O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA KODEKSI
 LexUZ sharhi
Mazkur Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
Qonuni
 bilan tasdiqlangan.
I bo‘lim. Umumiy qoidalar
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan tartibga solinadigan
munosabatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport
vositalarini olib o‘tish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini
amalga oshirish, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish,
ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish tartibini belgilash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga
soladi.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan
iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
bojxona to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
3-modda. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning vaqt bo‘yicha amal qilishi
Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan
kuni amalda bo‘lgan qonunchilik qo‘llaniladi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emas va agar ushbu moddada
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan
munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki
yengillashtiradigan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega.
Bojxona to‘lovlarini bekor qilish, bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish, tashqi iqtisodiy
faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlarini bekor qilish yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda
yengillashtirishni nazarda tutuvchi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega
bo‘lishi mumkin, agar bu bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan
bo‘lsa, bundan ushbu moddaning 
uchinchi qismida
nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan
bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bojxonaga oid huquqbuzarlik
sodir etilgan kunda amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari asosida qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling