O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoqda


Download 64.12 Kb.
bet6/7
Sana20.12.2022
Hajmi64.12 Kb.
#1035201
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
АРАББОЕВ ТЎЛАНБОЙ

X U L O S A

Bizga ma’lumki, tarixda Shunday mamlakatlar va xalqlar borki, yillar o‘tishi bilan nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketadi. Shunday mamlakatlar va xalqlar bo‘ladiki, tarixda chuqur iz qoldirishi bilan birga, o‘z davrining yirik, gegemon davlatlaridan sanalib, o‘z atrofidagi va boshqa mintaqadagi xalqlarni va davlatlarning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘sha olgan. Ming-ming yillik tarixiy taraqqiyot davrida ham o‘z mavqiyini yo‘qotmagan bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida biz ko‘rib o‘tgan Mesopatamiya va Hindiston hududlaridagi qadimgi madaniyat o‘choqlari ana Shundaylardan hisoblanadi.


Ikkidaryo oralig‘i hududi xalqlari qadimda ancha qoloq, aholi kam yashaydigan botqoq, tashlandiq bir joyni asrlar ming yillar o‘tmishi tinimsiz mehnati natiajasida qadimgi Sharqdagi ulkan boy madaniyat o‘chog‘iga aylantira oldi. Tarixda Shumer Janubiy Mesopatamiyada shahar-davlat bo‘lib, u Ikkidaryo oralig‘ida markazlashtirilmagan bo‘lsada, ammo ilk dehqonchilik va hunarmandchilik markaziga aylantirildi, uning ta’sirida o‘rta va shimoliy Mesopatamiyada ham shahar davlatlar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, Shumer inqirozidan so‘ngra esa, butun Ikkidaryo oralig‘ini birlashtirgan, markazlashgan Akkad davlati vujudga keldi. U nafaqat, ikkidaryo oralig‘i hududlarini balki uning atrofidagi hududlarga va Hindistonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazaolgan davlat darajasiga chiqdi. Mesopatamiya hududidagi manzilgohlarni qadimda Sharq xalqlari madaniyati beshigi bo‘lgan deb atay olamiz. Tarixiy jarayon bevosita bu hudud dovrug‘ini hozirgi kungacha olamga yoyib kelmoqda. Hindiston tarixini o‘rganishimiz asosida Xarappa va Mohinjo-Daro madaniyatlarini tilga olmay o‘tolmaymiz. Chunki, Qadimgi Hindiston madaniyatining asosini shu hududlar belgilab beradi. Hindistonda urug‘chilik munosabatlarining emirilishi jarayonida Hind daryosi bo‘yida aholining o‘troqlashib, sun’iy sug‘orish bilan shug‘ullanish, dastlabki qishlqolar rivojlanishi natijasida hunarmandchilik, dehqonchilik taraqqiyoti, pirovardida shahar va shahar-davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Tarixiy taraqqiyot shuni isbotlab beradiki, har bir hudud shahar-davlatlari taraqqiyoti bosqichi to‘g‘ri belgilab berilsa, boshqaruv tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, albatta bu rivojlanib, bir necha hududlarni birlashtirgan, har davlatga aylana oladi. Xarappa va Mohinjo-Daro hududlari arxeologik jihatdan tekshirilib o‘rganilishi natijasida Shunday xulosaga kelindiki, ancha taraqqiy etgan ishlab chiqarish va savdo-sotiq to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan shahar-davlat qoldig‘i hisoblanadi. Chunki bu hudud nafaqat butun Hindiston, Xitoy, Ikkidaryo oralig‘i va O‘rta Osiyo bilan savdo aloqalari olib borgan. Sopolli madaniyatini qazib o‘rganish jarayonida topilgan hunarmandchilik buyumlari, yozuvi bir-biriga o‘xshab ketadi, bu shundan dalolatki, ota-bobolarimiz savdo aloqalarida qadimdayoq ancha natijaga erishgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Qadimgi Sharq xalqlari bir-biri bilan doimiy uzviy aloqada bo‘lib, ular Misr, Mesopatamiya, Hindiston, Xitoy va O‘rta Osiyo hududlarida dastlab ko‘chib yurishgan bo‘lsa, keyinchalik o‘troq hayot kechirishgan va o‘z vatanlarini vujudga keltirshgan. Mavzu nima sababdan aynan Mesopatamiya va Hindiston davlatlari misolida olindi.
Birinchidan, Mesopatamiyaning qadimiyligi va madaniyatining tarqalishi imkoniyatlari va atrofdagi hududlarga ta’siri hisobga olingan bo‘lsa, ikkinchidan, bu ikki hudud bir-biri bilan uzviy bog‘liq taraqqiyot bosqichida bir-birini to‘ldirib turgan, bir-biriga ta’siri kuchli bo‘lgan. Uchinchidan, savdo aloqlarida bir-biriga ko‘makchi bo‘lib, Sharq savdosida muhim o‘rin egallagan edi.
To‘rtinchidan, bu ikki hudud tarixi ham qadimiyligi jihatidan bir-biridan qolishmaydi.
Shunday qilib, qadimgi Sharq tarixini Mesopatamiya va Hindiston tarixisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular o‘z davrining ilg‘or har tomonlama rivojlangan davlatlari bo‘lishi bilan birga hozirda ham ilmiy fan jumladan, tarix fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan madaniyat o‘choqlari bo‘lib hisoblanadi.



Download 64.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling