O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya to‘g‘risida"gi 295-xii-sonli Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, №8, 193-modda


Download 113.68 Kb.
bet1/15
Sana02.05.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1423198
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O‘RQ-436 13.06.2017




O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 25-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 27-mayda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi 295–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda) 11-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “hamda dori-darmon-texnikaviy xomashyoni” degan so‘zlar “dorivor o‘simlik xomashyosini va dori moddalarini (substansiyalarni)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11–12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning:
2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq boshqa obyektlar ham kiritilishi mumkin”;
3-bandi:
1-kichik bandidagi “(2005-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra) bir milliard so‘mdan” degan so‘zlar “eng kam oylik ish haqining yuz ming baravaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-kichik bandidagi “hududiy qozonxonalar, tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari. Avtomobillarga yonilg‘i quyish va gaz to‘ldirish stansiyalari” degan so‘zlar “tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5, 13 va 14-kichik bandlari chiqarib tashlansin;
15-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15) muhandislik infratuzilmasi obyektlari: tuman markazlari va shaharlarning elektr, issiqlik, gaz ta’minoti, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi”;
17-kichik bandi chiqarib tashlansin;
24-kichik bandidagi “muzlatkichxonalar, ombor xo‘jaligi obyektlari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
26-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26) kinolashtirish va konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalarining korxonalari, shuningdek axborot-kutubxona muassasalari va o‘quv zallari”;
31-kichik bandi chiqarib tashlansin;
2) 7-moddaning 1-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xususiylashtirilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi”;
3) 9-moddaning 1-bandidagi “paytda qaror topgan haqiqiy bahosi” degan so‘zlar “paytdagi bozorning joriy konyunkturasi va obyektning qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv omillar majmui” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 513–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan O‘RQ–394-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) 8-moddasining birinchi qismidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “harbiy okruglar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 43-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy ma’lumotga, zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754–XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) 11-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga bo‘ysunadi” degan so‘zlar “o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Oliy Majlisining Senati” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi 768–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda) 9-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasining xulosasiga ko‘ra yaroqsiz deb topilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqiga ega”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son)

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling