O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya to‘g‘risida"gi 295-xii-sonli Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, №8, 193-modda


Download 113.68 Kb.
bet12/15
Sana02.05.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1423198
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O‘RQ-436 13.06.2017

36-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvarda qabul qilingan “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ–364-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 1-modda;2016-yil, № 12, 383-modda) 22-moddasiga quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
37-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ–403-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining:
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 10-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
Senat O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘z faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 12-modda chiqarib tashlansin.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling