O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi


-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar


Download 50.61 Kb.
bet5/5
Sana04.02.2023
Hajmi50.61 Kb.
#1163980
1   2   3   4   5
Bog'liq
tarix fani

5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyaning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga olib keladi:

  • tarix fani sohasini rivojlantirish butunlay yangicha asosda va tizimli ravishda amalga oshiriladi, jarayonni samarali boshqarish imkoni tug‘iladi;

  • ilmiy faoliyatni maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish, kattadan-katta moliyaviy harajatlardan muayyan samara olish mumkin bo‘ladi;

  • o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi bo‘yicha butunlay yangicha, milliy manfaatlarimizga mos ilmiy yondashuvlar asosidagi teran turkum asarlar tayyorlanadi va shu tariqa, sovet tarixchilik maktabi tomonidan qurilgan, hozirgacha saqlanib kelayotgan poydevor yo‘qotiladi, adabiyot, san’at asarlari, milliy axborot makoni uchun o‘ziga xos ilmiy-manbaviy asos tug‘iladi;

  • chuqur bilimga ega, ijodiy va tizimli fikrlaydigan, milliy ruh bilan sug‘orilgan ilmiy xodimlar avlodi shakllanadi;

  • oliy ta’limda tarixchi mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangicha, ilmiy muassasalar bilan uzviy bog‘langan tizimi yaratiladi;

  • tarix yo‘nalishidagi ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarning moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish darajasi yuksaladi;

  • qadim, boy va noyob tarixiy merosimizni milliy va xorijiy darajada targ‘ib etishning yangicha va samarali tizimi yaratiladi.

Download 50.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling