O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ishlab chiqish


Download 349.29 Kb.
bet44/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

94-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ishlab chiqish
Tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan:
daromadlar bo‘yicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning bo‘limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
xarajatlar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet so‘rovlari asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan:
daromadlar bo‘yicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo‘linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
xarajatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning budjet so‘rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 35, 52, 93, 95, 99, 142-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2017-yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” gi PQ-3042-sonli qarori.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling