O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi davlat siyosati 1 modul reja


Download 129.76 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi129.76 Kb.
#163345
Bog'liq
2- mavzu


2-MAVZU: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi davlat siyosati

1.1 MODUL

Reja:

  • 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma’ruzasi
  • 2. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Har bir oila – tadbirkor” dasturlari doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari
  • 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020 –“Ilm – ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da jamiyat hayotini yangilashning dolzarb vazifalari

Tayanch iboralar: demokratik jamiyat, erkin bozor iqtisodiyoti, Xalq bilan muloqot, Harakatlar Strategiyasi, Yoshlar oid davlat siyosati, islohot, modernizatsiya, integratsiya, konstitutsiya, taraqqiyot kafolati.

  • Tayanch iboralar: demokratik jamiyat, erkin bozor iqtisodiyoti, Xalq bilan muloqot, Harakatlar Strategiyasi, Yoshlar oid davlat siyosati, islohot, modernizatsiya, integratsiya, konstitutsiya, taraqqiyot kafolati.

2.1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‘zlangan maqsad – “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat.


Strategiya – bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda.

Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat.



Birinchidan, Umumxalq muhokamasidan so‘ng besh yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Bu strategiyani ishlab chiqishda biz o‘zimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik.

Ikkinchidan, Strategiya – bu yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. Bizning maqsadimiz – yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat.

Uchinchidan, Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.


2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat bergaysiz. Bugun biz shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo miqyosida manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib bormoqda.

Biz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz, xalqaro maydondagi ana shunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor yo‘nalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz zarur. 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi



Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi. Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi so‘nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko‘paytirildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli, aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi. Bu yildan boshlab, soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ qoldirildi.  Bu, o‘tgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa – shunga e’tibor berishingizni so‘rayman – 32 barobar ko‘pdir. 

O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida o‘z an’analariga doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e’tibor qaratiladi.  Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat – “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi.  Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017 yil sentabr oyida Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi..

Bizning taklifimizni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 ta davlat keng qo‘llab-quvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning sa’y-harakatlariga berilgan yuksak baho va e’tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori


[1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PF-5313-sonli Farmon.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon.



“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq:

1. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturini Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida amalga oshirish boshlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. 2018 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) amalga oshirilsin.


«Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo‘ladi? Shuni hozirdan chuqur o‘ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz»

  • «Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo‘ladi? Shuni hozirdan chuqur o‘ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz»
  • Shavkat Mirziyoyev.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF 5712-sonli farmoni

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi

Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-meʼyoriy asoslari mustahkamlandi. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab taʼlimi tizimi tiklandi. Soʻnggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumtaʼlim maktabi yangidan qurildi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020 – “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da jamiyat hayotini yangilashning dolzarb vazifalari

Ta’lim yo‘nalishida murojaatnomada belgilangan vazifalar quyidagicha bo‘ldi:


  • maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovi 25 foizdan 50−60 foizga yetkaziladi;
  • OTM davlat granti asosida qabul ikki barobar oshiriladi, shuningdek, qizlar uchun alohida davlat grantlari joriy etiladi;
  • o‘qishga kirish soddalashtiriladi;
  • ona tili bo‘yicha bilimlarni baholashning milliy test tizimi paydo bo‘ladi;
  • mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga kamayadi;
  • oliy ta’lim o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi joriy etiladi;
  • pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilanadi;
  • 10ta OTM o‘zini-o‘zi moliyalash tizimiga o‘tib, kamida 5ta OTM transformatsiya qilinadi.

NAZORAT SAVOLLARI
  • BMT Bosh Assambleyasining qarori bilan 1946 yil 11 dekabrda ikkinchi jahon urushida azob chekkan, jarohatlangan bolalarga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tashkilot bu-....?
  • — BMT qoshidagi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha maxsus tashkilot. .......- 1945 yil 16 noyabrda tashkil etilgan. Tashkilotning shtab-kvartirasi Parijda joylashgan. BMT ga a’zo mamlakatlarning deyarli barchasi ........ a’zosi hisoblanadi. .......ning asosiy maqsad-vazifalari quyidagilardan iborat: davlatlarning ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorligini kuchaytirish orqali jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash; insonning irqi, tili, dini, jinsidan qat’iy nazar uning asosiy erkinliklari va huquqlarini hurmat qilish; qonuniylikni va adolatni qaror toptirish; savodsizlikka qarshi kurash; milliy-ma’naviy meroslarni o‘rganish; fan va ta’lim muammolari bilan shug‘ullanish; milliy kadrlar tayyorlash va sh.k.
  • Fuqarolarni tegishli NNT, jamiyat birlashmalari va xakozolar orqali davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokni ta’minlashni ustuvor maqsadi etib belgilab olgan institutlari bu- .....?

E’tiboringiz uchun rahmat!!!

  • E’tiboringiz uchun rahmat!!!

Download 129.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling