O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni
-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini loyihalash, qurish va
Download 123.86 Kb. Pdf ko'rish
|
xavfli moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari
8-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini loyihalash, qurish va
foydalanishga qabul qilib olishga oid sanoat xavfsizligi talablari Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo’lishi zarur. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yo’l qo’yilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini o’zgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o’tkazilishi kerak. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda o’tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish ob’yektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo’yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi. 9-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot: sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga rioya etishi; xavfli ishlab chiqarish ob’yekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq to’ldirilishini ta’minlashi; xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va ko’rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo’yishi; xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o’tkazilishini ta’minlashi; ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo’lishi hamda ishlashini ta’minlashi; ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi o’tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob’yektida qo’llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o’tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko’rsatmasiga binoan ta’minlashi; begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish ob’yektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi; xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlashi; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi; maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko’rsatmalarini bajarishi; avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishni to’xtatib turishi; xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini ko’rishi; xavfli ishlab chiqarish ob’yektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini ko’rishi; maxsus vakolatli davlat organini, qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya to’g’risida o’z vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi; avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari xodimlarining hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish choralarini ko’rishi; xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart. Download 123.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling