O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 -modda. Vakolatli iqtisodiy operator
- 8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar
7-modda. Vakolatli shaxs
Oldingi tahrirga qarang. Tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi shaxs vakolatli shaxsdir. (7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 7 -modda. Vakolatli iqtisodiy operator Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin. Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini ta’minlaydi. 1 (7 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) 8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar Quyidagilar: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilot; chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti; O‘zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. (8-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaxslar hisoblanadi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling