O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya to‘g‘risida"gi 295-xii-sonli Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, №8, 193-modda


Download 113.68 Kb.
bet14/15
Sana02.05.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1423198
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O‘RQ-436 13.06.2017

39-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–407-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda) 13-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotni yiliga ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin.
40-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 382-modda) 15-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlarni” degan so‘zlar “tibbiy buyumlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
41-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 232–I-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 70-modda) 1-bandi;
2) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 82–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda) XXIII bo‘limi;
3) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 125–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7–8, 217-modda) VIII bo‘limi;
4) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi 322–II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 22-modda);
5) O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 405–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 165-modda) VIII bo‘limi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 535–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 149-modda) XIV bo‘limi;
7) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 18-dekabrda qabul qilingan “Sanoat, gaz ta’minoti va kon nazorati sohasidagi boshqaruv takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–133-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) 4-moddasi;
8) O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–231-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 463-modda);
9) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–278-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda) 6-moddasi;
10) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–294-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 247-modda) 5-moddasi;
11) O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ–304-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 274-modda) 2-moddasi;
12) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–352-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 15-moddasi;
13) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–373-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 11-moddasi.

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling