O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida
Download 212.16 Kb. Pdf ko'rish
|
4.Iqtisod(1)
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida” gi Farmonida mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O'zbekistonning munosib o'rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan qayd etib o'tilgan. SHu bilan birga, mazkur Farmonda kelgusi 2017-2021 yillarda milliy iqtisodiy tizida amalga oshirilishi lozim bo'lgan yo'nalishlar va vazifalar ham o'z aksini topgan. 2017 — 2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro'yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog'i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. Qurilish tarmog'ida maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish quyidagilarni nazarda tutadi: Aholi va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; aholining moddiy etiyojlarini ta'minlashda bozorlar faoliyatini takomillashtirish, yangi va zamonaviy savdo infratuzilmalarini barpo etish; aholiga transport xizmati ko'rsatishni tubdan yaxshilash, yo'lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtosalon, avtovokzal va avtostantsiyalarni qurish hamda rekonstruktsiya qilish; yo'l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruktsiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish, xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, aholi punkti ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash; yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg'i-energiya resurslari bilan ta'minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo'yicha chora- tadbirlarni amalga oshirish; teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma'rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Mazkur ustuvor vazifalarni hal etishda milliy kompaniyalarning mablag'lari bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalar oqimining alohida o'rni mavjud. Hududlarda bozor munosabatlarini joriy etilishi, narxlarni erkinlashtirilishi, mulkchilikning turli shakllarini barpo etilishi, erkin raqobatni tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo'ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi, ayniqsa, xususiy mulkning rivojlanishi munosabati bilan qurilish kapitalining shahar va qishloq joylardagi hajmi, uning oqimi, taqsimlanishi tezlashdi. Farg'ona viloyatida 2018 yilning yanvar-dekabr holatiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining 45,0 % i yirik tashkilotlarga to'g'ri kelib, 2241,4 mlrd.so'mni tashkil etdi hamda o'tgan yilning mos davriga nisbatan 140,9 % ni tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalarda esa 52,6 % ga tog'ri kelib jami 2 616,7 mlrd.so'mni tashkil etdi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 155,2 % ni tashkil qildi. SHuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan 120,3 mlrd.so'm investitsiayalar jalb qilinib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 100,6 % ga o'sdi. Farg'ona viloyatida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Markazlashgan investitsiylar jami 647,4 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 151,6 % ni tashkil etdi. SHu jumladan: 1. Respublika byudjeti mablag'lari 140,9 mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga nisbatan 54,8 % 2. Byudjetdan tashqari fond mablag'lari 347,2 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 302,9% - Respublika yo'l fondi 63,0 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 213,3 % - Sog'liqni saqlash hamda ta'lim muassasalarini rekonstruksiya va capital ta'mirlash fond mablag'lari - 210,8 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 281,7 % - Erlarni meliorativ holatini yaxilash fond mablag'lari- 17,5 mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga 170,5 % - Oliy o'quv yurtlari moddiy texnik bazasini rivojlantirish fondi- 55,9 mlrd.so'm. 3. Bolalar sporti fondi - 45,0 mlrd.so'm , o'tgan yilning mos davriga nisbatan 420,4 % 4. Kafolat ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlaar- 114,3 mlrd.so'm, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 256,7 foizga ortgan. Markazlashmagan investitsiyalar jami 4331,0 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 163,9 % ni tashkil etdi. SHu jumladan Korxona mablag'lari 1397,9 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 125,5 % ni tashkil etdi. Tijorat bank kreditlari 885,5 mlrd.so'mni tashkil qilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 173,3 % ni tashkil etdi. Farg'ona viloyatiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jami 1136,0 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 554,0 % ni tashkil etdi. Korxona va aholi mablag'lari 2300,0 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 120,8 % ni tashkil etdi. Mahalliy byudjet mablag'lari 167,9 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 201,6 % ni tashkil etdi. SHuningdek xorijiy investitsiyalar 1030,9 mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 baravarga ortgan. Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkillashda xarajatlarning qiymatini aniqlash shaharsozlik Kodeksi, Uy-joy Kodeksi, amaldagi QMQ, SHNQ va boshqa me'yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur diplom ishining iqtisod qismida Andijon viloyati, Asaka shahrida qurilishi mo'ljallangan yangi zamonaviy avtomobillar savdosi bo'yicha ko'rgazma zali va savdo majmuasining dastlabki qiymatini aniqlash bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgan.
Qurilish industriyasining o'ziga jihatlaridan yana biri barpo etilayotgan savdo va biznes majmualari, ko'rgazma va savdo komplekslari, sanoat, qishloq xo'jalik mahsulotlari,ayniqsa, avtomobillar bilan savdo qiluvchi bozorlarining yakka tartibda, yagona buyurtmaga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qurilish mahsuloti bo'lgan har qanday ob'ektning yana bir xususiyati mahsulot ishlab chiqarishning uzoq davom etishida yaqqol namoyon bo'ladi. Bu esa o'z navbatida qurilish davomida mahsulot, hom-ashyo, materiallar, yoqilg'i, transport va boshqa xarajatlarini inflyatsion oqimga ta'sirchanligiga sabab bo'ladi. Qurilish tarmog'ida yaratilayotgan mahsulot asosan ochiq usulda, ya'ni ochiq maydonda, ob-havo ta'sirida bo'lishi ham qurilish mahsuloti sifati va bahosiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Qurilishning ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarini hisobga olgan
holda loyihalanayotgan majmuaning dastlabki smeta qiymati va uni tarkibidigi xarajatlarning moddalar bo'yicha hisob-kitobini amalga oshirish zarur bo'ladi. Dastlab,avtosalon va ko'rgazma zalining qurilishiga sarflanadigan mehnat resurslarining miqdoriy ko'rsatkichlari aniqlanadi. Loyihalanayotgan bino uchun bu ko'rsatkich qurilish davri uchun 61254 kishi/soatni tashkil etadi. SHundan so'ng, ishchilarni oylik ish vaqti fondi aniqlanadi: 511 million so'mga teng bo'ladi. Bu ko'rsatkichga boshqaruv xodimlarining ish haqi kiritilmaydi. Ko'rgazma zali va avtosalon qurilishining smeta qiymatini aniqlash bo'yicha HISOB-KITOBLAR
Xarajat moddalari
O'lchov bir. Hajmi
1.
Ob'ektning umumiy maydoni
kv.m. 13780 2.
Asosiy qurilayotgan binoning foydali maydoni
kv.m. 3890 3.
Ko'kalamzorlashtirish maydoni
kv.m. 2450 4.
Yo'l va yo'lkalar
kv.m. 7270 5.
Ish vaqti fondi
kishi/soat 61254 6.
Quruvchilarni ish haqi
ming so'm 511471 7. Yagona ijtimoiy to'lov (12%) ming so'm 61377
8.
Mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari ming so'm 281309 9.
Қурилиш
материаллари, конструкциялари ва ашёлари учун харажатлар ming so'm 2301619 10.
Tayyorlash-ombor xarajatlari ming so'm 46032 11.
Qurilish materiallari, konstruktsiyalari va ashyolarini tashish xarajatlari ming so'm 115081 12.
Mebel, jixoz va inventar xarajatlari ming so'm 1176127 13.
Jami to'g'ri xarajatlar ming so'm 3316889
14. Tavakkalchilik koeffitsienti ming so'm 33169
15.
Qurilish tashkilotining boshqa bevosita xarajatlari va daromadi ming so'm 636843 16.
Qurilish ob'ektini sug'urtalash ming so'm 10614 17.
Loyiha-smeta xujjatlari tayyorlash ming so'm 66338 18.
Ustama xarajatlar ming so'm 746963 19.
Qurilish qiymati (QQS siz) ming so'm 4063852
20. Qo'shilgan qiymat solig'i ming so'm 609578
21.
Qurilish qiymati (QQS bilan) ming so'm 4673430
Yagona ijtimoiy to'lov xarajatlari 2019 yildan pudratchi tashkilotlar uchun ish haqi fondining 12 foizini tashkil etadi yoki bu ko'rsatkich 61 million 377 ming so'mga teng. Ob'ektni qurilishida jalb etiladigan mashina va qurilish mexanizmlarining umumiy xarajatlari qariyb 281 million so'mni, qurilish xom- ashyosi,materillari va konstruktsiyalariga xarajatlarning umumiy summasi 2 milliard 301 million so'mni tashkil etadi.
Umumiy holda, jami to'g'ri (bevosita) xarajatlar 3 mlrd.316 mln. 889 ming so'mni tashkil etadi. Qurilish-montaj ishlarining umumiy qiymati qo'shilgan qiymat solig'i bilan 4 milliard 673 million 430 ming so'mni tashkil etadi.
Download 212.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling