Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, Ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir maʼlumotlar


Download 93.61 Kb.
bet6/10
Sana05.10.2023
Hajmi93.61 Kb.
#1692628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-hafta

Uchinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrda uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi.
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino, bundan ming yil oldin “Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi”, deb bejiz aytmagan.
Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga keladigan mehmonlar bu yerda buyuk allomalarimizning bebaho merosi namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi.
Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 y. da vafot etdi.
I. S. 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning "Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina I. S. metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abu-lhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga ko'ra, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi.
katta.
Ibn Sino portretiga bilan 20 Tojikiston Somoniy Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini yaratdi. 1014 y. olim Jurjonni tark etib, Rayga kuchdi. Ibn Sino Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani da-voladi va shu sababli saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchlirok, boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bo'lib ishlaydi, so'ng vazirlik mansabiga ko'tariladi. Davlat ishlari bilan band bo'lishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va qator asarlar yaratadi. "Tib qonunlari"ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur falsafiy qomusi — "Kitob ash-shifo" ni ham shu yerda yozishga kirishadi. "Tib qonunlari" ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.
Ibn Sino Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga ko'ra, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidan.
Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha davrga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning , xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. Ibn Sino ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi. Ibn Sinoning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N.I.Pirogov Ibn Sinoning izdoshi deyishga asos beradi.
Ibn Sinoning tibga oid yozgan asarlarining 30 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan, ularning orasida "Qonun" kabi tibbiy ensiklopediya bilan bir qatorda tibning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan turli hajmdagi "Urjuza fi-ttibb" ("Tibbiy ur-juza"), "alAdviyat alqalbiya" ("Yurak dorilari"), "Dafʼ almadorr al-kulliya an-al-abdon al-insoniya" ("Inson badaniga yetishgan barcha zararlarni yoʻqotish"), "Kitob al-qulanj" ("Qulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-nnabz" ("Tomir urishi haqida makr-la"), "Risola fi-l-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida risola"), "Risola fi tadbiri al-musofirin" ("Safardagilarning tadbiri haqida risola"), "Risola fi xifz as-sihha" ("Sogʻliqni saqlash haqida risola"), "Risola fi-s-sikanjubin" ("Sikanjubin haqida risola"), "Risola fi-lfasd" ("Qon olish haqida r.isola"), "Risola fi-lhindabo" ("Sachratqi haqida risola") kabi risolalar ham bor.
Daho kashfiyotlari bilan dunyo ilm-faniga bebaho hissa qo‘shgan olim Muhammad al-Xorazmiydir. Uning tarjimai holi va bolaligi bilan bog‘liq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq 800-yillarning boshlarida Xurosonning Bog‘doddagi hokimi – Ma’mun ibn Xorun ar-Rashidning saroyiga taklif qilinganligi inobatga olinsa, u ona yurti Xorazmda ta’lim olib, yigirma yoshlaridayoq mashhur olim bo‘lib ulgurganligini ko‘rish mumkin. 813 yilda Ma’mun xaliflik tojini egallaydi va Marvda atrofiga yig‘ilgan olimlar bilan birga Bog‘dodga ko‘chib o‘tadi. Ma’mun ilm-fan tarixida “Bog‘dod akademiyasi” deb nomlanmish “Bayt al-hikma”ga (“Donishmandlar uyi”) asos soladi. Muhammad al-Xorazmiy umrining oxirigacha ushbu ilmiy markaz boshqaruvchisi bo‘lgan. Bu yerda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan arab Sharqining ko‘plab olimlari ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular uchun qadimiy qo‘lyozmalarga boy kutubxona hamda maxsus qurilgan observatoriya xizmat ko‘rsatgan.
Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva – 850, Bagʻdod) – matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uningXurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813–833), soʻng al Moʻʼtasim (833–842), al Vosiq (842–847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab.
Muhammad al-Xorazmiy 20 dan ziyod ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan, ulardan 7 tasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Jumladan:
“Fi xisab al-Hind” (arab tilidagi “Hindcha hisob haqida kitob”) – o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini ifodalovchi va nol belgisi bor, to‘qqizta raqamni bayon etuvchi asar.
“Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” (arab tilida yozilgan “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) – muallif tomonidan algebra fan sifatida ko‘rilib, “Algebra” deb nom olgan kitob.
Ziji al-Xorazmiy (arab tilida yozilgan (“Zij”) “Astronomik jadval”) – sinuslarning trigonometrik funksiyalari keltirilgan kichik nazariy bo‘lim va jadvallardan tashkil topgan asar.
“Kitob surat al-arz” (arab tilida yozilgan “Yer surati kitobi”) – O‘rta asrlarda ilk bor odamzod yashayotgan yer sayyorasining sharqiy yarmi, undagi mamlakatlar, Tinch okeani (Bahr al-muzallam) hamda sayyoramiz xaritasi keltirilgan geografik risola. Jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi
Muhammad al-Xorazmiy matematika, astronomiya va geografiya fanlariga, ular orqali jahon sivilizatsiyaga ulkan hissa qo‘shdi.
1. O‘nlik pozitsion hisobni ifodalovchi, nol belgisi bor to‘qqizta raqamni bayon etuvchi sanoq tizimiga asos soldi.
2. Fan sifatida algebrani yaratdi va unga shu nomni berdi.
3. Yevropa ilm-fanida “Algoritm” deya nom olgan aniq va tushunarli qoidalar orqali ilmiy va ta’limiy asarlarning yangi usulini ishlab chiqdi va ularni yo‘lga qo‘ydi. Lotin tilida “algoritm” talaffuzi uning ismi – al-Xorazmiyga tenglashadi. Mazkur – algoritm tushunchasi butun zamonaviy raqamli axborot va kompyuter texnologiyalari tushunchasi asosini tashkil qiladi. Aynan ushbu usul orqali Muhammad al-Xorazmiy asarlarining bayoni keng ommaga tarqalgan. Yuqorida keltirilgan xizmatlari bilan bir qatorda, hozirgi kunda ma’lum bo‘lishicha, u qutb nuqtalaridan foydalangan.
4. Muhammad al-Xorazmiyning (“Ziji”) Astronomik kitobida Quyosh, Oy, beshta sayyora, matematik jo‘g‘rofiya masalalari, trigonometriya, Quyosh va Oyning tutilishi kabilar ko‘rib chiqilgan. 1126 yil kitob lotin tiliga, 1914 yili nemis, 1962 yili ingliz tiliga tarjima qilingan.
5. Muhammad al-Xorazmiyning jo‘g‘rofiyaga oid asarlarida yerning o‘sha vaqtlardagi ma’lum joylari bayon qilingan. Asarda joylar aniq xarita, u yerdagi daryo, dengiz va okeanlari, soni 2402 ga yetuvchi muhim aholi soni bilan keltirilgan. Bu – O‘rta asrlarda yozilgan arab tilidagi ilk jo‘g‘rofiy asar bo‘lgan. Mazkur iqlim nazariyasi jo‘g‘rofiya rivojida muhim o‘rin tutgan.

Download 93.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling