O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona identifikatsiyalashi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

197-modda. Bojxona identifikatsiyalashi
Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek bojxona
nazorati ostida bo‘lishi lozim bo‘lgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin bo‘lgan xonalar va boshqa
joylarning bojxona identifikatsiyalash vositalarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat:
qo‘yilgan plombalar, muhrlar;
yozilgan raqamli, harfli tamg‘alar va boshqa xildagi tamg‘alar, identifikatsiyalash belgilari;
bosilgan shtamplar;
olingan namunalar va nusxalar;
tuzilgan tavsiflar, chizmalar;
tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar;


tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar;
yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari;
tovarning jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan plombalar va muhrlar qo‘yilgan, transport
vositalarining yuk bo‘limlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv
hujjatlari;
seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari.
(197-modda ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan o‘zgartirilishi, olib
tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yo‘q qilinishi,
qayta tiklab bo‘lmaydigan tarzda yo‘qotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi bo‘lgan hollar
mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyalash vositalari o‘zgartirilganligi, olib
tashlanganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining
dalillari taqdim etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tovar jo‘natuvchilar va tashuvchilar tomonidan, shuningdek chet davlatlarning bojxona
organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo‘yilgan
plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash
vositalari sifatida e’tirof etilishi mumkin.
(197-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-
maydan kuchga kiradi)
Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qo‘llanilish va tayyorlanish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling