O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya to‘g‘risida"gi 295-xii-sonli Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, №8, 193-modda


Download 113.68 Kb.
bet11/15
Sana02.05.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1423198
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O‘RQ-436 13.06.2017

34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–336-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 9/2, 245-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 24-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi”.
35-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 51-moddaning 5-bandidagi “aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar)” degan so‘zlar “aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 52-modda birinchi qismining 5-bandi “xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar” degan so‘zlardan keyin “mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 64-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar” degan so‘zlar “tibbiy buyumlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 71-modda birinchi qismi 1-bandining oltinchi xatboshisidagi “hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari” degan so‘zlar “hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 72-modda 1-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari”.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling