O'zbekiston respublikasida yaim ning xarajatlar ko'ra tarkibi tahlili Reja


Download 81 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi81 Kb.
#1410087
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22. o\'zbekiston respublikasida YAIM ning xarajatlar ko\'ra tarkibi tahlili


o'zbekiston respublikasida YAIM ning xarajatlar ko'ra tarkibi tahlili
Reja:

  1. Milliy iqtisodiyotni taxlil qilishda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar.

  2. Yalpi ichki maxsulot tushunchasi.

  3. YAIM ni ishlab chiqarish usulida aniqlash.

  4. YAIM ni xarajatlar bo`yicha xisoblash.

  5. YAIM ni daromadlar(taqsimot usuli) bo`yicha xisoblash.


1. Milliy iktisodiyotni taxlil kilishda ko`llaniladigan asosiy
ko`rsatkichlar
Mamlakat iktisodiyoti rivojlanishini taxlil kilish, milliy iktisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniklash xamda uni yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chikarish uchun bir kator iktisodiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Aloxida firmalar faoliyatiga baxo berishda ko`llaniladigan ko`rsatkichlardan farkli tarzda bu ko`rsatkichlar milliy iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatiga umumiy baxo berish, makroiktisodiy taxlil o`tkazish, mamlakat iktisodiyotining jaxon xo`jaligida rakobatga bardoshliligi darajasini aniklash imkonini beradi. 
Bu ko`rsatkichlarga kuyidagilar kiradi:
· YAlpi ichki maxsulot (YAIM), Sof ichki maxsulot (SIM), YAlpi milliy daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste`mol(S), Jamgarish (S) ko`rsatkichlarining xajmi va o`sish sur`atlari;
. iktisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
. mamlakat eksporti va importi xajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o`sish suratlari;
. resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko`rsatkichlar (Mexnat unumdorligi, Fond kaytimi);
· davlat byudjeti takchilligi, deflyator, iste`mol baxolari indeksi, inflyatsiyaning o`sish sur`atlari;
· ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, axolining ish bilan bandlik darajasi;
· axolining moddiy ne`matlar va xizmatlar iste`moli xajmi, ularning jamgarmalari, ish xakining kuyi mikdori va boshkalar.
Davlat byudjeti takchilligi va inflyatsiya surati kabi ko`rsatkichlar umumiy makroiktisodiy vaziyatga baxo berishda ko`llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, S, S ko`rsatkichlari milliy ishlab chikarishning parametrlarini va dinamikasini taxlil etishda foydalaniladi.
Bu ko`rsatkichlar iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniklanib, ularni xisoblashning asosini Milliy xisobchilik tizimi(MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o`tagani xolda uning standartlaridan kelib chikkan xolda makroiktisodiy ko`rsatkichlarni xisoblash, mamlakatlararo takkoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iktisodiyotining xakikiy xolatini o`rganish, unga tizimli baxo berish uchun yukorida sanab o`tilgan barcha ko`rsakichlardan foydalanish zarur, aks xolda bir tomonlama yondoshuvga yo`l ko`yilishi mumkin.

Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling