhrlarida saqlanib qolganligi arxeologik manbalardan bizga ma’lum. Bu yozuvlarning hammasi 1500 ga yaqin tasviriy belgilardan iborat bo‘lib, bulardan asta-sekin qadimgi Shumer yozuvi kelib chiqqan.
Bu urushlarda avvalo juda ko‘p asir olingan va ularni qulga aylantirganlar. Bu Shumer yozuvlarida o‘z ifodasini topgan. “Qul” degan so‘z “tog‘li o‘lkadan kelgan odam” tushunchasini beradigan murakkab belgi vositasi bilan yozilgan. Sharqiy tomonda tog‘lar orasida yashagan qabilalar bilan olib borilgan urushlarda qo‘lga tushirilgan asirlarni odatda qulga aylantirgan.
Shumerda qullarni “sag” (bir dona) deb Akkadda esa “Ardu”(xarob odam) deb, yoki “reshu” deb ataganlar. Bu hol shuni ko‘rsatadiki, Shumer va Akkadda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillardayoq quldorlar ekspluatatsiyasi shaklari tuzilishi ancha taraqqiy etgan. Qulga aylantirilgan ozod kishilarni tovarga yoki qoramolga tenglashtirib, ularni donalarb yoki bosh hisobida sanab, endi ularga butunlay qul deb qaraydigan bo‘lganlar. Saqlanib qolgan hujjatlarda yozilishicha, qullar tez-tez sotilib turgan. Qullarning narxi 14 shekeldan 20 shekelgacha bo‘lgan.
Shumer va Akkad davlatlari zamoniga doir hujjatlarda, daryo va kanallarning toshqinlarini yo‘lga solib turish, toshqin natijasida buzilgan yerlarni tiklash, tuzatish, qirg‘oqlarni mustahkamlash hovuzlarni suv bilan to‘ldirish, dalalarni sug‘orish ishlarini tartibga solish, bu bilan bog‘liq bo‘lgan har xil er ishlarini bajarishi kabi turli xil ishlar qilingan bayon etilgan. Shumer davridagi qadimgi kanallarning qoldiqlari janubiy Mesopatamiyaning ayrim tumanlarida, chunonchi, Umma viloyatida hozirga qadar saqlanib qolgan. Yоzuvlarga qaraganda bu kanallar Shunday katta bo‘lganni, ularda g‘alla ortgan katta-katta qayiqlar hatto kemalar ham bemalol yura olgan. Bu ulkan tashkiliy ishlarning hammasini davlat hokimiyati qilgan.
Sug‘orish sohasida katta-katta ishlarning tashkil etilishi, qo‘lini mamlakatlar bilan olib borilgan eng qadimgi ayriboshlash savdosining rivojlanishi va doimiy urushlar davlat xokimiyatini markazlashtirishni talab etgan. Qadimgi Shumerda ma’muriy hokimiyatni markazlashtirish yo‘lidagi dastlabki intilishlarni undagi “nubanda” unvoniga ega bo‘lgan oliy amaldorning vazifalari ham ko‘rsatib turibdi. Bu amaldorning unvonini Lagashdagi eramizdan avvalgi XXIV asrga mansub yozuvlarda ham uchraydi. Bu yozuvlarga qaraganda, mamlakatdagi barcha xo‘jalik hayotini idora qilish nubanda qo‘lida bo‘lgan. Nubandaning vazifasi va vakolati juda keng bo‘lgan. Bu davrdagi, ya’ni eramizdan avvalgi XXIV asrga oid yozuvlarga qaraganda nubanda dehqonchilik ishlarini, jumladan, sun’iy sug‘orish sistemasi bilan bog‘liq bo‘lgan er ishlarini o‘zi boshqargan.1
So‘ngra, yer ulashish, qishloq xo‘jaligi asboblari tarqatish va ularni remontga topshirish, oziq-ovqat omborlari va podsho xazinasini boshqarish ishlari ham Nubandaning vazifasiga kirgan. Nihoyat Nubanda davlat arxiviga va ayrim shaxslar o‘rtasida shartnomalar tuzish ishlarini olib boradigan fuqarolar palatasiga boshchilik qilgan. Bu davrda Shumer va Akkadda turli amaldorlardan iborat eng qadimgi mahkamalar tashkil qilingan. Masalan, xo‘jalik mahkamasi tarkibiga savdo ishlarini olib boruvchi maxsus agentlar-damkarlar kirgan. Damkarlar orasida “ulug‘ damkar patesi” alohida o‘rin tutadi. Bu ularning boshlig‘i vazifasini bajargan bo‘lishi ham mumkin. Maxsus ombor yoki oziq-ovqat omborlarini “duggur” deb ataluvchi maxsus amaldor boshqargan. Moliya soliq mahkamasi tarkibiga “mashkim” deb ataluvchi soliq yig‘uvchilar kiritilgan. Nihoyat harbiy qo‘mondonlar ya’ni gal-uku mansablari paydo bo‘la boshlagan. Bu esa shu davrda Shumer va Akkadda harbiy ishlarning ancha taraqqiy etganligini bildiradi.
Shumer va Akkad hududida eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikdayoq eng qadimgi shaharlar vujudga kelgan. Bu shaharlar ayrim mayda davlatlarning xo‘jalik, siyosiy va madaniy markazlari bo‘lgan. Mamlakatning eng janubiy qismida, Fors qo‘ltig‘ining sohilida Eridu deb nomlangan shahar qad ko‘targan. Ur shahri esa katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. YAqinda o‘tkazilgan qazish natijalariga qaraganda, Ur shahri qudratli bir davlatning markazi bo‘lgan. Butun Shumyerning diniy va madaniy markazi bo‘lgan Nippurda xudo Enlilning umum Shumer ziyoratgohi-ibodatxonasi joylashgan. Shumyerning boshqa shaharlari orasida qo‘lini Umma bilan doim kurash olib borgan Lagash, hozir esa Shirpurla deb ham atalgan shahar va Uruk shahri katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Rivoyatlarga qaraganda bir vaqtlar, Uruk shahrida qadimgi Shumer qahramoni Gilgamesh hokimlik qilgan.
Bu eng qadimgi davlatlardan ba’zilarining tarixi bizga ayrim shaharlarning xarobalaridan topilgan bir talay moddiy madaniyat va san’at yodgorliklaridan boshqa shaharlarning xarobalaridan topilgan ko‘pgina hujjatlardan ma’lumdir.
Ur xarobalaridan topilgan har turli ziynat buyumlari eramizdan avalgi uchinchi ming yillikning boshlarida texnikaning asosan, metallurgiyaning bir muncha o‘sganligini ko‘rsatadi. Shu davrdayoq misni qalay bilan qo‘shib, eritib bronza tayyorlay olganlar, meteorit temirini ishlatishni o‘rganganlar va zargarlik san’atida ajoyib natijalarga aynan Urliklar erishganlar.
Shumer podsholigining tashkil topishi Ur, Lagash va boshыa shaharlar ta’siridan chiqishiga eramizdan avvalgi 2373-2349 yillarda hukmronlik qilgan Lugalzaggisining o‘rni ancha sezilarli edi.
Lugal-zaggisi Lagashni tor-mor keltirish va istilo qilish bilan chegarallanmagan. Ummaning bu qudratli hokimi o‘z oldiga kengroq vazifani, ya’ni butun Shumer va butun Akkadni o‘z hokimiyati ostida birlashtirish vazifasini qo‘ygan. Sug‘orish tarmoqlarini markazlashtirish, Mesopatamiyaga doim bostirib kirib turuvchi chet el istilochilaridan, tog‘ va ko‘chmanchi qabilalardan mamlakatni mudofaa qilish zaruriyati butun Shumyerning qadimgi Sharq dispotiyasi tipidagi yagona yirik davlat bo‘lib birlashishini qattiq talaba qilar edi. Ana shu vazifani ham birinchi marta Lugal-zaggisi bajargan edi.
Bobilda ilmiy bilim sohasidan birinchi bo’lib matematika rivojlandi. Ular Shumerliklardan o’rgangan holda sanoqning o’nlik va oltmishlik sistemsidan foydalanganlar. Ular xatto 180000 gacha bo’lgan sonlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lishni bilganlar.
Matematika bilan birga astronomiya ham rivojlanib borgan. Bobilda rasadxonalar qurish ishiga katta e’tibor berilgan. Mari, ur, Uruk, Nippur va Bobil kabi qadimiy shaharlarda rasadxona qoldiqlari topib, o’rganilgan. Bobil munajjimlari kalendar tuzib, undan foydalanganlar. Bu kalendar yil 365 kundan iborat bo’lgan.
Хulоsа tаrzidа аytish mumkinki, Mеsоpоtаmiya jаhоn хаlqlаri tаriхi vа mаdаniyatining eng qаdimgi mаrkаzlаridаn biri sifаtidа shuhrаt tоpgаn. Bu yеrdа dаvlаtlаr bоshqа hudulаrgа nisаbаtаn ertаrоq shаkllаngаn. Sun’iy sug’оrishgа аsоslаngаn dеhqоnchilik hаm ilk bоrа shu mаmlаkаtdа qаrоr tоpib, hunаrmаndchilik vа sаvdо-sоtiq yuksаk dаrаjаdа rivоjlаngаn.


Download 64.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling