O‘zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
-bob. Tarix fani sohasini rivojlantirishning
Download 50.61 Kb.
|
tarix fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish
4-bob. Tarix fani sohasini rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari Tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari: tarix fani sohasidagi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish tizimini yaratish; ilmiy tadqiqot, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy faoliyatining tarix fani sohasini rivojlantirishdagi ixtisoslashuvini joriy qilib borish; ilmiy daraja olish uchun tayyorlanayotgan dissertatsiyalar sifatini tubdan yaxshilash; tarix fani va tarix ta’limining uzviy bog‘liqligiga erishish, tarix bo‘yicha mutaxassislarni maqsadga muvofiq tayyorlash tizimiga o‘tish; tarix fani sohasini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish, jumladan, mablag‘larning asosiy qismini davlat buyurtmasi doirasida bajaraladigan loyihalarga yo‘naltirish; milliy manfaatlarimizga mos tarixiy tafakkurni izchil shakllantirish, ilmiy natijalarni ommalashtirish va tijoratlashtirishning zamonaviy va ta’sirchan tizimini yaratishdan iboratdir. 4-bob. Tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Tarix fani sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish: Fanlar akademiyasining Tarix institutini tarix fanini rivojlantirish bo‘yicha tayanch ilmiy muassasa etib belgilash, institut qoshida Tarix fani sohasidagi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish respublika kengashini tuzish; Tarix fani sohasidagi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish respublika kengashida 2021-2030 yillarda tadqiq etiladigan bosh ilmiy yo‘nalish va mavzularni belgilash va barcha ilmiy hamda moliyaviy imkonlarni ularni amalga oshirishga yo‘naltirish; ilmiy tadqiqot, oliy ta’lim muassasalarining mustaqillik yillarida olib borgan ilmiy faoliyatining har tomonlama tahlili natijalariga ko‘ra ularda tarix fanining tegishli yo‘nalish, mavzulari bo‘yicha ilmiy maktablarni shakllantirib borish; 2021-2030 yillarda tadqiq etiladigan bosh ilmiy yo‘nalish va mavzulardan tashqari ixtiyoriy yo‘nalish va mavzularni rag‘batlantirish; ilmiy daraja olish uchun tayyorlanadigan ilmiy ishlar mavzulari omborini yaratish, ular bo‘yicha tadqiqotlar olib borish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash; tegishli ilmiy va oliy ta’lim muassasalariga ilmiy daraja berish bo‘yicha ilmiy kengash faoliyatini mustaqil tashkil etish huquqini berish; milliy va xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, tayanch doktorantura va doktoranturaga tayyorlanish va kirish tartibini ishlab chiqish, jumladan, tayanch doktorantura va doktorantura o‘rinlari berilgan ilmiy va oliy ta’lim muassasasiga dissertatsiya mavzularini belgilash huquqini berish; tarix fani va tarix ta’limining uzviy bog‘liqligiga erishish, tarix bo‘yicha mutaxassislarni belgilab qo‘yilgan bosh ilmiy yo‘nalish va mavzular, yaqin, o‘rta, uzoq kelajak mo‘ljallariga ko‘ra maqsadga muvofiq tayyorlash tizimiga o‘tish, jumladan, 2021-2022 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarining tarix yo‘nalishlaridagi ixtisosliklarni qayta ko‘rib chiqish; oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy tadqiqot muassasalarida amaliyot o‘tashlarini haq to‘lanadigan shartnomaviy asosda yo‘lga qo‘yish; bazaviy molyalashtirish va davlat ilmiy dasturlari doirasidagi loyihalarini moliyalashtirish manbalarini birinchi navbatda 2021-2030 yillarda tadqiq etiladigan bosh ilmiy yo‘nalish va mavzularga yo‘naltirish; Tarixchilar jamiyati faoliyatini tanqidiy tahlil qilgan holda, uning ishini tubdan yaxshilash, jumladan, zamon talablariga mos nizomini ishlab chiqish, yangi tuzilmasini tasdiqlash, “yo‘l xartisa”ni ishlab chiqish, moliyaviy manbalarini aniqlashtirish; YAhyo G‘ulomov nomidagi “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik o‘qishlari”, “Elshunoslik o‘qishlari” umummilliy yig‘inlarini tashkil etish; ilg‘or va yangicha yondashuvlarni o‘zida aks ettirgan muqobil darslik va o‘quv qo‘llanmalarining yangi turkumini ishlab chiqish; tarixiy mavzudagi multimedia mahsulotlarini yaratish va muzeylar hamda maxsus veb saytlar orqali tarqatish; ta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim uchun darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, adabiyotlarning yangi avlodini yaratish; 2023 yildan tarix fani o‘qituvchilari salohiyati bo‘yicha Milliy sertifikatlash tizimini joriy etish, milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirishni amalga oshirish; tarix fanini rivojlantirish, ommalashtirishga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan teran tadqiqotlar, ta’lim muassasalari uchun darsliklar yaratgan olimlarni mukofotlash maqsadida Ibrohim Mo‘minov nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish; O‘zbekiston tarixi bo‘yicha nashr ishlarini moliyalashtirishni tizimli yo‘lga qo‘yish va uni amalga oshirish; o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, o‘zbek millati va davlatining turli yo‘nalishlarda kishilik sivilizatsiyasida tutgan tengsiz o‘rnini yoritish orqali xalqimiz, ayniqsa, yoshlarda millat va yurtsevarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirib borish, o‘zbeklar va O‘zbekistonni dunyo bo‘yicha tanitish maqsadida “O‘tgan kunlar” internet-portali (veb-saytini) yaratish; ko‘p jildik “Turon” tarixiy qomusini yaratish; “O`zbekiston tarixi” telekanali faoliyatini tubdan yaxshilash, ko‘rsatuvlarning ilmiylik, ommaboplik, tayyorlash bo‘yicha sifatini oshirish, tarixiy tafakkurni shakllantirishdagi ta’sirchanligini kuchaytirish; o‘tmishdagi ulug‘ shaxslar, buyuk tarixiy voqealarni (siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy va boshqalar) suratlarda aks ettirish orqali tarixiy rassomchilik milliy maktabi yaratish; tarixiy shaxslar, voqealar, jumladan, o‘zbek xalqining ilm-fan, madaniyat sohasidagi olamshumul yutuqlari bilan bog‘liq mavzular asosida kompyuter o‘yinlarini yaratish; O‘zbekiston tarixining barcha davrlariga oid har xil turdagi manbalarning, jumladan, arxeologik, numizmatik, epigrafik, etnografik, tarixiy solnoma, xotiralar (memuar), geografik, agiografik, og‘zaki tarix, xalq dostonchiligi, diniy va huquqiy xarakterdagi manbalarning izohli ko‘rsatkichini tayyorlash; jamoatchilik, ayniqsa, yosh avlodda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixidagi buyuk tarixiy shaxslar, yirik voqealar haqida tasavvur hosil qilish maqsadida “O‘zbekning ulug‘lari”, “O‘zbekning buyuk ishlari”, “O‘zbek sulolalari”, “O‘zbek sarkardalari”, “Buyuk tarixiy voqealar”, “Siz bilganlarning siz bilmagan tarixi” ruknlari ostida ilmiy-ommabop risolalar, ko‘rgazmali qurollar, qo‘llanmalar tayyorlash; O‘zbekistonning tarixiy maskanlari xaritasini ishlab chiqish, tarixiy joy, shaxs va ashyolar haqida bir necha tilda ilmiy-ommabop risolalar tayyorlash va chop etish; tarix yo‘nalishidagi jurnallarning xalqaro elektron nashrini yo‘lga qo‘yish, xalqaro bazalarda indeksatsiya qilish, impakt faktor olish ishlari orqali ta’minlanadi. Download 50.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling