O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya to‘g‘risida"gi 295-xii-sonli Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, №8, 193-modda


Download 113.68 Kb.
bet9/15
Sana02.05.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1423198
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
O‘RQ-436 13.06.2017

28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 7-moddaning uchinchi qismidagi “tashqi siyosat” degan so‘zlar “xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 22-moddaning nomidagi va matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini” va “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 321-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Senat O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘z faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 322-modda chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–139-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda; 2009-yil, № 12, 471-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 27-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
2) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan to‘ldirilsin:
“271-modda. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarining kafolatlari
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, ular ta’lim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling