O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lariga qaratish


Download 349.29 Kb.
bet66/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

128-modda. Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lariga qaratish
Undiruvni Davlat budjeti mablag‘lariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ijro hujjatlari bo‘yicha tegishli budjetdan mablag‘lar olish uchun ijro hujjatida kimning foydasiga budjet mablag‘lari o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar yoxud ularning vakillari (bundan buyon matnda undiruvchilar deb yuritiladi) tegishli moliya organlariga ijro hujjatining asl nusxasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. Arizada budjet mablag‘lari o‘tkazilishi talab qilinayotgan undiruvchining bank hisobvarag‘i ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(128-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
LexUZ sharhi
128-moddaning uchinchi qism 2016-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
Moliya organi ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran belgilangan tartibda uning ijro etilishini ta’minlaydi.
Undiruvni davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lariga va budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlariga qaratish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning II bo‘limi (“Undiruvni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lariga qaratish”).

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling